Yordamchi tarix” fanidan Sirtqi ( 2 otm )bo‘lim talabalari uchun sessiya oralig‘i nazorat ishlari to‘plami toshkent-2022 y



Download 256,5 Kb.
bet16/18
Sana06.07.2022
Hajmi256,5 Kb.
#750499
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
121099 24 ОТМ Ёрдамчи тарих (7)

5 – topshiriq: Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari tangalari to`g`risida
ESSE yozing.
. Xiva va Qo‘qon xonliklaridagi zarb qilingan tangalar.
Xiva xonligida davlat mustaqilligining birlamchi shartlaridan bо‘lmish – о‘z tangasi doim bо‘lgan va u asosan qimmatbaho metal oltin, kumush, misdan zarb qilingan. Xonlar о‘z nomini tangalarga zarb qilganlar. Faqat rus istilosidan sо‘ng xonlikning taqdiri xavf ostida qoldi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon I davrida shaharda maxsus zarbxona qurilgach, tangalarni ibtidoiy usulda zarb qilishga chek qo‘yildi. Zarbxonada oltin, kumush, mis tangalar, abbos shohi va shohi pullar tayyorlangan. Bunga ko‘ra – oltin tangalar ikki xilda: “puxta” tillo (10 so‘mlik) va “tillo” (5 sо‘mlik) bо‘lib, bir tomonida xonning ismi, martabasi, ikkinchi tomonida esa zarb qilingan joyi yozilgan. Mis tangalarning aversida “Xorazm” degan yozuv bitilgan.
Rossiyaning bosqinigacha muomalada bо‘lgan xonlik tillo tangalari “puxta” – 3 sо‘m 60 tiyin yoki 18 tanga, tillo 1 sо‘m 80 tiyin yoki 9 tanga hisobida ayirboshlangan. Bir tanga - 20 tiyin, pul - 5 tiyin, shohi esa 32 tangaga teng bо‘lgan. Asosiy pul hisob birligi oltin va kumush tanga hisoblanardi. Bir tanga 32 pulga tengdir. Xiva tillo tangasining og‘irligi Nebolsinning kо‘rsatishicha, bir misqolga (4, 26 gramm) teng bо‘lgan. Uning bahosi kumush bilan solishtirilganda 3 sо‘m 43 tiyindan 4 sо‘m 30 tiyingacha tengdir.
“tillo”oltin pul bо‘lib, ikki xil shaklda va og‘irlik miqdorida bо‘lar edi. О‘sha davr pul miqdorida 1 sо‘m 80 tiyinga teng, ikkinchisi 3 sо‘m 60 tiyin deb belgilangan edi.
“tanga” - kumushdan ishlanib, bir tanga о‘sha davr pul birligida 30 pul birligi yoki yoki 20 tiyin deb belgilandi.
“pul” - misdan ishlanadi. U pul va tiyinga bо‘linar edi. Kumushdan ishlangan tanga oq tanga” deb, misdan ishlangan pul “qora tanga”deb yuritilar edi. “Qora tanga” о‘zining qiymati jihatidan oq tanganing 60 % ga teng edi. Shuningdek xonlikda “shoyi”, “Abbos shoyi”, “yarim shoyi” deb nomlangan pul birliklari ham ishlatilgan. Ularning qiymati 10 tiyindan 40 tiyingacha о‘zgarib turgan.
Zarbxonada har bir qadoq oltindan 168 dona tanga yasalib, bu esa о‘z navbatida xon xazinasiga har qadoqda 3 sо‘m 75 tiyindan 6 sо‘m 10 tiyingacha foyda keltirardi. Kumush pullar yiliga 116 pud (1 pud 16 kilogramm) 20 funt miqdorida zarb qilinib, ikki о‘rtada qoladigan sof foyda 14-15 ming sо‘mga borardi.
Chor Rossiyasi Xiva bozoriga о‘z pullarini kredit berish yо‘li bilan ham olib kira boshladilar. 1881 yilning о‘zida birgina Vesnnix degan savdogarning firmasi 200 ming sо‘mlik kredit bileti sotib olgani ma’lum. Bu esa bozor muomalasiga asta – sekin rus pullari ham kirib kela boshlaganini kо‘rsatadi. Chor hukumati bu bilan cheklanib qolmadi. Pul birligini birlashtirishni taklif qildi. Biroq manfaatdor tomon xon bunga rozi bо‘lmadi. Natijada Chor hukumati buni boshqacha yо‘l bilan tо‘xtatish choralarini kо‘ra boshladi. Xon tо‘lash kerak bо‘lgan tovon pulini kumush bilan hisoblashishga majbur bо‘ldi. Natijada kumush tangalar muomalasi pasayib ketdi.
Xiva bosib olingandan keyin Yekaterina II podsholigi davridan buyon pul sifatida muomalaga kiritilgan qog‘oz, kumush pullar xonlik hududida qо‘llanilgan. Pul muomalasida qiyinchilik vujudga kelishi natijasida sarroflar faoliyati tezlashadi. 1893 yil Rossiya moliya vazirligining tashabbusi bilan rus savdogarlarining iltimosi muhokama qilindi va Xiva xoni tanga pullarini faqat rus podshosining ruxsati bilan zarb qilish majburiyatini yukladi. Natijada XX asrning birinchi о‘n yilligida rus qog‘oz pullari ishlatilayotgan tanga pullarga nisbatan ikki barobar kо‘payib ketdi. Muhammad Rahimxon II umrining oxirlarida Xiva xonligida muomala uchun ishlatilayotgan pul miqdorining yetishmayotganligi, shuningdek musulmon Sharq olamida podsholar nomidan pul chiqarib turilmasa unga xalq itoat etmasligini tushuntirsada, tanga chiqarishga ruxsat berilmadi, endilikda faqat Rus podshosi pullari muomalada ishlatiladigan bо‘ldi.

Download 256,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish