Bog`lovchi vazifasini bajaradigan so`zlar
Bilan, deb, bordi-yu so`zlari -u (yu), -da, -mi, na yuklamalari bog`lovchi o`rnida almashib keladi:Bordi-yu, o`zim kelolmasam, odam jo`nataman. Ular yeitb kelsain deb, kutdim. Alisher bilan Salimjaon maktabda birga o`qishgan. Iboralar ham ba`zan bog`lovchilarga sinonim bo`lishi mumkin:Shunga qaramay u kelmadi- Ammo (lekin, biroq) u kelmadi.
Yuklama
Mustaqil so`z va gaplarga qo`shimcha ma`no berdigan yordamchilar yuklama deyiladi. Yuklamalar tuzilishiga ko`ra ikki xil bo`ladi:
1) So`z yuklamalar: faqat, ham, axir, hatto. So`z yuklamalar o`zi bog`lanib kelgan so`zlardan vergul bilan ajratilmaydi.
2) Qo`shimcha yuklamalar: -ku, -mi,-a, -gina.
Yuklamalarning ma`no jihatdan turlari
1. So`roq va taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a(ya). Bulardan –mi yuklamasi so`roq va taajubdan tashqari modal ma`noni ham bildiradi, bunda unoaniqlikni ifodalaydi:Uyimdami,ko`chadami, unig uchun farqi yo`q edi. –chi so`roqdan tadhqari buyruq, do`q, iltimos, qistash, ta`kid, uqtirish ma`nolarini ham bildiradi:Qani yur-chi! Kitobingni berib tur-chi. –a, -ya yuklamalari ham nulardan tadhqari his hayajonni, tasdiq va ishonchni bildiradi:Qamday chiroyli-ya!Go`sht olibdi- jiqqa yog`-a.
2. Kuchaytiruv yuklamalari: nahotki, axir, hatto(ki), -oq(yoq), -ki(kim), yuklamalari kuchaytirish va ta`kid ma`nolarini anglatsa, tim (qora), liq (to`la), lim (to`la), g`irt(yolgon), qi( shir, qip yalang`och), g`arb (pishgan), jiqqa (ho`l), yuklamalarinutqqa tasviriylik berib, so`z ma`nosini kuchaytirishga yordam beradi.
3. Ta`kid yuklamalari:-ku, -da,-u (-yu).
4. Ayiruv yuklamalari: faqat, ham, -gina(-kina, -qina), xolos. Ham yuklamasi ba`zan bog`lovchi o`rnida ham qo`llanadi:Uni biribchi kursga qabulqilishdi ham stipendiya tayin qilishdi. Bu so`z tarorlanib kelganda, fonetik o`zgarishga uchrashi mumkin:U yuritniyam, xalqiniyam boqdi. Faqat, -ginayuklamalar o`rnida yolg`iz so`zi qo`llana oladi:Bu yolg`iz nom xolos.
5. Inkor yuklamasi: na takroroiy qo`llanadi:Na o`qidi, na yozdi.
6. Aniqlov yuklamalari: huddi, naq, ayni. Xuddi shu yerda uchrashamiz.
7. Gumon yuklamasi: -dir: Uyiga yetib borgandir.
Ayrim darsliklarda –dir o`xshatish-qiyoslash yuklamalari hisoblanadi.
Yuklamalarning yozilishi
1) -mi,-oq(-yoq), -gina(-kina,-qina), -dir yuklamalari o`zidan oldingi so`zga qo`shin yoziladi.Shu bugunoq ota-obasigiba emas, butun mahallaga yetibbormaydimi!
2) -chi, -ku, -u(-yu), -da, -a(-ya) yuklamalaridan oldin chiziqcha qo`yildi: Keldi-ku!
3) Faqat, ham, hatto, axir kabi so`z yuklamalar ayrim yoziladi:Axir bizning Marg`ilonda shunday kelinimiz bor ekan-u, biz bilmay yurgan ekanmizda
|