koʻmirlari deyiladi.
Antratsit qora rangli kulrang aralashmali koʻrinishga ega, yuqori zichlik va
mustahkamlikka ega, uni uzoq masofalarga sezilarli maydalamasdan tashish mumkin.
Antratsitda uncha koʻp boʻlmagan (3..5%) suv, kullar (10...15%) va uchuvchi
moddalar (2...9%) bor. Uning yonish issiqligi 25000...27000, ba’zida 30000 kJ/kg.
Slanetslar tarkibida koʻp miqdorda kul (50...60%) va suv (13...20%) mavjudligi
bilan farq qiladi. Slanetslar yonuvchi qismi tarkibida koʻp miqdorda vodorod (10
%gacha) bor va uchuvchan moddalar chiqishi 90% ga yetadi, shuning uchun ular oson
yonadi. Koʻp miqdorda kul va namlik borligi slanetslarning issiqlik qimmatini keskin
kamaytiradi, ularning yonish issiqligi yuqori emas va 5800...108000 kJ/kg ni tashkil
etadi. Qishloq xoʻjaligida slanetslar mahalliy qozonxona yoqilgʻisi sifatida ishlatiladi.
Torf har xil oʻsimliklar qoldiqlarining ortiqcha namlik va havo yetishmasligidan
parchalanishi natijasida hosil boʻladi. Oʻsimliklar qoldigʻidan (qamish va boshqalar)
hosil boʻladigan torf mineral tuzlarga boy boʻlib, toʻqay torflari deyiladi. Uning
kulligi 8...16 %. Agar torf mineral tuzlari kam oʻsimliklar qoldigʻidan hosil boʻlsa,
ular moxli deyiladi, ular tarkibidagi kulligi 2...4 % miqdorda boʻladi.
Torflarning aralash oʻtish jarayonlaridan kelib chiqadiganlari uchraydi, ularning
kul miqdori 7...9 %. Torf asosan bir jinsli massa boʻlib rangi sariqdan qoramtir malla
ranggacha, tabiiy namligi 85...95 % boʻladi.
Torfning organik massasi quyidagi tarkibi bilan tavsiflanadi: S
yo
= 55...56 %,
N
yo
= 5...6 %, O
yo
= 35...40 %, N
yo
= 0,5...3 %, S
yo
= 0,12...1,5 %. Quyi yonish
issiqligi yonuvchi massa uchun 12000 kJ/kg atrofida boʻladi.
Qishloq xoʻjaligida torf yoqilgʻi sifatida issiqlik qurilmalarida va roʻzgʻor
ehtiyojlarida, shuningdek oʻgʻit sifatida keng ishlatiladi.
Oʻtin 60 % dan oshiq tsellyuloza, 30 % atrofida lignin va 1% atrofi-da mineral
tuzlardan tashkil toʻadi. Bu yoqilgʻining organik qismidagi elementlar tarkibi
quyidagicha: S
yo
= 50 %, N
yo
= 6 %, O
yo
= 43 %, N
yo
= 1 %. Oʻtinlarda asosiy
yonmaydigan qismi namlik boʻlib, yangi qirqilgan yogʻoch-larda 50...60 % ga yetadi.
Oʻtinlar quruq (namligi 25% dan kam), yarim quruq (namligi 25...30 %) va hoʻl
(namligi 35% dan oshiq) oʻtinlarga boʻlinadi. Quruq oʻtinlarga kuz va qish davrida
tayorlangan bir yildan kam boʻlmagan muddat saqlanganlari kiradi; yarim quruq – olti
oydan kam boʻlmagan; hoʻl – qirqilgandan soʻng olti oydan kam. Oʻtinning yonuvchi
massasi yonish issiqligi 18800...19200 kJ/kg ni tashkil etadi, biroq 30% namlikda u
13300 kJ/kg gacha kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |