Sun’iy gazlar to‘rtga bo‘linadi: - Sun’iy gazlar to‘rtga bo‘linadi:
- 1) Koks gazi. Qattiq yoqilg‘ini havosiz joyida 900-11000 0C gacha qizdirish natijasida koks gazi hosil bo‘ladi. Koks gazining issiqlik qobiliyati 16-18 MJ/m3. Ularning asosiy qismi uglerod oksidi (CO) dan iborat. Bundan tashqari, koks gazlarining tarkibini SO2, H2S, H2 va boshqa gazlar tashkil qiladi.
- 2) Qoldiqsiz gazifikatsiya gazlari (generator gazlari). Bu gazlarni olishda qattiq yoqilg‘ilar havosiz joyda qizdirilib, undan keyin qizdirilgan massa orqali bosim ostida havo, kislorod yoki suv bug‘i yuborilsa, ular yoqilg‘i tarkibidagi yonuvchi moddalarni (CO, H2, H2S, SH4 va boshqalar) o‘zi bilan olib chiqadi va bu gaz qoldiqsiz gazifikatsiya gazi deyiladi.
- Qattiq yoqilg‘idagi yonuvchi moddalarning bir qismi yonib, karbonat angidridga (SO2) aylanadi. Qolgan qattiq yoqilg‘ining tarkibida esa yonuvchi moddalar deyarli qolmaydi. Bu gazlarning issiqlik berish qobiliyati ancha past bo‘ladi (taxminan) 5,5 MJ/m3) va ularning tarkibida zaharli moddalar ko‘p bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |