- Gazlardagi zaharli moddalar
-
- Gazlar tarkibida odam organizmiga salbiy ta’sir qiluvchi va o‘limga sabab bo‘luvchi zaharli gazlar bo‘lishi mumkin. Sun’iy gazlar tarkibida ko‘proq zaharlovchi moddalar bo‘ladi. ular qatoriga uglerod oksidi (CO), vodorod sulfidi (H2S), uglerod sulfidi (C2S) va boshqa gazlar kiradi. Ulardan uglerod oksidi kuchli zaharlovchi modda bo‘lib, qonning kislorod uzatish qobiliyatini yo‘qotadi, natijada odam zaharlanib vafot etadi. Shuning uchun uglerod oksidining xonadagi miqdori 0,02 mg/l dan oshmasligi kerak. Uglerod oksidi, asosan, sun’iy gazlar tarkibida bo‘lib, har qanday yoqilg‘ining chalayonishi natijasida hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |