Qonun ijodkorlig ijarayonining bosqichlari.
Demokratik davlatda qonun ijodkorligi hokimiyati shakllaridan biri-qonun chiqarish hokimiyatini ro’yobga chiqarish vositasidir. Qonun ijodkorligi jarayoni huquqiy tizimning eng faol bo’g’inidir.Bu jarayon natijasida davlat oliy irodasining ifodasi bo’lish qonun yuzaga keladi.Qonun davlat amalga oshiradigan o’ta mas’uliyatli maxsus faoliyatining mahsulidir.
O’zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab to hozirgi kungacha yuridik adabiyotda qonun ijodkorligi jarayoni anchagina keng yoritilgan.Biroq mamlakatimiz siyosiy-huquqiy hayotida sodir bo’layotgan tub burilish,ya’ni ikki palatali parlamentning ta’sis etishini tabiiy ravishda qonun ijodkorligi jarayonining mazmunini jiddiy o’zgartirib yuboradi.Shu bois,qonun ijod etish jarayonini ikki palatali parlament ta’sis etilishi nuqtai nazaridan tahlil qilamiz.
Qonun ijodkorligi jarayonining muhim xususiyati shundaki,uning mazmunini tashkil etuvchi harakatkatlar va ularni amalga oshirish tartibi Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan.Qonun yaratish munosabatlari,bu munosabatlarda ishtirok etadigan subyektlarning huquq va majburiyatlarini belgilovchi moddiy huquq qoidalari tegishli protsessual normalar orqali hayotga joriy etiladi.Agar moddiy huquqni tahlil etishning alohida tartibi o’rnatilmagan bo’lsa,u yuridik nuqtai nazaridan yaroqsizdir.
Qonun ijodkorligi jarayoni,birinchidan,qonunni mazmunan tayyorlashni ta’minlovchi o’zaro aloqador institutlar tizimini belgilashdan;ikkinchidan,xalq irodasini,jamoachilik fikrini ifodalashning qat’iy demokratik shakllarini mustahkamlashdan;uchinchidan,qonunni yaratish va qabul qilish jarayonida davlat hokimiyati oliy vakillik organi faoliyatining turli shakllari qo’llanilishini aks ettirishdan iboratdir.
Qonun vositasida tartibga solinadigan munosabatlarga quyidagilar kiradi:
Konstitutsiyaviy mazmunga ega masalalar;
Oliy va mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarini tashkil etish, shakllantirish va faolioyat yuritish tartibi;
Fuqarolarning asosiy huquqlari,erkinliklari va majburiyatlari,ularni ta’minlash va muhofaza etish usullari;
Davlat budjetini tasdiqlash hamda unga o’zgartirish kiritish masalalari;
Har-xil turdagi soliqlar yoki ular bo’yicha imtiyozlar belgilash;
Iqtisodiyotni tartibga solishning asosiy qoidalarini belgilash;
Mamlakat mudofaasi va xalqaro munosabatlar o’rnatish masalalari;
Ommaviy axborot vositalarining huquqiy maqomini belgilash masalalari va hakazo.
O’zbekiston Respublikasida qonun ijodkorligi jarayonining bosqichlari:
1.Qonunchilik tashabbusi;
2.Qonun loyihasini muhokama qilish;
3.Qonunni qabul qilish;
4.Qonunni ma’qullash;
5.Qonunni imzolash va e’lon qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |