3.Mansabdor shaxslarning huquq ijodkorligi.Mansabdor shaxs tushunchasini aniqlab olish lozim,chunki amaldagi qonunchilikda unga tegishli ta’rif berilmagan.
Mansabdor shaxs-davlat hokimiyat yoki boshqaruv organida yoxud nodavlat tashkilotida muyyan lavozimni egallagan,unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun huquqiy hujjatlar qabul qilish va amalga oshirish vakolatiga ega bo’lgan shaxsdir.
Mansabdor shaxsnig normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash va uni qabul qilish bo’yicha faoliyati huquq ijodkorligi hisoblanadi.Biroq uning huquqni qo’llash bilan bog’liq xatti-harakati huquq ijodkorlik faoliyati doirasiga kirmaydi.
Huquq ijodkorligi jarayoniga turli-tuman hayotiy vaziyatlar,ijtimoiy omillar jiddiy ta’sir ko’rsatadi.Ijtimoiy omillar huquqiy tartibga solish ehtiyojini aniqlashga,huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashga,qonunchilik hujjati loyihasini muhokama qilish va qabul qilishga,pirovardida uning mazmuniga u yoki bu tarzda ta’sir o’tkazuvchi ijtimoiy hayot hodisalaridir.Huquq yaratish va shakllantirish jarayoniga eng,avvalao, iqtisodiy,siyosiy,ijtimoiy,mafkuraviy va boshqa omillar ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |