Huquq ijodkorligining qonuniylik prinsipi.Bu prinsip huquq ijodkorligi subyektlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash,muhokama etish,qabul qilish va e’lon qilish borasidagi xatti-harakatlari Konstitutsiyaga va boshqa qonunlarga asoslanishidan kelib chiqishi lozim.Qonun ustuvorligi,qonuniylik prinsipi,avvalo,qonun chiqaruvchi organ hamda hokimiyat yuqori organlari uchun ham dasturulamaldir.Qonunlar,farmonlar va hukumat qarorlari Konstitutsiyaga muvofiq bo’lmay qolsa,maxsus muhofaza mexanizmi ishga tushadi.Bunday hollarda Konstitutsiyaviy sud o’zining tegishli xulosasini chiqaradi va g’ayrikonstitutsiyaviy hujjatni harakatdan to’xtatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |