173
Qazib olish uchun mo’ljallangan jixozlar (burg’ulash dastgoxlari,
ekskavatorlar, transport vositalari va b.) joylashgan maydon ishchi maydon
deyiladi. Ishchi maydon kengligi 40-70 m ni tashkil etadi.
Agar maydonda kon ishlari to’xtatilsa, u holda ish olib borilmaydigan
maydon deyiladi.
Pog’ona odatda ketma-ket ravishda parallel tasmalar (polosa), 10-20 m
kenglikdagi ba`zan esa undan kengroq bo’lgan zaxodkalar bilan qaziladi.
Zaxodkalarning boshi berk qismi (e) kovjoy (zaboy) deyiladi.
Zaboyda bevosita foydali qazilma yoki qoplovchi jinslarni qazish-yuklash
ishlari amalga oshiriladi. Natijada zaboy siljib boradi va zaxodka qazib olinadi,
so’ngra esa yangi zaxodkaga o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |