109
Simob 20 dan ortiq mineral tarkibiga kiradi. Ularning asosiysi kinovar
hisoblanadi (3.4-rasm). Simobning dunyo bo‘yicha tabiiy zaxirasi 2005 yil
ma’lumoti bo‘yicha 240 ming t. Bir yilda dunyo bo‘yicha 1100 t simob ma’dani
qazib olinadi. Shundan 500 t ni Xitoy, 300 t ni Qirg‘iziston ishlab chiqaradi.
Simob ma’danlarining sanoat turidagi to‘plamlari quyidagi konlar bilan bog‘liq:
1.
Qatlamsimon shakldagi past haroratli gidrotermal konlarIspaniyadagi
Almaden, Ukrainadagi Nikitov konlari.
2.
Gidrotermal konlar - Qirg‘izistondagi Haydarkon, O‘zbekistondagi Qorasuv
konlari.
3.
Tomirsimon gidrotermal konlar - Qirg‘izistondagi Chunkuy, Rossiyadagi
Shayan, Berkut konlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |