Simob konlari. Sof simob - oddiy sharoitda kumushsimon oq rangdagi yaltiroq og‘ir metall.
Simobning klarki 0,000008, muzlash harorati - 38,7 °C, qaynash harorati - 257 °С,
solishtirma og‘irligi 13,65. Oddiy sharoitda yengil bug‘lanadi. Simob bug‘lari
kuchli zahar hisoblanadi. Simob bir qancha metallarni: Sn, Au, Na, Ag kabilarni
eritish xususiyatiga ega. Ayniqsa oltinni yaxshi eritadi. Simob eritmalari
«amalgamalar» deb yuritiladi. Simob qizdirilganda kuchli kengayish
xususiyatiga ega. Simob xalk xo‘jaligida amalgamalar olishda, tibbiyotda
termometrlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Simobdan kemalarning suv osti qismini
muhofaza qilish uchun maxsus buyoqlar tayyorlanadi