3.2-rasm. Molibdenning ishlatilishi. 1-turbina disklari, 2-radiolampalar, 3-avia-avtodvigatel qismlari, 4-shesternyalar, 5-o‘q otar qurol stvollari va snaryadlar. Qalay konlari. Qalay - yengil eriydigan, cho‘ziluvchan, kimyoviy ta’sirga chidamli bo‘lgan
va turli metallar bilan qotishmalar hosil qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan oq
kumushsimon rangdagi metalldir. Qalayning asosiy qismi oq tunuka tayyorlashda,
tipografik qotishmalar olishda va turli emallar olishda qo‘llaniladi (11-rasm).