Konchilik sohasiga kirish
92
Atmosfera kosmik nurlarning ma'lum qismini ham ushlab qolib, Yerni
meteoritlar zarbasidan saqlaydi. Quruqlik va dengiz ustida, turli balandlik va turli
kengliklarda atmosfera turlicha qizigani uchun atmosfera bosimi turlicha
taqsimlanadi. Shu sababli, umumiy atmosfera tsirkulyatsiyasi vujudga keladi.
Namlikning aylanib yurishi yog’in-sochin va ularning oqishi atmosfera
tsirkulyatsiyasi bilan bog’liq. Issiqlik almashinuvi, namlikning aylanib yurishi va
atmosfera tsirkulyatsiyasi iqlimni vujudga keltiradigan omillardir
Quruqlik sirtida va suv havzalarining Yuqori qatlamlarida yuz beradigan
turli jarayonlarda atmosfera muhim rol o'ynaydi. Yerda hayotning rivojlanishida
atmosferaning o'rni beqiyos.
Do'stlaringiz bilan baham: