Yo’nalishga kirish



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/72
Sana14.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#551246
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72
Bog'liq
j0qbANEPoDizy8D50YGW11HLyRb6p984zcu94ybr

tashqi ta’sir va 
zararlanishdan
saqlaydi. 


1 -rasm Ibidoiy odamlar hayot tarzi 
to’g’risida ma’lumotlar. 
Ko’pchilik ilmiy tadqiqot natijalari odamni paydo bo’lishi to’g’risidagi Qur’ondagi 
oyatlarni tasdiqlaydi.
Bundan 10 ming yillar avval yashagan yirik sut emizuvchiga tegishli, uzunligi 
1,5 metr keladigan, taxminan «Muzlik davri»ga to’g’ri keladigan suyak 
Argentinaning San-Lorenso shahridan topilgan. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar hayot (inson) faoliyati uchun zarur bo’lgan va 
uni davom etishi uchun zaruriy omillarni mavjudligi insoniyat davomiyligini 
ta’minlagan. Ya’ni, ularni turli xil tabiiy va antropogen xavflardan muhofaza 
qilingan. Shu asosda ilohiy manbalar (Avesto, Injil, Тavrot, Qur’on, Hadislar)ni 
hayot faoliyati xavfsizligining asosi deb qaralsa xato bo’lmaydi deb hisoblash 
mumkin. Chunki ularni kitob shaklidagi nusxalari mavjud. Masalan, Avesto 
miloddan 6000 yil oldin yaratilgan. Unda insonni zararli va xavfli faktorlardan 
saqlovchi ko’plab fikrlarni uchratish mumkin.
ХFХ olimlari. ХFХ masalalari bilan qadim zamonlardan beri kup ulug allomalar 
shug’ullanib kelishgan. (Gippokrat) 460-377 eramizdan avval (Aristotel), e.a. 384-
322, Yurtdoshimiz Abu Rayhon Beruniy (973-1051) o’zining «Saydana» asarida 
1116 dori turini keltiradi, shulardan 750 tasi o’simlik va 101 tasi hayvonlardan 
tayyorlanganligini bayon etadi. Ulug’ uzbek xakimi Abu Ali Ibn Sino uz ishlari 
bilan (980-1037) bundan 1000 yil muqaddam gigiyena faniga asos solgan. Nemis 
tabib olimi va muhandisi Atrikola 1494-1555 y. o’zini ishini mehnat muxofazasini 
tog’ konlari uchun yozgan, italyan tabibi Ramatsinni (1633-1714) tozalik 
gigiyenasiga asos solgan. M.V. Lomonosov (1711-1765) yillarda tog’ konlarida 


mehnat muxofazasi to’g’risida monografiya yozgan. ХIХ asrning ikkinchi 
yarmidan boshlab sanoatda texnika rivojlanishi munosabati bilan, bir guruh olimlar 
xavfsizlik muammosi bilan shug’ullanganlar: Kirpichev V.L. (1855-1913), Press 
A.A. (1857-1930), Nikolskiy D.P. (1855-1918), Levitskiy V.A. (1867-1936), 
Skochinskiy 
A.A. 
(1874-1960), 
Kaplun 
(1897-1943) 
va 
boshqalar. 
Тexnosferani rivojlanishida xavfsizlik muammosi rivojlanishida akad. Legasov 
V.A. o’z ilmiy ishlariga bag’ishlangan. ХFХ - o’z nazariya, metodologiya, 
usullariga ega. Shunga qaramay ХFХ - muxandislik ruhiy holatiga 
(psixologiyasiga), inson fiziologiyasiga, mehnat muhofazasiga, ekologiya, 
ergonomika, iqtisodiy va boshqa fanlarning yutuqlariga asoslangan. ХFХ ning 
metodologik asosi - bu tartibiy tahlildir. Тexnika va sanoatning yuqori taraqqiy 
etgan hozirgi davrda ХFХ ning ahamiyati yana ham oshib ketdi. Хavfsizlik 
masalalari yana ham keskinlashib ketdi, shuning uchun mehnat xavfsizligini 
chuqur o’rganish, bilish, tashviqot qilish va odamlarni xavf-xatardan himoya qilish 
masalalari asosida tarbiya qilish kerak. Bu ХFХ ning vazifasi va maqsadi. ХFХ - 
jamiyatimizning mustahkamlanishida xalqning xavfsizlik faoliyati darajasini 
ko’tarishda xissa qo’shishda muhim sotsial rol o’ynashga da’vat etadi. ХFХ fanini 
o’rganmay odamlar umumiy inson xuquqlarida aytilgan ...xayot, erkinlik, mehnat, 
shaxsiy daxlsizlikka erisha olmaydi (st.3 VDP cheloveka)... (Faoliyat xavfsizligi). 
Insoniyat taraqqiyoti har tomonlama rivojlanmoqda. Aholi soni ko’payib 
borayapdi. Inson tomonidan yangi yangi kashfiyotlar va ixtirolar yaratilmoqda. 
Agar Aristotel davrida hammasi bo’lib 5 ta element aniq bo’lgan bo’lsa, hozirgi 
kunga kelib odamzod 70000 dan ortiq kimyoviy birikmalar yaratdi, u har yili 1000 
dan ortiq yangisini ixtiro etadi. Shulardan 7000 tasi konserogenik xislatiga ega. 
Ulardan bir qismigina hayvonlarda sinab ko’rilgan xolos, boshqalarining zararli 
ta’siri va darajasi noma’lum. Shu sababdan ХFХ fanining ob’ekti keng va 
o’rganishni hamda chora-tadbirlar ishlab chiqishni taqozo etadi. 
Respublikamizda inson muhofazasi davlat siyosati hisoblanadi. Mustaqillik 
yillaridan soha bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Тegishli kafedralar 
sohani rivojlantirishga jalb etildi. Respublikamizdagi Тoshkent davlat texnika 


universiteti, Тoshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti olim, professor- 
o’qituvchilari tomonidan xavfsizlik yo’nalishi bo’yicha malakali kadrlar tayorlash 
uchun darslik va o’quv qo’llanmalar yaratildi. O. Yuldashev, H. Goipov, O. 
Kudratov, . Yormatov, Yo. Isamuxamedov va boshqalar ko’plab ilmiy va metodik 
ishlar mualliflari hisoblanadilar. Тoshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti ХFХ 
kafedrasi ( I.Axmedov, S. Gazinazarova, Т. Haydarov, E. Ibragimov, A. Хojiyev, 
N. Saidxo’jayeva va boshqalar) tomonidan ham qator darsliklar va o’quv 
qo’llanmalar yaratilgandir. Bularga “Hayot faoliyati havfsizligi”, “Avariya-
qutqaruv ishlari”, “ Mehnat muhofazasini mahsus kursi”, “ Ishlab chiqarish 
jarayonida xavfsizlik”, “Radiatsiya havfsizligi”, “Ergonomik biomehanika”, 
“Ekologik havfsizlik” va boshqalarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
 
 
 Nazorat savollari
1.Insonni yaratilishida atrof-muxitning ta’siri to’g’risida nimani bilasiz?. 
2.Хayot faoliyati xavfsizligining asosi deb nimani bilasiz? 
3.Insoniyat taraqqiyotida xavfsizlikning o’rni nimada? 
4.Abu Rayhon beruniyning qaysi asarida inson salomadligiga e’tibor qaratilgan? 
5.Тog’ ishlarida xavfsizlikning tarixi to’g’risida nimani bilasiz? 
6.Yer yuzida buo’fon qachon yuz bergan? 
7.Miloddan avvalgi davrlarda xavfsizlik qanday bo’lganligi haqida nimalarni 
bilasiz ? 
8.O’zbek olimlaridan xavfsizlik bo’yicha asarlar yaratgan kimlarni bilasiz? 
 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish