Biosfera –
barcha turdagi organizmlar, jumladan inson yashashi mumkin bo’lgan
atrof-muhit bo’lib, u murakkab tuzilishdagi yer sharining muhim qobig’idir.
Biosfera bir necha milliard yillar davomida shakllangan. Zamonaviy olimlar
biosferani moddalarni planeta bo’yicha harakatini ta’minlovchi yirik, global
ekotizim sifatida qarashadi. Hozirgi erada hayot yer qatlamining yuqori (litosfera)
qismida, yerning pastki havo (atmosfera) qobig’ida va yer sharining suvli qobig’i
(gidrosfera) da tarqalgan. Bu shu bilan izohlanadiki, litosferada yer osti suvlari va
tog’ cho’kmalarida chuqurlikni sekin-asta ortib borishi bilan harorat ham ortib 2
km dan 16 km chuqurlikda 100
o
S va yuqori (vulqonik faollik zonasida esa 200
dan 1500
o
S cha) ni tashkil etadi.
Yerning yuzasida hayotning konsentratsiyasi va faolligi eng yuqoridir.
Inson evolyutsiyasi jarayonida o’zining oziq-ovqat, moddiy boylik, iqlim va ob-
havo ta’siridan himoyalanish, o’ziga qulaylikni oshirish bo’yicha ehtiyojlarini
samaraliroq qanoatlantirishga intilib tabiiy muhitga, birinchi o’rinda biosferaga
to’xtovsiz o’z ta’sirini o’tkazdi. Shu maqsadga erishish uchun u biosferaning bir
qismini texnosfera band etgan joyga aylantirdi.
Maishiy muhit
– bu maishiy sharoitdagi insonga ta’sir qiluvchi barcha omillarning
yig’indisidir. Organizmni maishiy omillarga reaksiyasini fanning sog’lom turmush
tarzi, sog’lom turmush tarzining kasallik profilaktikasi bilan aloqasi masalalariga
bag’ishlangan mavzularda o’qish mumkin.
Ishlab chiqarish muhiti
– bu mehnat faoliyati jarayonida insonga ta’sir qiluvchi
omillar yig’indisidir.
Тabiiy muhitdagi xavfsizlik
– bu ekologiyaning sohalaridan biridir. Ekologiya
organizmlarning atrof-muhit bilan o’zaro ta’siri qonuniyatlarini o’rganadi.
Тexnosfera
– o’tmishda biosferaga taalluqli bo’lgan keyinchalik insonlarning
o’zining moddiy va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida
to’g’ridan- to’g’ri yoki sirtdan texnik vositalar, uskunalar, bino-inshootlar va
boshqa sun’iy yaratilgan qurilmalar bilan to’ldirgan hududdir.
Demak, texnosfera insonlar tomonidan texnik vositalar yordamida yaratilgan
shaharlar, qo’rg’onlar, qishloq aholi punktlari, sanoat va korxonalar zonasi band
etgan hududlar hisoblanadi.
Inson hayot faoliyati jarayonida nafaqat tabiiy muhit bilan balki, ijtimoiy muhit
deb ataluvchi odamlar guruhi bilan ham uzluksiz aloqada bo’ladi. Insonni ijtimoiy
muhit bilan aloqasi tug’ilishni davom ettirish, bilim, tajribalarni almashtirish,
o’zining ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirish, intellektual qobiliyatlarni
oshirishda foydalaniladi va shakllanadi.
Zamonaviy industrial jamiyatda inson atrof-muhit komponentlari (biosfera,
texnosfera va ijtimoiy muhit) bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. Ya’ni inson tabiiy atrof-
muhitga uzluksiz ta’sir etsa, o’z navbatida biosfera va insonning ehtiyojlaridan
kelib chiqib uning uzluksiz jismoniy va aqliy faoliyatining mahsuli bo’lgan
texnosfera va ijtimoiy muhit ham insonga to’g’ridan to’g’ri yoki sirtdan doimiy
ta’sir etadi. Yuqorida qayd etilganlar asosida quyidagicha xulosa chiqarish
mumkin:
−
zamonaviy inson uni o’rab turgan atrof-muhitning tashkil etuvchilari ya’ni,
tabiiy, texnogen (texnosfera) va ijtimoiy muhit bilan uzluksiz o’zaro ta’sirda
bo’ladi;
−
XIX asr oxiridan boshlab va XX asr davomida texnosfera va ijtimoiy muhit
uzluksiz rivojlanmoqda, bunga ushbu sohada inson faoliyati orqali
o’zgartirilgan yuza va fazoning oshib borayotganligini keltirish mumkin;
−
texnosferaning rivojlanishi va kengayishi tabiiy muhitni o’zgartirish va uni
egallash hisobiga amalga oshmoqda.
Zamonaviy hayotda insonlarning yashash tarzi va ijtimoiy mavqelari yuksalishi
bilan birga ularning tinchligiga, sog’ligiga va mehnati xavfsizligiga xavf soladigan
omillar soni ham ortib bormoqda. Ma’lum sharoitda ularning insonlarning ruhiy
holatiga, organizmi sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi ma’lum. Shu sababli
insonlarni nafaqat ularning aqliy yoki jismoniy mehnat faoliyati davomida balki,
yashash joyida, yo’lda va barcha holatlarda xavfsizligini, yaxshi kayfiyatini,
mehnat qobiliyati va ish unumdorligini ta’minlash, sog’ligi haqida qayg’urish
masalalarini ijobiy hal etish juda dolzarb masalalardan biridir.
Qayd qilingan masalalarni ijobiy hal etishda hayot faoliyat xavfsizligi fanining
o’rni, uning nazariy ma’lumotlari bilan bo’lajak mutaxassislarni qurollantirish
ishlab chiqarishdagi va ijtimoiy hayotdagi muammolarni mumkin qadar ijobiy hal
etilishiga yordam beradi.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” (HFХ) – inson faoliyatining barcha sohalarida
(yashash sektorida, ishlab chiqarishda, noishlab chiqarish muhitida, dam olishda
va boshqa), insonning atrof muhitga ta’sirini hisobga olgan holda, xavfsizlikni
ta’minlashga yo’naltirilgan bilimlar tizimidir.
Hayot faoliyati xavfsizligining maqsadi ishlab chiqarishda falokatsiz va
avariyasiz holatga erishish, jarohatlanishlarning oldini olish, insonlar sog’ligini
saqlash, mehnat qobiliyatini oshirish, mehnat sifatini oshirish, favqulodda
vaziyatlarda himoyalanganlikni oshirish hisoblanadi.
Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagi masalalarni yechish lozim
bo’ladi:
−
“inson-mashina-muhit” tizimidagi xavflarni adekvat identifikatsiyalashni
amalga oshirish;
−
insonlarni xavflardan himoyalash yoki unga noqulay omillar ta’sirining
oldini olish;
−
xavfli va zararli omillar ta’siri salbiy oqibatlarini tugatish;
−
insonlar uchun muhitda normal, shinam sharoitlar yaratish.
Hayotiy jarayonda insonning atrof-muhit va uning tashkil etuvchilari bilan
o’zaro ta’siri, Yu.N.Kurjakovskiyning “Hayot faqat moddalar, energiyalar va
informatsiyalar oqimlarining tirik tana orqali harakati jarayonida mavjud bo’la
oladi” degan hayotni saqlash qonuniga mos holda, elementlar orasidagi moddalar
massasining, barcha turdagi energiyalar va informatsiyalarning oqimlari tizimiga
asoslangan.
Hayotni saqlash qonunidagi oqimlar insonga o’zining oziq-ovqatga, suvga,
havoga, quyosh energiyasiga, o’rab turgan muhit haqidagi informatsiyalarga
bo’lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishi uchun kerak. Shu bilan bir vaqtda inson
hayotiy fazasida o’zidan ongli faoliyati bilan aloqador (mexanik, intellektual
energiyalar), biologik jarayon chiqimlari ko’rinishidagi ma’lum massadagi
moddalar oqimini, issiqlik energiya va boshqa energiya oqimini ajratadi.
Moddalar va energiyalar oqimi almashinuvi inson ishtirok etmaydigan
jarayonlar uchun ham xarakterlidir. Тabiiy muhit bizning planetamizga quyosh
energiyasi oqimi kirib kelishini ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida biosferada
o’simlik va hayvonlar oqimini, moddalar (havo, suv) adiabatik oqimini, har xil
energiyalar oqimini, jumladan favqulodda holatlarda tabiiy muhitdagi energiyalar
oqimini ro’yobga keltiradi. Тexnosfera uchun barcha turdagi xom ashyo va
energiyalar oqimi, mahsulotlar va odamlar navbati oqimlarining har xilligi;
chiqindi oqimlari (atmosferaga tashlanayotgan chiqindilar, suv hovzalariga
tashlanayotgan sanoat va boshqa iflos suvlar, suyuq va qattiq chiqindilar, har xil
energetik ta’sirlar) xarakterlidir.
Har qanday xo’jalik yuritishning chiqindilari va teskari samarasi bo’ladi va
ularni yo’qotib bo’lmaydi. Ularni bir fizik-kimiyoviy shakldan boshqa shaklga
o’tkazish yoki fazoga chiqarib yuborish mumkin. Тexnosfera, bundan tashqari
to’satdan portlash, yong’in natijasida, qurilish konstruksiyalarining buzilishida,
transport avariyalarida va shunga o’xshashlarda katta miqdordagi chiqindilar va
energiya oqimini yuzaga keltirishi mumkin.
Ijtimoiy muhit tabiiy va texnogen olamni o’zgartirishga yo’naltirilgan insonga
xarakterli bo’lgan barcha energiya oqimlarini ishlab chiqaradi va iste’mol qiladi,
jamiyatda chekish, alkogol ichimliklar, narkotik moddalar va shunga o’xshashlarni
iste’mol qilishga aloqador zararli holatlarni shaklllantiradi.
“Inson
-
muhit”
tizimining har xil komponentlari energiya va
informatsiyalarining xarakterli massalar oqimi quyidalardan iborat:
a) tabiiy muhitning asosiy oqimlari:
- quyosh nurlanishi, yulduz va planetalar nurlanishi;
- kosmik nurlar, chang, asteroidlar;
- yerning elektr va magnit maydoni;
- ekotizimlarda, biosferada moddalar aylanishi;
- atmosfera, gidrosfera va litosfera holatlari;
- favqulodda holatlar;
- boshqalar.
b) texnosferadagi asosiy oqimlar:
- xom-ashyolar, energiyalar oqimi;
- iqtisod sohasi mahsulotlarining oqimi;
- iqtisod sohasi chiqindilari;
- maishiy chiqindilar;
- informatsiya oqimlari;
- transport oqimlari;
- yorug’lik oqimi (sun’iy yoritish);
- moddalar va texnogen avariyalardagi energiya oqimlari;
- boshqalar.
v) ijtimoiy muhitdagi asosiy oqimlar:
- informatsiya oqimlari;
- odamlar oqimi (demografik portlash, aholi urbanizatsiyasi);
- narkotik , alkogol vositalar va boshqa oqimlari;
- boshqalar.
g) hayot faoliyati jarayonida inson iste’mol qiladigan va chiqaradigan asosiy
oqimlar:
- kislorod, oziq-ovqat, suv va boshqa moddalar (alkogol, tamaki,
narkotiklar) oqimlari;
- energiyalar oqimi (mexanik, issiqlik, quyosh va boshqalar);
- informatsiya oqimlari;
-hayot faoliyati jarayonidagi chiqindilar oqimi;
-boshqalar.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” kursi “inson-muhit” tizimidagi oqimlar va inson
organizmi o’rtasidagi murakkab aloqalarni o’rganish, bilish, belgilash va tuzish
jarayonlarini ko’zda tutadi. Insonni muhitga ta’siri fizikaviy qonunlar bo’yicha
muhitning barcha tashkil etuvchilari (komponentlari)ni qarama-qarshi ta’sirini
yuzaga keltiradi. Inson organizmi u yoki bu ta’sirlarning moslashish chegarasidan
oshmaguncha og’riqsiz qabul qiladi. Omillar ta’siri belgilangan me’yorlardan
oshib ketishi natijasida salbiy oqibatlar shakllanishga boshlaydi. Shu sababli
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fani quyidagi masalalarni samarali yechishga harakat
qiladi: maishiy muhitdagi xavfsizlikni ta’minlash; ishlab chiqarish muhitidagi
xavfsizlikni ta’minlash; shahar muhitidagi hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlash;
atrof muhitdagi xavfsizlikni ta’minlash; tinchlik va urush vaqtidagi favqulodda
holatlarda xavfsizlikni ta’minlash.
Insoniyat paydo bo’lgandan boshlab o’zining ko’payishi davomida iqtisodni
rivojlantirish bilan birga xavfsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy sistemasini yaratdi.
Buning oqibatida insonga zararli ta’sirlar sonini oshishiga qaramasdan insonning
xavfsizligi darajasi ortdi. Inson faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan
ishlab chiqarishda ham sodir bo’layotgan baxtsiz hodisalar natijasidagi
jarohatlanishlar, kasbiy kasallanishlar, nogiron bo’lishlar va boshqa salbiy
hodisalar kamaymoqda.
Jamiyatda hayot faoliyati xavfsizligi yetarli darajada ta’minlanganligining asosiy
ko’rsatkichlaridan biri (integral ko’rsatkichi) sifatida fuqarolar hayotining
davomiyligi qabul qilingan. Hozirgi vaqtda jahonning eng rivojlangan
mamlakatlarida insonlarninrg o’rtacha umr ko’rishi 77-82 yoshni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |