Yo`nalishllar tavsifi.
Avtobus transportida yo`lovchilarni tashish muntazam o`rnatilgan yo`nalishlarda amalga oshiriladi.
Avtobus yo`nalishi boshlang`ich va oxirgi bekatlar orasida o`rnatilgan eng samarali harakatlanish yo`lidir. Avtobus yo`nalishi obodonlashtirilgan yo`llardan (ko`chalardan) o`tkaziladi. Тo`xtash bekatlari, to`xtash ko`rsatkichi, to`xtash maydonchasi, oxirgi (oraliq) bosh bekatlar, shox, bekatlar aloqa vositalari va hokazolar bilan jihozlanadi.
Avtobus yo`nalishlari doimiy va vaqtinchalik turga ajratiladi. Doimiy avtobus yo`nalishlarida aholini tashish yil davomida amalga oshiriladi. Vaqtinchalik avtobus yo`nalishlarida esa yilning ma’lum davridagi vaqtga (mavsumga) qarab tashishlar tashkil qillinadi. Vaqtinchalik avtobus yo`nalishlarida tashishlar yo`lovchi oqimi doimiy bo`lmagan holatlarda amalga oshiriladi.
Shahar maydonida joylashish turiga qarab yo`nalishlar diametral, radial, tangensial, halqasimon, yarim xalqasimon va kombinatsiyalashgan turlarda bo`ladi.
Avtobus yo`nalishlari joylashishiga qarab markaziy va periferiya turlariga ajratiladi.
Ishlatish maqsadiga qarab eng asosiy va yetkazuvchi turlarga bo`linadi.
Foydalanish sharoiti va harakatlanish turiga qarab shahar avtobus yo`nalishlari quyidagi, ya’ni oddiy va qisqartirilgan, tezlashtirilgan va ekspress turlarida bo`ladi.
Oddiy avtobus yo`nalishlarida avtobus barcha doimiy oraliq bekatlarida to`xtashi shartdir.
Qisqartirilgan avtobus yo`nalishida avtobuslar harakati yo`lovchilar oqimi jadallashgan oddiy av
tobus yo`nalishining ma’lum qismida tashkil qilinadi.
Qisqartirilgan avtobus yo`nalishlari doimiy va ma’lum bir vaqt ichida, ya’ni «tig`iz» soatlarda tashkil qilinishi mumkin.
Тezlashtirilgan tartibdagi harakatda avtobuslar oldindan o`rnatilgan asosiy oraliq bekatlarda to`xtaydi.
Ekspress avtobus yo`nalishida avtobuslar harakati boshlang`ich va oxirgi bekatlar orasida to`xtamasdan to`g`ridan to`g`ri aloqada tashkil qilinadi.
Ekspress va tezlashtirilgan tartibdagi avtobuslar harakati yo`nalishlari qisqartirilgan avtobus yo`nalishlari kabi: doimiy, vaqtinchalik va ma’lum bir vaqt davrida (masalan: kechki paytda) tashkil qilinuvchi yo`nalishlardan iborat bo`ladi.
Har bir shahar yo'nalishiga qarab tartib soni belgilanadi.
Ekspress, tezlashtirilgan va qisqartirilgan yo`nalishlarda qatnaydigan avtobuslarda yo`nalishlar bosh harflari yozilgan belgilar bo`ladi.
Avtobus yo`nalishlari ma’muriy hududiy belgiga asosan shahar atrofiga qatnaydigan (tumanichi, qishloq), shaharlararo (viloyat ichidagi, viloyatlararo va respublikalararo), mamlakatlararo turlarga ajratiladi.
Y o`nalishlari turlari tasviri.
1— Diametral;
2— Radial;
3— Хalqasimon,
4— Yarim xalqasimon;
5— Тangensial;
6— Kombinatsiyalashgan
Do'stlaringiz bilan baham: |