Bog'liq Yo\'lovchi tash amalyot 6 mavzuYO`NALISH ТARMOG`I VA AVТOBUS YO`NALISHLARI
YO`NALISH ТARMOG`I VA AVТOBUS YO`NALISHLARI Reja: 1. Transport tarmog’i va uning ko’rsatkichlari. 2. Yo’nalishlar tavsifi. 3. Avtobus yo’nalishlarini tashkil qilish
Shahardagi ko`cha va yo`laklardan o`tadigan avtobus yo`nalishlari shahar va avtobus tarmog`ini tashkil qiladi.
Yo`nalishtirilgan barcha turdagi transport (avtobus, trolleybus, tramvay) liniyalarining birgalikdagi ko`rinishi shahar transport tarmog`i majmuasini tashkil qiladi. Avtobus transport tarmog`i tarkibidagi barcha shahar avtobus yo`nalishlari bilan birgalikda yo`nalish sistemasini hosil qiladi.
Avtobus transporti yo`nalish sistemasi boshqa turdagi transport yo`nalish sistemalari bilan birgalikda shahar transporti yo`nalishi sistemasi majmuasini tashkil qiladi.
Yo`nalish sistemasini tanlash va asoslash yo`lovchi oqimining taqsimlanishiga bog`liq bo`ladi.
Ayrim yo`nalishlarda va tarmoq uchastkalarida ikki yoki undan ortiq avtobus yo`nalishlari joylashadi.
Yo`nalish sistemasining tarmoqlanishini tavsiflash uchun yo`nalish koeffitsiyenti o`rnatilgan. Yo`nalish koeffitsiyenti (Ky) barcha avtobus yo`nalishi uzunligining (Ly)avtobus tarmog`i uzunligiga (Lt)yoxud ushbu yo`nalishlar o`tadigan ko`cha va yo`lakchalar (proyezd) uzunligiga nisbati bilan ifodalanadi:
Yo`nalish koeffitsiyenti avtobus transporti tarmog`ining har bir uchastkasidan o`rtacha qancha yo`nalish o`tishini ko`rsatadi.
Yo`nalish koeffitsiyenti qancha katta bo`lsa yo`lovchilarga shunchalik qulay sharoit yaratiladi. Yo`lovchilarning bir yo`nalishdan ikkinchi yo`nalishga ko`chib o`tishi kamayadi.
Yo`nalish koeffitsiyentini aniqlashni quyidagi misol orqali ko`ramiz.
Urganch shahrida 20 ta yo`nalish bor. Yo`nalishlarning umumiy uzunligi 150 kmni tashknl qiladi. Avtobus yo`nalishi o`tgan ko`cha va yo`laklar uzunligi 60 km.
Yo`nalish koeffisiyenti:
Yo`nalish koeffitsiyenti qiymati 1.2 dan 3.5 oralig`igacha bo`ladi.
Avtobus transporti tarmog’i uzunligini shahar maydonining yuza birligiga to`g`ri kelishi transport tarmog`i zichligi deb aytiladi:
Bunda; Lm — transport tarmog`i uzunligi; km;
F — shahar maydoni, km kv.
Тransport tarmog`i zichligi shahar maydonida avtobus transporti yo`nalishlarining ko`pligini aks ettiradi.
Yo`lovchilarning avtobus yo`nalishlariga borish uchun sarflaydigan vaqti transport tarmog`i zichligiga borg`liq bo`ladi.
Yo`lovchilarning bir yo`nalishdan ikkinchi yo`nalishga o`tishi uchun vaqt kam sarflanadi.
Yo`lovchilarning bir yo`nalishdan ikkinchi yo`nalishga o`tish masofasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Bunda: — transport tarkibi zichligi km/km kv;
ob — bekatlar orasidagi masofa, km.
Yo`lovchilarni bir yo`nalishdan ikkinchi yo`nalishga o`tish masofasini aniqlashni quyidagi misolda ko`ramiz.
= 2.5 km/km2.
ob =0.4 km bo`lganda
o`t = 1/3*2.5 +0.4/4= 0.13+0.1=0.23km=230 metr.
Yo`lovchi taxminan Vy=4.0 km/soat teshikda yurganida bir ish yo`nalishdan ikkinchi yo`nalishga o`tish vaqti.
(to`t=o`t /Vy=0.23/4.0=0.06 soat yoki taxminan 4 minutni tashkil qiladi.
Katta shaharlarda transport tarmog`i zichligi 2- 2.5 km/km2 ni tashkil qilish kerak.