(daromad) soliqlaridan tamomila ozod etiladi.
Jismoniy shaxslarning daromad solig`i bo`yicha xorijiy mamlakatlarning
vakolatxonalarida va elchixonalarida ishlovchi chet xodimlari,
mutaxassislar
soliqdan mutlaqo ozod etiladi. Bulardan tashqari, soliq bazasini kamaytirish orqali
byudjetga to`lanadigan soliq summasini qisqartirish ham imtiyozlar turkumiga
kiradi. Masalan, xususiy shaxslar o`z daromadlarini investitsiyaga sarflashsa yoki
uning uchun olgan uzoq muddatli kreditlarni qaytarishsa, 50 % soliqqa tortiladigan
bazadan kamaytiriladi. Umuman olganda, imtiyozlar turkumiga
soliqqa
tortiimaydigan daromad guruhlari ham kiradi. Masalan, fuqarolarning daromad
solig`i bo`yicha bir qator soliqqa tortilmaydigan daromadi mavjud. Bularga
pensiya, nafaqa, aliment, kon topshirgan shaxs oladigan daromad guruhlari ham
kiradi. Imtiyozlar dialektikasiga binoan budjetga soliq to`lashdagi imtiyozlar
mehnat unumdorligini oshirib, ishlab chiqarishni rivojlantirish hisobiga budjetga
tushadigan umumiy daromadlarni,
aytaylik, qo`shilgan qiymat solig`i va aksiz
soliqlari orqali bo`lsa ham ko`paytirishi mumkin.
Soliq qonunchiligi amaliyotida imtiyozlar turi juda ko`p bo`lgani bilan
ulardan foydalanish ancha murakkab. Ba'zan ular cheklab qo`yiladi. Soliqlar
bazasini kamaytirishning 6-7 holatlari mavjud. Soliq to`lovchilar qonun
hujjatlarida ko`rsatilgan hatnma imtiyozlardan to`liq foydalana olmaydi, chunki
shartlari og`ir, ortiqcha rasmiyatchiliklarni talab etadi.
Respublikamizda aholi soliqlaridan xilma-xil yengilliklar berilishi bozor
iqtisodiyotining og`ir o`tish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishga,
shu davrda
aholiga eng kam deganda iste'mol savatchasi darajasi atrofida daromad olishga
qaratilgan.
Korxona, birlashma va tashitilotlarga soliqlardan yengilliklar berilishi ularga
o`z korxonalarini kengaytirish, ko`proq xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarish,
xorijiy ishbilarmonlar bilan birlashib qo`shma korxonalar tuzish, ijtimoiy va
madaniyat shoxobchalariga bozor qiyinchiliklari davrida yordam berish va boshqa
mehr-muruwat jamg`armalariga yordamlashish imkonini yaratadi.
Soliqlar kelib chiqishiga ko`ra davlat bilan bog`liqligi,
ular davlatniki
ekanligini aytib o`tgan edik. Demak soliqlar davlatniki ekan, ularni tashkil etish
ya'ni soliqqa tortish tamoyillarini ham davlat ishlab chiqadi. Soliqlarni tashkil
qilishda shu tamoyillarga qattiq rioya qilish soliq toiov-chilarni ko`p ranjitmasdan
ulardan soliqlarni undirish imkonini beradi.
Soliqqa tortish tamoyillari davlat tomonidan ishlab chiqiladi va Oliy Majlis
tomonidan qabul qilingan qonunlarda ifodalanadi. O`zbekiston Res-publikasining
1991-yil 15-fevraI va uni oxirgi marta 1995-yil 22-dekabrda kiritilgan
o`zgartirishlar va to`ldirishlar bilan qabul qilingan.
Korxonalar, birlashmalar va
tashkilotlar soliqlari to`g`risida Qonunda soliqqa tortishning asosiy tamoyillari
ko`rsatib o`tilgan. Bularga quyidagilar kiradi:
1. Manbalardan qafiy nazar hamma daromadlarni soliqqa tortilish
majburiyligi.
2. Umumdavlat soliq siyosati atrofida hamma daromaddagi majburiy
hududlarning soliq faoliyatidagi mustaqillikni hisobga olib yagona umumdavlat
soliqqa tortish siyosatini yuritish.
29
3. Faoliyati muhim ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik muammolarga hamda xo`jalik
yuritishning ilg`or shakllariga qaratilgan faol ishlovchi korxonalarga imtiyozlar
tizimi orqali soliqlarni qiziqtiruvchi rolini ta'minlash.
4. Soliq to`lovchilari bo`yicha
deklaratsiyalar, tekshirishlar va reviziyalar
o`tkazish qonunchiligini buzganlarga iqtisodiy jazolar qo`llash bilan moliyaviy
nazorat o`rnatishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning soliq qonunchiligida soliqqa
tortish tamoyillari ko`rsatib berilgan. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat:
1. Tenglik va samaradorlik.
2. Soliqqa tortishda aniq va osonlik.
3. Soliqqa tortishning xazinaviy samaradorligi va egiluvchanlik.
4. Soliqqa tortishning arzonligi.
5. Soliqqa tortishda ijtimoiy adolat.
Yuqoridagi barcha tamoyillarni e'tiborga olish soliq konsepsiyasini
mukammal ishlab chiqishning asosidir. Bunday konsepsiyaning yaratilishi esa
soliq siyosati strategiyasi va taktikasining negizidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq solishda katta ehtiyotkorlik talab etiladi. Bu
davrda tovar baholarining keskin oshib ketishi mehnatkashlar turmush darajasini
qiyinlashtirib turgan paytda iloji boricha soliqlar yukini yengillashtirib borish talab
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: