7-§. Budjet-soliq siyosati yaxlitligi va moliyaviy tartibga solish
Makroiqtisodiy jihatdan esa davlatning samarali budjet-soliq siyosati
investitsiya iqlimini yaxshilash, moliyaviy barqarorlik pul va moliya bozorlari
rivoji, korxonalarni moliyaviy sog`lomlashtirish va aholining real daromadlari
o`sishiga imkon beradi.
Soliq tadbirlari budjet tadbirlarini to`ldirib turadi va ular birgalikda talab
majmuasini rivojlantirishga, natijad,a esa ishlab chiqarishni ham ri-vojlantirishga
olib keladi. Budjet-soliq siyosati pul kredit siyosati kabi davlatning yaxlit
tadbirlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Iqtisodiy holatni ko`tarish davrida davlat byudjet-soliq va pul kredit
siyosatida qarama-qarshi tadbirlarni mujassamlashtirib turish siyosatini o`tkazadi.
Ushbu davrdagi budjet-soliq siyosati soliqlar stavkasining ko`tarilishi, davlat
xarajatlarining qisqarishi, amortizatsiya siyosatini o`tkazish doirasida
chegaralanishlar bilan xarakterlanadi.
2. Moliyaviy barqarorlikni ta'minlash. Buning uchun, eng avvalo, iqtisodiy
islohotlarni muvaffaqqiyatli o`tkazishning asosi sifatida pul muomilasining
barqarorlashtirish bo`yicha zarur choralar ko`rish darkor. Faqat barqaror pul tizimi
yaratilgan sharoitda xo`jalik mexanizmining barcha qatnashchilari va tashkiliy
qismlar o`rtasida aloqalar o`matish mumkin.
3. Investitsion faollikni rivojlantirish va uning milliy daromdidagi ulushini
ko`paytirish.
4. Budjetning davlat dotatsiyalari bo`yicha alohida moddiy ishlab chiqarish
sohalariga ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish. Xarajatlar orqali budjet,
iqtisodiyotni boshqarish va rivojlantirishning muhim dastagi bo`lib xizmat qiladi.
5. Budjetningg daromad bazasini soliqqa tortishni takomillashtirish va
soliqlarni to`liq to`lanishi bo`yicha nazoratni kuchaytirish hisobiga
barqarorlashtirish. Soliqlar orqali korxonalar faoliyatini rag`batlantirish raqobat
bardoshlikni oshiradi. Kapital yig`ilish uchun qulay sharoit yaratadi.
Bunda turli soliqlardan imtiyozlar berilib, iqtisodiy rivojlanishi, uchun zamin
23
yaratiladi.
6. Davlat xarajatlarini maqsadli va samarali tashkil qilinishi bo`yicha
moliyaviy nazorat tizimini shakllantirish.
Hozirgi kundagi eng dolzarb masalalardan biri byudjet daromadlari va
xarajatlari o`rtasidagi mutanosiblikni ta'minlashdan iborat. Bunda asosiy o`rinni
budjet soliq siyosatini yaxlitligiga erishish masalasi egallaydi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillarida izdan chiqqan iqtisodiyotni qayta
qurish, yangi jamiyat boshqaruv tizimini shakllantirish, aholini «Ijtimoiy
larzalarsiz» bozor munosabatlariga moslashtirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish
juda katta mablag`larni talab etdi. Lekin bu korxonalar zimmasidagi soliq yukining
ortib ketishiga, ular iqtisodiy ahvolini yomonlashuviga olib keldi. Shuning uchun
keyingi yillarda asosiy e'tibor budjet-soliq siyosatining faqat fiskal tominigina
emas balki uzoq muddatli istiqbolga erishi maqsadida budjet xarajatlari tarkibini
qaytadan ko`rib chiqish va soliqlarni rag`batlantiruvchi fiinksiyasini oshirishga
ham qaratilmoqda.
Budjet uch tarkibiy qismdan-xarajatlar daromadlar qismlari va ular balansidan
iborat, ya'ni daromadlarning xarajatlariga muvofiqligi qoidasiga ko`ra tuziladi.
Budjetni shakllantirish, awalo, uning xarajatlar qismini tuzish yo`li bilan yuz
beradi, chunki davlat o`zida mavjud moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqibgina
xarajatlar qilishi mumkin.
Davlat, awalo, jamiyatni samarali rivojlantirish maqsadida uning zarur
mablag`lari hajmini belgilash va shundan keyingina o`z qo`lida bo'lgan byudjet
daromad qismini to`ldirishning asosiy vositasi soliq va boshqa manbalari
yordamida ana shu moliyaviy resurslarni jalb etish kerak. Budjet soliq siyosati
mablagiar harakatining aniq yo`nalishlarini milliy daromadning qayta taqsimlashni
aks ettiradi. Bu esa unga mamlakatda iqtisodiyotni va ijtimoiy jarayonlarni
samarali boshqarishga imkon beradi.
Iqtisodiy rivojlanishining turli bosqichlarida budjet davlat siyosatini amalga
oshirish quroli, mo`ljallngan dasturlar va tadbirlarni amalga oshirish uchun pul
mablagiarni asosiy manbasi hisoblanadi. Oxir oqibatda ayni shu davlat
hokimiyatining kundalik masalalarini ham, rivojlanish istiqbollarini ham hal
etishga salohiyatini belgilaydi.
Budjet iqtisodiyotiga ishlab chiqarish jarayoniga, xo`jalik haotiga davlat
tomonidan ta'sir o`tkazish vositasidir. U davlat iste'molining moliyaviy asosi
sifatida namoyon bo`ladi hamda davlat tomonidan ijtimoiy siyosat olib borish
uchun foydalaniladi.
Davlat budjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida, hukumat
organlariga o`z vakolatlarini amalga oshirish uchun iqtisodiy imkoniyatlar beradi.
Budjet davlat uchun zarur bo`lgan moliyaviy resurslarni aks ettirib, shu bilan
birgalikda mamlakat soliq siyosatini belgilaydi.
Soliq siyosatini o`zgartirib, davlat muayyan doiralarda mamlakatni iqtisodiy
rivojlantirishni rag`batlantirishi va uning iqtisodiyotda paydo bo`ladigan salbiy
ko`rinishlariga yo'1 qo`ymasligi mumkin. Soliqlar yordamida tartibga solish har
qanday mamlakatning xo`jalik hayotini ya'ni ishlab chiqarish tarkibi, sarmoya
jamg`arish shaxsiy iste'molni qamrab oladi, chunki soliq siyosatining o`zgarishi
24
mamlakat iqtisodiyotining ta'sirchan vositasidir. Bunday tartibga solishning asosiy
maqsadi bo`lib, korxonalarning ichki va tashqi faoliyati uchun (ayniqsa,
investitsiya faoliyatini jonlantirish uchun) soliq iqlimini yaratish hamda sarmoya
harakatini tarmoq va mintaqaviy yo`nalishlarda rivojlantirishni rag`batlantirish
uchun shart-sharoitlarni ta'minlash hisoblanadi. Soliq siyosati yordamida tartibga
solish har doim ham samarali natijalar beravermaydi, bunga mavjud iqtisodiy
vaziyatni to`g`ri baholamaslik uzoq muddatli strategik taxminlashtirishni noto`g`ri
belgilash soliq yukining taqsimlanishida nomutanosiblik sabab bo`lishi mumkin.
Soliq siyosati asosiga byudjetga soliq tushumlari hajmlarini soliq stavkalarini
oshirish hisobiga emas, balki ishlab chiqarishni tegishli tarmoqlarini va
mahsulotlarning ustuvor turlarini rag`batlantirish vositasida soliq solish bazasini
ko`paytirishga imkon yaratadigan choralar hisobiga oshirish zarurligiga asosiy
e'tiborni qaratish lozim. Soliq siyosati soliq-larning jamiyatdagi rolini belgilaydi.
Soliqlarning ustqurma tartibining subyektiv hodisasi sifatidagi ahamiyati davlat
faoliyati bilan chambarchas bog`liq. Ushbu ahamiyat doimo harakatda bo`lib,
butun xalq xo`jaligini manfaatlari va maqsadlarini jamlama ko`rinishda aks
ettiradigan holda davlat siyosatini o`zgarishiga bog`liqdir.
Davlatning budjet soliq siyosati samarasiz bo`lishi mumkin, ya'ni uni amalga
oshirish quyidagi hollarda maqbul natijalarga olib kelmaydi:
1. Budjct-soliq siyosati vaqt davrlari muammosi bilan to`qnash keladi.
Iqtisodiy siyosatni ro`yobga chiqishda vaqt-davralarining ikki turi ajratib
ko`rsatiladi.
Ichki davr-iqtisodiy shok gangitish bilan u yoki bu harakatlarni amalga
oshirish to`g`risida qaror qabul qilish o`rtasida.
Tashqi davr-choralar ko`rish bilan natijani olish o`rtasida.
Iqtisodiy tanglik yoki inflatsiyani anglash darhol yuz bermaydi. Odatda,
iqtisodchilar makroiqtisodiy vaziyatni batafsil ta'riflaydigan statistika
ma`lumotlarini yaxshi deganda uch-olti kechikib oladilar.
Tabiiyki, bunday vaziyatda har qanday qarorlar kechikadi.
Budjct soliq siyosati uzoq davom etadigan ichki davr bilan ta'riflanndi: soliq
qoiiunlaridagi yoki xarajatlari tarkibidagi o`zgarishlar, odatda, hokimiyiiininn
qoium ehiqaruvehi organi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Bu esa ko'p vaqlm lalab
qiladigan turli xil ma'muriy rusum-qoidalar: qonun loyihasini tayyorlash, uni
muhokama qilish va kelishib olish, parla-mcnl tomonidan qabul qilinishi, Prezidcnt
tomonidan tasdiqlanishi va boshqalar bilan bog`langan.
Ko`pincha byudjct-soliq siyosatini amalga oshirishda funksional kechikish
yuz bcradi: qaror qabul qilinishi bilan uning ijrosi ko`p vaqt o`tishiga to`qnash
kcladi. Shunday qilib, tadbir rejalashtirish va ijro ctishdagi muddntlarga to`liq
rioya etilmasligi byudjet soliq siyosatining samaradorligini pasaytiradi, ba'zan uni
xavfli ham qiladi: Barqarorlashtirish
o`rniga beqarorlikka olib kelishi ham mumkin. Inflatsiya omili pul
muomalasining barqarorligi byudjet soliq siyosatini (soliqlarni kamaytirish)
natijalarini olish paytida iqtisodiyot tushkunlik bosqichiga o`tsa, ular bir muncha
noo`rin bo`lishi mumkin. Buning natijasida quyidagi omillar sababli iqtisodiy
tushkunlik yanada kuchayadi.
25
1. Budjet soliq siyosati amalga oshirish turli xil siyosiy muammolar bilan
to`qnash keladi. Hukumat faoliyati, makroiqtisodiy barqarorlashtirishdan tashqari,
barqarorlashtirish vazifasiga zid kelishi mumkin bo`lgan boshqa maqsadlarni ham
ko`zlaydi. Budjet-soliq siyosatidan juda tez siyosiy natijalaiga erishish (hokimiyat
tepasiga kelish, hokimiyatni qo`ldan bermaslik) uchun foydalaniladi. Soliq
yukining kamayishi davlat xarajat-larining ko`payishi, odatda turli xil saylov oldi
tadbirlari boshlanishi bilan muvofiq kelishi awaldan ko`zga tashlanib keladi.
Bundan tashqari, budjet siyosatini doimo hammaning ko`z o`ngida saylovchilar
madadiga tayanmoqchi boigan siyosatchilar (hatto, buni iqtisodiy zaruriyat talab
qilganda ham) soliqlarni ko`paytirishga yoki ijtimoiy ehtiyojlar uchun zarajatlarni
kamaytirishga jur'at eta olmaydilar.
2. Makroiqtisodiy prognozlash muammosi mavjud. Qarorni o`z vaqtida qabul
qilishda va ijroning o`z vaqtida amalga oshirish zarurligini e'tiborga olganda,
byudjet soliq siyosatining muvaffaqiyati makro darajada bo`lg`usi vaziyatni
oldindan bashorat qilish mumkinligiga bog`liqdir. Masalan, 2002-yilda
respublikamizda o`tkazilgan «Ichki iste'mol bozorini sifatli mahsulotlar bilan
to`ldirish va savdo ustidan bank nazoratini o`rnatish»ga qaratilgan bozorlarni
yopish siyosati pul kredit tizimining nomuvofiqligiga, tovarlar aylanishining
sekinlashuviga, byudjetga tushumlar miqdorini kamaytirishga naqd pul massasini
chetga chiqishiga, ishsizlik darajasining ortishiga sabab bo`lib budjet-soliq siyosati
va makroiqtisodiy barqarorlikka o`zining salbiy ta'sirini ko`rsatdi. Har bir
makroiqtisodiy siyosat o`zining natijalarini kamida yarim yildan keyin beradi.
Lekin yarim yildan so`ng iqtisodiyot tushkunlik holatida bo`ladimi, rivojlanadimi
yoki bizning siyosatimiz inflatsiya to`lqinini yanada kuchaytirib yuboradimi?
Afsuski, ilm-fanning hozirgi holati makroiqtisodiy siyosat uchun aniqlik bilan
uzoq muddatli va o`rta muddatli prognozlar qilish imkonini ber-maydi. Odatda,
qisqa muddatli (2-3 oyga) prognozlargina muvaffaqqiyatli bo`ladi.
3. Faol makroiqtisodiy siyosatning hozirgi ba'zi muholiflari o`z dalil
isbotlarida Lukas tanqidi (ratsional kuzatishlar nazariy maktabining asos-chisi
RXukas nomi bilan atalgan) degan konsepsiyadan foydalanadilar. Lukas tanqidi
shundan iboratki, iqtisodiy siyosat natijalarini baholash usullarini uning iqtisodiyot
subyektlari umidlarini shakllantirishga ta'sirini hisobga olmaydi. Vaholanki, ushbu
umidlar ulkan o`rin egallab, makroiqtisodiy siyosatni ko`pincha ma'nosiz qilib
qo`yadi. Chunonchi, hukumat tomonidan rag`batlantiruvchi siyosat o`tkazilganda
iqtisodiyot subyektlari muayyan vaqt o`tgandan so`ng inflatsiya sakrashi yuz
berishini tushunadilar. Shuning uchun ular o`z rejalarini yangi vaziyatni hisobga
olib tuzadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |