7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshiradi;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning
amalga oshirilishi ustidan nazorat olib boradi;
yo‘l harakati xavfsizligi tibbiy jihatdan ta’minlanishini, shuningdek yo‘l-transport
hodisalarida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etadi;
yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, aholiga yo‘llarda yurish-turish xavfsizligi
qoidalarini o‘rgatish, yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib qilish hamda ekologik xavfsizlik talablariga
rioya etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi;
shaharlardagi, shaharchalar va qishloq aholi punktlaridagi ko‘chalarning, yo‘lkalarning
hamda yo‘l harakatini tartibga solish vositalarining, shuningdek shahar elektr transporti yo‘llarining
jihozlanishi va soz holatda saqlanishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni . 8-modda. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi:
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga
oshirishda ishtirok etadi;
avtomobillarda tashish xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ
hujjatlarni ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang. avtomobil transportida yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi
ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(8-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
4
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi to‘g‘risida nizom ”. Oldingi tahrirga qarang.