KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng iqtisodiy o‘zgarishlar bosqichma-bosqich amalga oshirila boshlandi. O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sanoati yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatimiz avtomobil ishlab chiqaruvchi 26 davlatlar orasida o‘zining muxim o‘rnini egalladi
Keyingi yillarda avtomobillashtirish ko‘rsatkichi ortib borishi natijasida Respublika avtomobil yo‘llarida harakat miqdori yildan-yilga ortishiga olib keldi. Hozirgi va istiqboldagi asosiy iqtisodiy-ijtimoiy masalalardan biri avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Bunda asosiy ishlar yo‘l-transport hodisalarini, ularda halok bo‘luvchilarni va tan jarohati oluvchilar sonini, ko‘riladigan iqtisodiy zararlarni kamaytirishga qaratilishi zarur.
Yuqorida, harakat xavfsizligini ta’minlashda inson omili muxim ahamiyatga ega ekanligi, ko‘pgina yo‘l-transport xodisalari(YTH) haydovchining yoki piyodaning aybi natijasida sodir etilayotganligi takidlangan edi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra ko‘pgina, shu jumladan rivojlangan davlatlarda YTHlari asosan harakat ishtirokchilari tomonidan sodir etilayotganligi keltiriladi. Oxirgi 10-15 yilda O‘zbekistonda sodir etilayotgan YTHining 80 % dan ko‘prog‘i haydovchilar va piyodalarning aybi bilan sodir etilmoqda. Kuzatuvlar YTHlarining salmoqli qismi haydovchilar va piyodalar Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaganlarida vujudga kelayotganligini ko‘rsatmoqda.
Dunyoning 200 ga yaqin mamlakatlarida 1968 yildagi Vena halqaro shartnomasiga asoslangan Yo‘l harakati qoidalari qabul qilingan.
Tarixda birinchi Yo‘l harakati qoidalari Fransiyada 1893 yil 13 avgustda qabul qilingan. Birinchi to‘rtta yo‘l belgilari 1909 yilda Parijda avtomobil harakati bo‘yicha o‘tkazilgan shartnoma bo‘yicha qabul qilingan.
Birinchi elektr svetoforlari 1914 y. AQSHda paydo bo‘ldi. Datlabki svetoforlar faqat qizil va yashil signallardan iborat bo‘lgan. 1918 y.. svetoforlar evropa mamlakatlari ko‘chalarida o‘rnatila boshlandi.
1931 y. Jenevada yo‘l harakati bo‘yicha o‘tkazilgan konferensiyada yo‘llarda yagona signallarni qo‘llash to‘g‘risidagi shartnoma qabul qilindi.
1949 y. Jenevada yo‘l harakati bo‘yicha o‘tkazilgan xalqoro konferen-siyada “Yo‘l harakati to‘g‘risida” shartnoma qabul qilindi. Yo‘l belgilari va signallar to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi. Sobiq SSSR bu shartnomaga 1959 y. qo‘shildi.
1968 y. Vena konferensiyasida “Yo‘l harakati” va “Yo‘l belgilari va signallar” to‘g‘risidagi Konvensiyalar qabul qilindi. 1971 y. Jeneva Evropa kengashida bu Konvensiyalarga qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zbekiston mustaqilligi davrida yo‘l harakati qoidalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom etdirilmoqda. O‘zbekistonning birinchi yo‘l harakati qoidalari 1994 y. qabul qilindi. 2001 y mart oyidan kiritilgan yo‘l harakati qoidalari xozirgi kungacha amalda ishlamoqda.
Mazkur Qoidalarni institutning barcha yo‘nalishlar talabalari bilishlari va unga rioya qilishlari kerak.