Savollarga javoblar
Yog’ochlarni arralash, randalash va oyishda qaysi dastgohlar qo’llaniladi va ularni tuzilishi qanday ?
Yog’ochga mehanik ishlov berishda texnika xavfsizligi qoidalari. Yog’ochga mexanik ishlov berish texnologiyasi. Mexanik ishlov berishda ishlatiladigan yog’ochlarni turlari.
Yog'ochlarga ishlov beruvchi dastgohlarning konstruktiv va texnologik alomatlariga ko’ra tasnifi. Dastgohlar tizimining shartli belgilari, konstruktiv elementlari, asosiy va yordamchi qismlari: stanina, support, shpindel, stollar, qirqish, uzatish va yordamchi mexanizmlar, gidravlik va pnevmatik yuritmalar. Dastgoh qismi vazifalari va ishlash sharoiti.
Yog’ochga mehanik ishlov berishda ishlatiladigan dastgohlar va asbob-uskunalar Millimetrli chizgichi, qalam, sirkul, duradgorlik guniyasi, arralash, parmalash, randalash, elektr charx oyuvchi,dastgohlar. Yog’ochga mehanik ishlov berishda ishlatiladigan o’lchov va nazorat asboblari yordamida buyumni rejalash va texnologik xaritalarini o’rganish. Yog’ochga mehanik ishlov berishda ishlatiladigan dastgohlar va asbob uskunalar yordamida buyumlarni tayyorlash.
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatma:
Ish usullarini o’rganish va malaka hosil qilish:
Yumaloq arrali dastgohlarni boshqarish va tuzilishi bilan tanishtirish.
Bajariladigan ish turiga ko’ra arrani tanlash.
Arrani dastgoh valiga o’rnatish va mahkamlash.
Dastgoxda yog'och materiallarini tilish.
Yasaladigan buyumlarni texnologik xaritasini tuzish.
Tayyorlanadigan buyumlar: Yumaloq arrali dastgohni yurgizish va to’xtatish. Arra tishini tekshirish. Mahsulotni (zagotovka) uzatishda qo’l harakatini o’rganish. Tilinadigan taxtani dastgoh yo’naltiruvchi chizig'iga siqish va stol boylab yog'och tirgak bilan siljitib (surib) tilish.
Nazorat uchun savollar:
Dastgohlarda va mexanizmlarda amalga oshiriladigan ish usullari duradgorlik qo’l asboblarida bajariladigan ish usullaridan qanchalik farqliroq ekanini aniqlang.
Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar: Mehanik ishlov berishda ishlatiladigan nazorat o’lchov asboblarini texnik ma’lumotlari haqida. Hozirgi zamonda yog’ochga mehanik ishlov berish usullari. Yog’ochga mehanik ishlov beruvchi dastgohlarni ish usullari va buyum tayyorlash texnologiyasi. Qishloq xo’jaligida yog’ochga mehanik ishlov berish ahamiyati. Yog’ochga mehanik ishlov berish sohasidagi xalq xunarmandchiligi kasblari haqida referat tayyorlash.
YOG‘OCH ISHLASH STANOKLARI
Uquv ustaxonalarida o‘quvchilar qo‘l mehnatini yengillashtiradigan yoki qo‘l mehnatidan ozod qiladigan, kam vaqt, oz mehnat va mablag‘ sarflab ko‘plab mahsulot ishlab chiqarish, mahsulot tannarxini arzrnlashtirish imkonini beradigan yog‘och ishlash stanoklarining turlari, tuzilishi, vazifasi, ular-ni ishga sozlash, ish vaqtida rioya qilinadigan xavfeizlik texnikasi qoidalari bilan ham tanishtiriladi va bu stanoklar bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ularda stanoklarni boshqarish va ishlash bo‘yicha mehnat malakalari xosil qilinadi.
Duradgorlik o‘quv ustaxonalarkda yog‘och ishlash tokarlik, arralash, randalash, frezalash, parmalash, o‘yuvchi |va. boshqa turdagi yog‘och ishlash staioklari o‘rnatiladi.
yog‘och ishlash staioklari o‘quv ustaxonalarining sahni va xonalarning soniga qarab, xavfeizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda, turlicha joylashtiriladi
2.Dastgohlarda va mexanizmlarda amalga oshiriladigan ish usullari duradgorlik qo’l asboblarida bajariladigan ish usullaridan qanchalik farqliroq ekanini aniqlang.
Stanoklarda ishlash vaqtida rioya qilinadigan umumiy xavfsizlik texnikasi
qoidalari:
Ish boshlashdan oldin stanokning ishga yaroqliligini, uning mexanizmlarini qo‘l bilan harakatlantirib, so‘ngra salt yurgizib ko‘zdan kechirib olish kerak.
Stanokdagi ihota vositalarining yetarligi va ularni yaxshi o‘rganilganligini tekshirib olish kerak. Stanokning yoki mexanizmlarning yaroqsizligi, ihota vositalarining yo‘qligi va puxta o‘rnatilmaganligi sezilsa, ishga tushmasdan bu haqda o‘qituvchiga yoki ustaga murojaat qilish kerak.
Hech qachon usta yoki o‘qituvchisiz mustaqil ravishda stanokni yoki uning mexanizmlarini tuzatishga harakat qilmaslik kerak.
Stanok yonidan ketishda, elektr energiyasi bo‘lmay qolganda yoki zarur hollarda albatta stanok to‘xtatilishi kerak.
Ishdan so‘ng stanokni to‘xtatib, tozalab, artib, asbob va moslamalarni yig‘ishtirib qo‘yish kerak.
Stanok ishlab turgan vaqtda unga qarov berish, tozalash, moylash, unga suyanish, o‘lchov olish, stanokni qo‘l bilan to‘xtatish qat’iy man qilinadi.
Stanokning metall qismlariga qo‘l tekkan vaqtda tok ursa darhol stanokni to‘xtatib, buni o‘qituvchi yoki ustaga aytish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |