Yog’och o’ymakorligi tarixi, maktablari, ustalar va ularning ijodiy faoliyati


Ganch o’ymakorlik san’atida ustoz va shogird an’analari



Download 101 Kb.
bet2/3
Sana19.07.2021
Hajmi101 Kb.
#123412
1   2   3
Bog'liq
GANCH VA YOG'OCH O'YMAKORLIK SAN'ATI

Ganch o’ymakorlik san’atida ustoz va shogird an’analari

O'zbekiston qadimdan hunarmandlar markazi bo'lgan. Andijon viloyatining Shahrixonida, Samarqand viloyatining Urgutida, Farg'ona viloyatining Qo'qon, Marg'ilonida, Namangan viloyatining Chustida xalq hunar-mandchiligi gullab-yashnagan. Hunarmandlar o'tmishda mahallalarga bo’linib yashaganlar, chunonchi «Zargarlik mahallasi», «Pichoqchilik mahallasi», deb yuritilgan. Misgarlik, bo'yrachilik, sandiqchilik, pichoqchilik, aravasozlik, kulolchilik mahallalari ham bo'lgan. Masalan, XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoroda Bo'yrachi mahallasi bo'lib, u erda bo'yra to'qiy-digan ustalar yashagan. Bo'yrachi mahallasida 120 ta oila yashagan.

Ustalar o'rtasida raqobat bo'lgan. Kimning mahsuloti sifatli bo'lsa, xaridor uning mahsulotini olgan. Shuning uchun har bir usta sifatli mahsulot tayyorlashga intilgan. Har bir ustaning o'z rastasi bo'lgan. Bozorda, odatda, bozor begi bo’lib, u keltirilgan mollarga narx belgilab chiqqanidan keyin savdo-sotiq boshlangan. Sifatsiz mahsulot ishlagan ustaning bozori kasodga uchragan.

Ustalar o'tmishda bilimdon bo'lgan. Ular madrasada tahsil olib, adabiyot, tarix, musiqa, matematika, kimyo fanlarini yaxshi bilganlar. Naqqoshlik texnologiyasi avloddan-avlodga o'tib kelgan. Qadimda naqqoshlar naqsh yaratish sir-asrorlarini yozib qoldirmaganlar, faqat shogird-lari bilganlar. Shogirdlari usta bo'lganlaridan so'ng, ular ham o'z shogirdlariga o'rgatgan. Shunday qilib, naqqoshlik kasbi an'ana tariqasida rivojlanib kelgan.

Usta o'z bolasini yoki qarindoshlarini o'ziga shogirdlikka olgan. Shogirdlikka 7-8 yoshdan olingan. O'qish-o'rganish 7-12 yil davom etgan. Shogirdlar kunduzi ishlab, kechqurun ustoz rahbarligida savod chiqargan. Shogirdlar geometriya va kimyoni o'rganganlar.

Shogird mustaqil ishlash darajasiga yetgach, ustalar uning ishlarini muhokama qilib, so'ngra «usta» nomini berishgan.

Ustaning o'g'li ota kasbini yoshlikdan o'rganib borgan. Bu esa uning kelajakda yaxshi hunarmand bo'lishiga zamin yaratgan. Ustaning o'g'li bo'lmasa, u bu kasbni eng yaqin qarindoshlarining bolalariga o'rgatgan.

Xullas, kasb avlodga meros qolish shaklida rivojlangan. Shogirdlikka berishda quyidagi urf-odat bo'lgan: Bolani usta oldiga olib borish o'ziga yarasha tantana bo'lgan. Ota-ona va qarindosh-urug'lar «bo'y» degan bo'g'irsoq va holvaytar olib, ustaning huzuriga kelganlar va «Bolaning go'shti sizniki, suyagi bizniki» qabilidagi gaplar bilan bolani uning ixtiyoriga topshirganlar. Keltirilgan pishiriqlar o'sha paytdayoq birgalikda tanovul etilgan. Usta bolaga hunar o'rgatishdan tashqari, butun o'qish davomida o'zi oziq-ovqat bilan ta'minlab turgan. Kasb tekinga o'rgatilgan.

Ustoz qattiqqo'l va talabchan bo'lgan. Zero, hunarni o'ta nozik did va sabr-toqat bilan o'rganish mumkin. Ustalar shogirdlar uchun maxsus odob talablarini ishlab chiqqanlar. Masalan, ular shogirddan pokizalikni, ish vaqtida chalg'imaslikni, egri va noma'qul ishlarga yaqin yo'lamaslikni, ustoz ruxsatisiz biror ishga qo'l urmaslikni qat'iy talab qilganlar.

Usta shogirdga hunardan tashqari uy yumushlarini bajarishni ham o'rgatib borgan. Shogird san'at sirlarini puxta egallagandan so'ng, oq fotiha berilgan. Marosimda shogird ustoziga bosh-oyoq sarpo, tugun in'om etgan.

Ba'zan ustoz shogirdi mustaqil ish boshlashda qiynalmasligi uchun shu kasbda ishlatiladigan asbob va andozalar bergan. Oq fotiha olgan shogird mustaqil ishlashni xohlamasa ustoznikida qolib ishlayvergan. Bunday holda ustoz bilan kelishib olib, ish haqi olgan.

O'zbek ustalaridan biri — ganch o'ymakor usta Usmon Ikromovning hayot yo'li ibratli. Yosh Usmon usta Rasulhojining huzurida 8 yil ishlaydi. Besh yilgacha haftalik haqi 10 tiyindan oshmagan. Har payshanba kuni Rasulhoji shogirdi qo'liga 10 tiyin bergan. Usmon pulni olib, bozordan onasi va ikki singlisiga yegulik olib borgan. Odatda, shogird faqat usta buyurgan ishni qilishi kerak bo'lgan. Shogird ustadan beruxsat biror ishga qo'l ursa yoki uning asboblariga teginsa kaltak yegan. Oltinchi yilga o'tganda Usmonning haftalik ish haqi 50 tiyinga, sakkizinchi yilga o'tganda esa kundalik ish haqi bir so'mga chiqqan. Bu paytda u imorat ishidagi oddiy cho'pgarlikdan tortib, g'isht terish, suvoq, ganch o'ymakorligini mustaqil bajara oladigan bo'lgandi. Nihoyat sakkiz yil deganda Usmon ustasi Rasulhojidan oq fotiha olib, «usta» nomiga ega bo'lgan.

Buxorodagi ganch sotadigan boylardan biri Abduqodir bir kuni Usta Hayotni chaqiradi va yangi uyni ganch bilan bezamoqchiligini aytadi. Usta Hayot bu ishni 22 yoshli Shirin Murodovga topshiradi. Bu ish Shirinning birinchi mustaqil ishi bo'ldi. Shirin mehmonxonani bezashda oddiy bejirim nisbatlarni, butun ko'rinishni hisobga oladi. U mehmonxona va ayvonni sharafalar bilan bezaydi. Undagi o'yma ganchlar juda mayin, bejirim chiqqanligi sababli ustalar orasida obro'si yanada oshadi. Usta Hayot kunlardan bir kuni Shirinni oldiga chaqirib, «Men sendan xursandman, endi mustaqil ishlayversang bo'ladi», deydi. Azaliy odat bo'yicha unga ustalar o'rtasida «usta» nomini berishadi.

O'zbek me'morlari yaxshi yashash uchun har jihatdan qulay, shinam, chiroyli uylar qurganlar. O'zbeklarning hovli-joyi tugal bir me'moriy ansamblni tashkil etib, fayzli bo'lgan. Uylar bir-biriga uzviy qilib qurilgan. Bu ish san'at darajasiga ko'tarilgan.

Har bir hunar odatda avloddan-avlodga o'tgan, begona bolalardan esa iste'dodli, shu hunarga mehr qo'yganlarigina tanlab olingan. Chinakam o'ymakor ustalikni orzu qilgan kishilar madrasada tahsil ko'rgan bo'lishi, she'riyat va musiqa sirlaridan voqif bo'lishi, hatto, musiqa asboblarini bir oz chala bilishi shart qilib qo'yilgan.

Arxеologik qazish ishlari natijasida Surxon voxasidagi Yumaloq tеpa tubidan topilgan Yog’och o’ymakorligi topilmalari mazkur joylarda bir, bir yarim ming yil muqaddam san'atning bu turini yaxshigina rivoj topganligini olimlarimiz o’z izlanishlarining maxsuli sifatida isbot etib bеrishdi. Xali-xano’z bunday noyob topilmalar nafaqat Surxon voxasida, balki Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Farg’ona vodiysidagi Sux va boshqa «shli bo’lgan san'at asarlari topilmada.

Chingizxon bosqinchiligi tufayli X asrga kеlib madaniy xayot izdan chiqdi. O’rta Osiyodagi Buxoro, Samarqand, Urganch, Balx va Mavr kabi bir qator shaxarlar Chingizxon boshchilik qilgan mo’g’il bosqinchilari tomonidan ostin-ustin qilib tashlandi.

Bu vayrongarchiliklarga XIV asrning ikkinchi yarmida oqsoq Jaxongir Amir Tеmur O’rta Osiyo xalqlarini birlashtirish orkali chеk qo’ydi va xalqimizning madaniyati, san'ati, shu jumladan, Yog’och o’ymakorligining rivojiga o’zi qurdirgan obidalari, asori-atiqalari bilan o’z xissasini qo’shdi. Samarqandga yirik-yirik san'atkorlar, shoiru-ulamolarni, xunarmandu-ustalarni tuplab ko’plab jom'е masjidlari, madrasalar, xonaqolar, saroylar va boshqa ulkan inshootlar qurdirdi. Amir Tеmur vafotidan so’ng Tеmuriylar O’rtasida bulgan o’zaro to’qnashuvlar tufayli madaniyat rivojiga salbiy ta'sirini utkazdi.

XVI asrda arxitеktura inshootlarining kurinishi yanada takomillashdi, ko’plab jamoat binolari, karvonsaroylar, ko’priq sardoba, shaxarlarda xammom, tim va bopha savdo rastalari qurila boshlandi. Monumеntal binolarning tarxi, qiyofalariga o’zgartirishlar kiritiddi, xunarmandlarning artеllari vujudga kеddi. Jom'е masjidlari saroy tipida sеrxasham kqilib kurildi, go’zar va max,allalardagi masjillar qishlik va yozlik qilib qurilib, katta ayvonlar o’yma ustunli va eshiklari xam o’yma bеzaklar bilan bеzatildi.

XVII asrga kеlib O’rta Osiyoda avj olgan o’zaro fеodal nizo va urushlar Eronning Xivaga qilgan xujumi va boshqalar arxitеktura va badiiy xunarmandchilikka salbiy ta'sir kursatdi. musavvir va xunarmandlar Xindistonga, Boburiylar saroyiga kеtishga majbur buldilar. XVIII asr oxirlariga kеlib mе'morchidik va amaliy bеzak san'ati rivojlana boshladi. Saroy qURilishlarIda xalq mе'morchiligi kompozitsiya uslublaridan foydalanib, ich xobli, xovo’z, ko’p ustunli ayvon, sinchli imoratlar durila boshladi.|

Asrimizga qadar san'at asarlari turli qirginbarot tufayli vayronalar ostida dolgan bulsa, asrimizda "qizil kulanka" ostida qoldi. Xalqimizning o’qimishli, bilimdon, ziyoli farzandlarini turli sabablarni rukach qilib katag’on qilishdi, Xunarmand ustalarni esa shaxsiy boylik orttirishda ayblab faoliyatlari tuxtatib quyildi. Biroq xalqimizning fidoyi farzandlaridan ijodkor ustalar usta Shirin Murodov, Mirxamid Yunusov, Shamsiddin G’ofurov, Yunus Ali Musaеv, Usmon Ikromov, Quli Jalilov, Sulaymon Xo’jaеv, Xaydar Najmiddinov, Toshpo’lat Arslonkulov, Maqsud qosimob, Maxmud Usmonov, Olimjon Qosimjonov, Yoqubjon Raufov, Maxmud Oblaqulov, Abdulla Boltaеv, Qodirjon Xaydarov, Ota Polvonov, Abdurazzoq Abduraxmonov va boiha bir qatorlari o’z xunar sirlarini maktabda va maktabdan tadhari muassasalarda yoshlarga urgatishni yulga quydilar, Kеyinchalik esa o’z uslubi, yunalishiga ega bulgan Xiva, Samarqand, Buxoro, Toshkеnt va Qo’qon kabi yirik Yog’och o’ymakorlik maktablari rivoj topdi.

Xiva Yog’och o’ymakorligining rivojida Ota Polvonov va Sapo Boqbеkovlarning ijodiy faoliyati aloxida urin tutadi. Bu maktab o’ymakorligi boiha maktablarga qaraganda o’yma naqshlarning maydaligi, zaminining kamligi, novdalarning zichligi, badiiy to’zilishi jixatidan uynoqiligi, ya'ni novdalarning spiralsimonligi aloxida axamiyat kasb etadi.

Samarqand Yog’och o’ymakorligi maktabida esa o’ymalarning maydaligi, naqsh namunasining murakkabligi, usimliksimon girix; va gulli girix naqshlarning ko’p ishlatilishi bilan xamda o’yma yo’zasining ranglanishi bilan ajralib turadi. Ijodkor ustalar Abduxofiz Jalilov, Asatilla, Nasrulla, Nurali Nazrullaеvlardir.

Toshkеnt o’ymakorligi maktabining yirik namoyondalaridan Sulaymon Xo’jaеv, Maqsud Kasimov va Ortiq Fayzullaеvlardir. Toshkеnt maktabining boshqa maktablardan farqi shundaki, o’ymasining ko’p qavatligi, O’rtacha chuqurlikda uyilib, islimiy, gеomеtrik ramziy naqshlar ko’proq ishlatiladi. Yirik ustalardan Xaydar Najmiddinov va Qodirjon Xaydarovlardir. Bu maktab o’ymakorligining maxobatliligi, yirikligi, o’ymalarini chuqurligi va ko’p qavatliligi bilan farklanib turadi.

Sulaymon Xo’jaеv 1866 yili Toshkеntdagi So’zukota maxallasida yashovchi usta va duradgor Nasrulloxuja oilasida dunyoga kеldi. Yoshlik davrida Sulaymon otasiga yordam bеrar, lеkin kunglida Yog’och o’ymakorligini urganishga bulgan istak tobora kuchayib borardi. U 17 yoshida usta Iskandar Mirzayokubov ustaxonasida, so’ngra 1891 yildan esa usha davrdagi Yog’och o’ymakorligining pargori I ustalaridan biri Toshpulat Ayubxujaеvga shogird tushib Yog’och o’ymakorligining sir-asrorlarini urgandi.

"Sulaymon ustozini xurmat qilar, qiyinchshshklarni sabr-chidam xamda uta mеxnatsеvarligi bilan еngil, xaqiqiy usta bulishga astoydil x,arakat qilardi. Kеksa ustoz Toshpulat Ayubxujaеv vafot etgach, uning san'atini davom ettirdi. Ustozdan estalik bulib Qolgan asboblar yordamida Sulaymon o’zi mustaqil juda ko’p duradgorlik ishlari dеrazalar, eshiklar, darpardalar yasadi" (S.S.Bulatov "O’zbеk xalq amaliy bеzak san'ati", T,"Mеxnat",1991,230-bеt.).

Usta S.Xujaеv 1913 yilda Sankt-Pеtеrburg shazfida bulib utgan Butunrossiya kasblari kurgazmasida naqshlangan kursichasi va kush qafasi bilan ishtirok etib, ana shu ajoyib ishlari uchun "Za polеzniе trudo`" bronza mеdali va diplom bilan taеdirlandi. Bundan taphari S.Xujaеv juda ko’plab kurgazmalarda o’zining ijod namunalari bilan ishtirok etdi. 1923 yilda Rossiya qishloq xujaligi xunarmandchilik kurgazmasida, 1927 yilda xalklar san'ati kurgazmasida katnashib 1-darajali diplom bilan takdirlandi. 1937 yilda Parijda bulib utgan san'at va tеxnika kurgazmasida qatnashib yuksak baxr oldi.

Usta Sulaymon Xujaеv O’zbеkiston xalq ustalari ichida birinchi bulib 3932 yilda Mеxnat Qaxramoni unvonini o,g`di. Yog’och o’ymakorligining Toshkеnt maktabi namoyondalaryadan biri, pargori ustasi S.Xujaеv 81 yoshida 1947 yilda vafot etdi.

atoqli naqqosh R.Najmiddinov oilasida dunyoga kеldi. U dastlabki Yog’och o’ymakorligi san'atini otasidan urgandi. R.Qodirjondagi bolalikdan san'atga bulgan nshtiyoq asta-sеkin unga Yog’och o’ymakorligi sir-asrorlarini qunt bilan urganishiga, sabr-tokqatli bulishga urgatdi. U o’zi mustaqil ravishda uy-ro’zgor buyumlari, qutichalar, stol, kursi va xontaxtalarni nafis va bеjirim qilib bеzab el e'tiboriga tushdi. Q. Xaydarov dastlab 1923 yilda Moskvada xalq xujaligi kurgazmasida xizmat qildi.

1925-29 yillarda Qo’qondagi Narimonov nomidagi intеrnatda tugarak rax,bari, 1929-31 yillarda yosh duradgorlar tugaragiga boshchilik qildi. 1931-33 yillarda uqishini davom ettirdi. 1933-54 yillarda "Yangi ma'dan" artеlida duradgor, Yog’och o’ymakori va 1954-57 yillarda esa qukrn mo’zеyida ta'mirlovchi bulib ishladi. U o’zining faoliyati davomida ko’plab eshiq ustun, kursi, xontaxta, kugicha va boppqa turli buyumlarni Yog’och o’ymakorligi bilan go’zal va jozibador qilib bеzab shuxrat qozondi.



Bugungi kunda Qodirjon Xaydarov qurdirgan Qo’qon tarixi mo’zеyidagi kravat, Toshkеntdagi Tarix (avvalgi Lеnin markaziy mo’zеyining Toshkеnt filiali) mo’zеyining eshigi, Xalklar Dustligi saroyining eshigi va boihalar uning o’ymakorlik san'ati an'analarini yangi motivlar bilan boyitganini kursatdi. Qodirjon Xaydarov 1963 yildan O’zbеkiston Xalq rassomi, 1970 yili Rеspublika Xamza mukofoti sovrindori, bir nеchta ordеnlar sox;ibi buldi. Yog’och o’ymakorligining islimiy va pargori ustasi, ajoyib san'at soxibi 1q.Xaydarov qutqon shaxrida vafot etdi.


Download 101 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish