YO’OCH MATERIALLARIGA ISHLOV BERISHDA ISHLATILADIGAN ELEKTR VA MEXANIZATSIYALASHTIRILGAN JIXOZLAR
Maktab duradgorlik ustaxonalarida TD-120 yoki TSD-120 tipidagi yog‘ochga ishlov tokarlik stanoklari o‘rnatiladi.
YOg‘ochga ishlov beruvchi tokarlik stanoklari yordamida yog‘och materiallardan har xil aylanish sirtlarga ega bo‘lgan detallar, shakldor buyumlar tayyorlanadi.
TD-120 tipidagi yog‘ochga ishlov berish tokarlik stanogining asosiy uzellariga stanina1, oldingi babka 2, ketingi babka 3 va tirgak 4 kiradi. TSD-120 tipidagi stanokda bulardan tashqari o‘yuvchi moslama 5 ham bo‘lib, uning yordamida o‘yish-teshish ishlari bajariladi (4-rasm).
Stanina stanokning tayanch-tutkich uzeli bo‘lib, ular bo‘ylab keyingi babka va tirgak bo‘ylama yo‘nalishda suriladi.
Oldingi babka ishlanadigan yog‘och materiallarni tutib turadi va uni aylanma harakatga keltiradi. Oldingi babkaning shpindeliga pog‘onali shkiv kiydirilgan bo‘lib, unga tasma orqali elektrik dvigateldan harakat uzatiladi. Tasmani shkivning turli pog‘onalariga almashtirish yo‘li bilan shpindelning aylanishlar soni o‘zgartiriladi.
Keyingi babka uzun o‘lchamli yog‘ochlarni markazda tutib turish va keskich (parma) larni o‘rnatish imkonini beradi.
Yo‘nish, qirqish vaqtida iskanalarni tutib (tirab) turish maqsadida tirgakdan foydalaniladi. Ishlanadigan yog‘ochning o‘lchamiga va unga qanday ishlov berilishiga qarab, tirgakni shpindelga parallel yoki ko‘ndalang holda staninaga o‘rnatiladi. Tirgak hamma vaqt markazga moslanib, ishlanadigan yog‘ochga yaqin o‘rnatiladi.
Keyingi babka va tirgak staninaning yo‘naltiruvchilari bo‘ylab oldingi babkaga nisbatan kerakli masofaga surilganidan so‘ng tortqi boltlar yordamida staninaga qo‘zg‘almaydigan qilib qotirb qo‘yiladi.
YOg‘ochga ishlov beradigan tokarlik stanoklarida yo‘nish, qirqish ishlari maxsus tokarlik iskanalari yordamida bajariladi. Yo‘nuvchi (reyer) va qirquvchi (mayzel) iskanalar bo‘ladi.
YOg‘ochga ishlov beradigan tokarlik stanoklarida ishlash vaqtida quyidagi xavfsizlik foidalariga amal qilish kerak:
1. SHpindelning hamma vaqt to‘g‘ri (ishlayotgan odamga qarab) aylanishiga e’tibor berish kerak.
2. Ishlanadigan yog‘ochlarni markaz va vilka orasiga, patronlarga, planshaybaga mahkam o‘rnatish lozim.
3. SHpindel aylanib turganda ilka va markaz orasiga yog‘och o‘rnatmaslik kerak.
4. Ish vaqtida tirgakni hamma vaqt markazga moslab, yog‘ochga yaqin o‘rnatib borish zarur. Buning uchun yo‘nish davomida vaqti-vaqti bilan tirgakni yog‘ochga yaqinlashtirib surib boriladi.
5. Ish vaqtida ketingi babka va tirgakni stanina yo‘naltiruvchilariga mahkam qotirib o‘rnatish kerak.
6. Stanokni to‘xtatmasdan turib ishlangan sirtning silliqligini qo‘l bilan tekshirmaslik kerak.
7. Ish vaqtida himoya ko‘zoynagini taqib ishlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |