Yog’och materiallariga ishlov beradigan qo’l va elektr asboblarining tuzilishi va ishlash printsipi


YO’OCH MATERIALLARIGA ISHLOV BERISHDA ISHLATILADIGAN MASHINA, MEXANIZM ELEMENTLARI VA TURLARI



Download 380 Kb.
bet3/4
Sana19.02.2022
Hajmi380 Kb.
#459843
1   2   3   4
Bog'liq
2 5194941018151061639

YO’OCH MATERIALLARIGA ISHLOV BERISHDA ISHLATILADIGAN MASHINA, MEXANIZM ELEMENTLARI VA TURLARI

O’quvchilarni stanokda bajariladigan ishlarga o’rgatishda va texnologik mashinalar haqidagi umumiy ma’lumotlar bilan tanishtirishda mehnat ta’limi o’qituvchisi oldida, umumiy o’quv-tarbiya masalalaridan tashqari, qo’yidagi asosiy vazifalar ham turadi:

  1. mashina mehnatining qo’l mehnatiga nisbatan afzal tomonlarini ochib berish;

  2. yog’ochga va metallarga ishlov berish uchun mo’ljallangan parmalash, tokarlik hamda frezalash stanoklarining umumiy tuzilishi bilan tanishtirish va shu asosda texnologik mashina to’g’risida tasavvur berish;

  3. detal, mexanizm, mashina haqida asosiy tushunchalarni shakllantirish, mashinalar klassifikasiyasi to’g’risida tasavvur berish;

  4. yog’ochga ishlov berish va metall qirqish stanoklari asosida mashinalarning tipaviy detallari bilan, ulardagi birikma va mexanizm turlari bilan tanishtirish;

  5. yog’ochga ishlov berish va metall qirqish stanoklarida ishlarga o’rgatish. Materiallardan kirindi yunish to’g’risida tasavvur berish;

  6. mashinalar va alohida yig’ish birliklarini qismlarga ajratish hamda yig’ish jarayoni bilan tanishtirish.

Politexnika ta’limi vazifalari o’quvchilar mashina, mexanizm va xokazolar to’g’risida umumiy tushunchalarga ega bo’lishlarini talab qiladi. Shu tushunchalar negizida o’quvchilarning mashinashunoslikka oid bilimlarni sistemaga solish mumkin.
O’quv –metodik adabiyotlarga “mashina” tushunchasini har xil, xatto bir-biriga zid talkinlar qilishlar uchrab turadi. Mashina energiya, materiallar va informasiyani o’zgartirish uchun mexanik harakatlar qiluvchi qurilma deb ta’riflanadi. 5-7 sinf o’quvchilari bu tushunchani o’zlashtira olmaydilar. Shu sababli, o’quvchilarning uning ravnakini hisobga olgan holda ushbu ta’rifdan foydalanish mumkin: “Energiyani o’zgartirishga yoki foydali ish bajarishga mo’ljallangan mexanizm yoki mexanizmlar sistemasi deb ataladi”.
Texnik texnologiya komissiyasi tasdiqlangan “mexanizm” tushunchasining ta’rifi shuningdek ko’pgina mualliflar tavsiya etgan ta’riflar mexanizm va mashinalar nazariyasi asosida yaratilgani uchun o’quvchilar ularni tushuna olmaydilar. Shu munosabat bilan o’z vaqtida fizika kursida I. Sokolov tomonidan “mexanizm” tushunchasiga berilgan ta’rifni tavsiya etish mumkin: “Bitta” (yetakchi) detalning siljilishi shu sistemadagi qolgan detallarning mutlako muayyan siljishiga olib keluvchi detallar majmui mexanizm deb ataladi.
Nixoyat, “detal” tushunchasining ta’rifini qo’yidagi ko’rinishda tavsiya etish mumkin: “Mashina va mexanizmlarning yiguv operasiyalarisiz tayyorlangan alohida qismlari mashina detallari deb ataladi. Mashina yoki mexanizmlarning faqat bir bulak materialdan iborat bo’lgan qismi detal hisoblanadi”.
O’quv dasturida o’quvchilarda mashinalar klassifikasiyasi haqida ma’lum tasavvur xosil qilish vazifasi qo’yilgan. Bu vazifa mutlako asosli bo’lib, agar o’quvchilarning tajribasiga va fanlar asoslariga oid bilimlariga tayanib ish kurilsa, o’quvchilarning kurbi yetadigan vazifadir.
Hozirgi vaqtda mashinalarni ikkita katta gruppaga bo’lish qabul qilingan. Bular mashina-qurollar va mashina dvigatellaridir. O’z navbatida, mashina-qurollar ichida texnologik mashinalar, transport mashinalari va tashuvchi mashinalar bo’ladi. Ustaxonadagi mashg’ulotlarda o’quvchilar texnologik mashinalar bilan, ancha mufassal va chuqur tanishadilar. Ular elektr mashinalari bilan ham tanishadilar. Bunga o’quvchilarning ichidan yonar dvigatellari haqidagi bilimlarini, shuningdek xayotiy tajriba asosida olgan transport mashinalarining vazifasi va tuzilishi to’g’risidagi bilimlarini ham kushish kerak. Agar bularning hammasini hisobga olinsa mashinalar klassifikasiyasi haqidagi ma’lum tasavvur berishga o’quvchilarning tayyorgarligi ravshan bo’ladi.

    1. Parmalash, tokarlik va frezalash stanoklarining

tuzilishini o’rganish.
Ustaxonalardagi mashg’ulotlarga o’quvchilarni yog’och va metallarga mashinada ishlov berish bilan tanishtirish asosan parmalash, tokarlik va frezalash stanoklaridan o’rganish bilan cheklanadi. Ishlab chiqarishda bulardan boshqa ko’plab stanoklar ham qo’llaniladi. Shuning uchun o’quv jarayoninin shunday ko’rish kerakki, parmalash, tokarlik va frezalash stanoklari misolida o’quvchilar stanoklar to’g’risida va ularda materiallarga ishlov berish haqida umumiy tasavvurga ega bulsinlar. Buning uchun har bir stanok va unda ishlov berish to’rining o’zigina emas, balki boshqa stanoklar bilan hamda ishlovning boshqa turlari bilan bog’liq holda ko’rib chiqish zarur.
Stanoklarning turli gruppalarini o’zaro taqqoslab ularda ko’plab umumiy tomondan borligini ko’rish kiyin emas. Bunga sabab shuki, materiallarga har xil metall qirqish stanoklarida ishlov berish fizika, ximiya va boshqa fanlarning aynan bir xil qonunlarga asoslangan. Shu sababli materiallarga metall qirqish stanoklarida ishlov berishda foydalaniladigan umumiy qonuniyatlarni o’zlashtirib olgach, noma’lum stanokning ishlash va to’zilish prinsiplarini tushunish mumkin bo’ladi.
O’quvchilarga barcha metall qirqish stanoklarida qanday tomonlar borligi ko’rsatayotganda qo’yidagi uchta muhim masala ustida tuxtab o’tish maqsadga muvofiqdir;

  1. Berilgan shaklda detal xosil qilish. Materialarga stanoklarda ishlov berishda maqsad – berilgan shakl va o’lchamli detal olishdir.

O’zining tashqi shakliga ko’ra detallar juda turli –tuman bo’ladi, bu esa detallar ishlash, ularga har xil shakllar berish uchun ishlov berishning xilma-xil metodlari ham mavjud bo’lishi kerak, degan taassurotni paydo qiladi.
Agar detalarni ularning geometrik shakli jihatidan ko’rib chiqilsa, bunday noto’g’ri tasavvur yo’qka chiqadi. Xatto eng murakkab detallar ham bir nechta oddiy geometrik jismlar majmuidan iborat ekanligi ma’lum bo’ladi. Masalan, tokarlik stanogida ishlanadigan detallar o’z shakliga ko’ra ko’pincha har xil o’lchamli silindrlar majmuidan, kam hollarda konusdan, juda kamdan-kam hollarda shardan iborat bo’ladi; frezalash stanoklarida ishlanadigan detallar ko’pyokliklardan iborat bo’lib, ularni oddiy geometrik jismlar (prizma, piramida) majmui deb qarash mumkin.
Shu sababli detallar xilma-xil bo’lishiga karamasdan, ular faqat stanoklarning to’qqiz gruppasi yordamida ishlanadi. Har bir gruppa stanoklarida detalga muayyan geometrik shakl berish mumkin xolos. Buni bilib olgach, mazkur detalni uning shakliga qarab qanday stanokda ishlash kerakligini osongina aniqlash mumkin.
2. Stanoklarning asosiy harakatlari. Detalning shakli xosil bo’lishda asosiy harakatlar xal qiluvchi ahamiyatga ega. Tokarlik stanogi misolida unga ishonch xosil qilish oson. Tokarlik stanogining asosiy harakati – aylanma harakat, shuning uchun unda ishlangan detallar dumalok jismlardan iborat bo’ladi. Biroq ularning bo’ylama kesimdagi shakli keskichning harakat trayektoriyasiga bog’liq bo’ladi. Keskichning harakat trayektoriyasiga qarab detalga silindr, konus yoki shar shaklini berish mumkin.
3.Stanok qismlarining vazifasiga ko’ra klassifikasiyasi. Metall qirqish stanoklari o’zining tashqi ko’rinishiga ko’ra juda xilma-xildir.buning sababi shuki, ularda turli xil shakl va o’lchamlardagi detallarni ishlashga to’g’ri keladi. Ammo konstruksiyasidan qat’iy nazar har bir stanok bir xil ishni bajaradi. Shuning uchun vazifasiga qarab har bir stanok qismlarini qo’yidagi to’rtta gruppaga ajaratish mumkin: asbob va detalni mahkamlash uchun; asosiy harakatni ta’minlash uchun; uzatish harakatini ta’minlash; stanoklarning barcha qismlarini bir butun qilib birlashtirish uchun.
Notanish stanokning tuzilishini tushunish uchun undan yuqorida aytilgan qismlarni topish kerak. Stanokni bunday nuqtai nazardan tahlil qilganda tashqi farqlar uni boshqa stanoklar bilan boglab turuvchi umumiy tomonlarini berkita olmaydi va shu tufayli tokarlik stanogini o’rganishda olgan o’z bilim va malakalarimizni, masalan, randalash, frezalash va boshqa stanoklarda ishlash uchun qo’llashimiz mumkin.


  1. Download 380 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish