7-bob. KREDIT SHARTNOMALARI
7.1. Shartnoma to‘g‘risida tushuncha va uning turlari
[236]. Qadimda odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabat-
larni berilgan so‘zga ishonch, lafz, halollik singari insoniy fazilatlar
tartibga solib turgan. Zamonlar o‘zgarishi, taraqqiyot tezlashuvi bilan
mazkur munosabatlar ham takomillashib bordi. Fan va texnika asriga
kelib, axborot almashuvining mislsiz sur’atda oshishi o‘zaro aloqalar-
ning yangi bosqichiga yo‘l ochdi.
Ahdlashuvlarni o‘zaro tenglik va adolat me’yorlariga asoslangan
yangi turi – shartnomalar vujudga keldi va mantiqiy ravishda jamiyat
taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchiga aylandi.
Bugungi kunda shartnoma mahsulot oluvchi bilan uni yetkazib
beruvchi o‘rtasidagi ahdlashuv bo‘lib, unda bir tomon mahsulotni o‘z
vaqtida yetkazib berish, ikkinchi tomon esa o‘z vaqtida pulini to‘lash
majburiyatini oladi. Mazkur hujjatda tomonlarning huquq va majburi-
yatlari yozma ravishda rasmiylashtiriladi. Eng muhimi, unda talab va
taklif mutanosibligi, ya’ni o‘zaro manfaatlar o‘z aksini topadi. Yanada
soddaroq qilib aytganda:
Do'stlaringiz bilan baham: |