Yo. Abdullayev, T. Qoraliyev, sh. Toshmurodov, S. Abdullayeva



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/500
Sana31.12.2021
Hajmi1,71 Mb.
#233999
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   500
Bog'liq
bank ishi

[158].  Chet el tajribalari iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida 

lizingning turli shakllaridan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda. Shu 

jihatdan rivojlangan mamlakatlarda 70-yillarda paydo bo‘lgan lizing 

operatsiyalarini qo‘llash tartiblari bilan tanishish o‘rinli bo‘ladi. 

Masalan, Fransiyada lizing – murakkab moliyaviy operatsiya 

jarayoni sifatida ko‘rilib, unda maxsus lizing firmasi (ijara beruvchi) 

buyurtmachining (ijarachining) talabi va ehtiyoji uchun ishlab chiqa-

ruvchidan zarur bo‘lgan uskunalarni sotib olib, uni ijarachiga ma’lum 

vaqtga va ma’lum ijara haqiga beradi. 

AQShda lizingga tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralib, unda 

buyurtmachi ehtiyoji uchun mulkdan vaqtincha foydalanish huquqi 

mulkdordan ijarachiga beriladi va uning natijasida lizing firmasi ma’lum 




 

256


darajada daromad oladi. Lizing natijasida hech qanday narsa ishlab 

chiqarilmaydi va hech narsa sotilmaydi. Faqat ishlab chiqarish 

vositasidan foydalanish huquqi vaqtincha bir yuridik shaxsdan ikkinchi 

yuridik shaxsga o‘tkaziladi. 

1990-yil oxirlarida jahon bo‘yicha lizing operatsiyalari hajmi 1 trln. 

AQSh dollariga teng bo‘lgan. Lizing firmalari 70-yillarda paydo bo‘lib, 

hozirgi paytda bunday faoliyat bilan Angliyada 1,5 ming, Germaniyada 

2,5 ming firma shug‘ullanmoqda. 30 yillik kuzatish shuni 

ko‘rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida lizing firmalarining sinishi 

kamdan-kam uchraydigan hol. 

AQShda barcha yirik firmalar qoshida lizing ishlari olib boriladi. 

Kompaniyalar umumiy daromadining 25-30 foizini uskunalarni lizing 

operatsiyalari orqali ijaraga berish sababli olmoqdalar. 1990-yilda 

barcha lizing operatsiyalari bu mamlakatda 500 milliard dollarni tashkil 

qilgan bo‘lsa, shundan 120 milliard dollari uskunalar hissasiga to‘g‘ri 

keladi. Zero, g‘arb kompaniyalarining shiori: «vaqtdan, xomashyo va 

materiallardan tashqari hamma narsani ijaraga berish mumkin». 

Aviakompaniyalar foydalanayotgan samolyotlarning ham 43 foizi 

ijaradagi samolyotlardir. 

Lizing o‘rta va kichik firmalar uchun ham juda qulay. Ularning 60 

foizi lizingdan foydalanishadi. AQShdagi 3,5 ming kichik firmalar 

lizingga olingan uskunalarda ishlashadi. Ba’zi korxonalarning o‘z 

ishchilari ham bo‘lmaydi. 1990-yilda kompaniyalarda 1,5 million 

kishilar ijarada ishlagan bo‘lsa, 1995-yilga kelib ularning sonini 15 

million kishiga yetkazish mo‘ljallangan. Bular odatda xizmatchilar, 

haydovchilar, yuristlar, kadr xodimlar, buxgalterlar, o‘qituvchilar, 

referentlar, tarjimonlar, tarbiyachilar va boshqalar. 

Lizing kompaniyalari ijaraga aniq kishini emas, balki mutaxassisni, 

masalan, buxgalterni beradi. 

Yevropa mamlakatlarida bugungi kunda lizing operatsiyalari 250 

milliard dollarni tashkil qiladi. Ularning barchasida lizing to‘g‘risida 

maxsus qonunlar qabul qilingan. 

Ijaraga berish muddatiga ko‘ra lizing: 

 

renting (1 soatdan 1 oygacha, masalan, avtomobillar, samolyotlar 



va hokazo); 

 

xayring (1 oydan 1 yilgacha, masalan kompyuterlar); 



 

odatdagi lizing (1 yildan oshiq, lekin uskuna yoki ijaradagi 

buyum amortizatsiya muddatining 80 foizi qismigacha) turlarga 



 

257


bo‘linadi. 

Odamlar orasida “Amerikaliklarning barchasi shaxsiy kompyuter-

larga ega” degan fikr keng tarqalgan. Aslida esa 90 foiz kompyuterlar 

ijaradadir. Mamlakatda lizing operatsiyasi natijasida xizmat tugaganidan 

so‘ng uskuna ijarachiga sotilmaydi, agar xizmat muddati ichida 80 foiz 

amortizatsiyasi hisoblangan bo‘lsa, u holda lizing uchun belgilangan 

imtiyozlardan mahrum qilinadi. 

Ilgari paytlarda korxonalar yangi sexlarni davlat ajratgan kapital 

mablag‘lar hisobiga qurar edilar. Hozir esa bunday imkoniyat juda kam. 

Albatta, kredit olish mumkin, lekin qisqa muddatli kreditlarni olish 

qiyin, foiz stavkalari ancha yuqori. Bunday paytda lizingdan foydalanish 

ijobiy natijalarga olib kelishi rivojlangan mamlakatlar amaliyotida ko‘p 

sinalgan. 

Qoldiq qiymat bo‘yicha ishlayotgan uskuna lizing kompaniyasiga 

sotiladi, natijada yirik investitsiyaga ega bo‘ladi. Lizing kompaniya-

sining sharti – olingan pul mablag‘lari aniq ishlarga sarflanishi lozim. 

Bu pullar hech kimga qaytarilmaydi, foizlar to‘lanmaydi, mulkka 

bo‘lgan soliqdan ozod etiladi. Chunki uskunalar lizing kompaniyasining 

mulkiga aylanadi. Biroq ishlab chiqarish jarayoni davom etaveradi, 

asosiy fondlar esa korxonada qoladi, bir vaqtning o‘zida yangi sex 

qurilishi ham olib borilaveradi. Korxona esa o‘sib borish tartibi 

(shkalasi) bo‘yicha ijara haqi to‘lab boradi: birinchi yili eng oz, oxirgi 

yili esa eng katta miqdorda. 

Ammo lizing kompaniyalari hamma uskunalarni sotib olavermaydi. 

Ularni loyihaning maqsadga muvofiqligi, foydali ekanligini ishontirish 

lozim. Odatda, lizing kompaniyalari loyihani o‘rganish uchun mutaxas-

sislarni taklif qilishadi. 

 

 



 

 

 



 

Lizing munosabatlarida ijarachining kafolati muhim hujjat 

hisoblanadi. Kafolatsiz bozor iqtisodiyotida hech qanday oldi-sotdi va 

boshqa ishlar amalga oshirilmaydi. 

Rivojlangan mamlakatlarda lizing operatsiyalari bo‘yicha xarajatlar 

umumiy kapital qo‘yilmalarning AQShda – 30%, Angliya, Fransiya

Lizing kompaniyalarining 70-75 foizi banklar tomonidan tuzilib, muttasil na-

zorat qilib turiladi. Banklarning o‘zi lizing ishlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kamdan-

kam hollarda qatnashadilar. 20 foiz lizing kompaniyalarini yirik ishlab 

chiqaruvchilar tuzadi va qolgan 5 foizi mustaqil lizing kompaniyalaridir.  




 

258


Shveytsiyada va Ispaniyada – 13-17% ni, Italiya va Gollandiyada – 12-

14% ni, Avstriya, Daniya va Norvegiyada – 8-10% ni tashkil etadi. 

Yaponiyada lizing operatsiyalari bo‘yicha xarajatlarning yillik o‘sishi 

25-30% ni tashkil etadi. AQSh da ishlab chiqarish vositalarining 

kengaytirilishi va modernizatsiya uchun sarflanayotgan kapital qo‘yilma 

xarajatlarining 1/4 qismi; vositalarning to‘la xarid qilish uchun emas, 

balki ulardan vaqtinchalik foydalanishga sarflanadi. 


Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   500




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish