Jamg‘arma depozitlarning boshqa depozitlardan ajralib turadigan
xususiyati shundaki, bank omonatchiga omonat daftarchasi beradi. Jam-
g‘arma depozitlar davriy badallar asosida shakllanib, muayyan maqsadni
amalga oshirish uchun depozit hisobvaraqda, ma’lum miqdorda pul sum-
masini jamlash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar nomiga ochiladi.
Agar shaxs nomiga berilgan omonat daftarchasi yo‘qolsa, yoki taqdim
etish uchun yaroqsiz holga kelib qolsa, bank omonatchining arizasiga ko‘ra
unga yangi omonat daftarchasini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |