Muddatli depozitlar – yuridik va jismoniy shaxslarning shartno-
mada qat’iy kelishilgan muddat va unda ko‘rsatilgan foizlarni to‘lashga
doir mablag‘laridir.
Muddatli depozitlar quyidagi muddatlar bo‘yicha tasniflanadi:
muddati 30 kungacha bo‘lgan depozitlar;
muddati 90 kungacha bo‘lgan depozitlar;
muddati 180 kungacha bo‘lgan depozitlar;
muddati 365 kungacha bo‘lgan depozitlar;
muddati 365 kundan ortiq bo‘lgan depozitlar;
Agar muddatli depozit muddati o‘tgandan keyin mijoz tomonidan
talab qilib olinmasa, shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan
taqdirda, asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tka-
ziladi.
Muddatli depozitlar ikki xil bo‘ladi:
xususiy muddatli depozitlar;
avvaldan ogohlantirish sharti bilan qo‘yiladigan muddatli depo-
zitlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |