sifatida o‘z tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘ya boshladi. 1991-
amalga oshirish imkoniyatiga ega emas edi. 1991-yil 14 – iyunda qabul
312
to‘g‘risida»gi Qonun O‘zbekistonning
chet el davlatlari, ularning yuridik
va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy
hamkorligining rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi.
Xalqaro kredit quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
qarz oluvchi va qarz beruvchi sifatida davlat muassasalari va
tashkilotlari, huquqiy shaxslar (banklar, kompaniyalar)
xalqaro valuta-
kredit tashkilotlari qatnashadilar;
qarzga olingan mablag‘lar qarz oluvchi mamlakat tomonidan
daromad keltiruvchi kapital sifatida ishlatiladi;
qarz beruvchi mamlakatga to‘lanadigan ssuda foizining manbasi
qarz oluvchi mamlakat aholisi tomonidan yaratilgan yalpi ichki
mahsulot hisoblanadi.
Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan
munosabatlarda pul (valuta) shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa tovar
shaklida bo‘lishi mumkin. Shuningdek, xalqaro kredit chet el
obligatsiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va boshqa qimmatli
qog‘ozlariga foyda olish maqsadlarida kapital qo‘yish shaklida ham
bo‘ladi.
Xalqaro kredit mahalliy kredit bilan bir qatorda fondlar aylani-
shining barcha bosqichlarida qatnashadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar
doirasida xalqaro kredit quyidagi funksiyalarni bajaradi:
mamlakatlar o‘rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini ta’min-
laydi;
kapitalning konsentratsiyalashuviga va markazlashuviga sharoit
yaratadi va bu jarayonni tezlashtiradi;
har xil valutalarda xalqaro hisob-kitoblarni olib borishda muo-
mala xarajatlarini qisqartiradi.
[195]. Xalqaro kreditga bo‘lgan talab qaysi usulda va muddatda kim
tomonidan qondirilishiga, shuningdek, qarz oluvchilarga taklif qilini-
shiga qarab xalqaro kredit bir necha turlarga bo‘linadi (42-jadval).
Xalqaro davlat krediti ikki tomonlama kelishuv asosida rivojlangan
davlatlar tomonidan rivojlanayotgan davlatlarga tovar yoki valuta
shaklida, foiz to‘lash yoki foiz to‘lamaslik sharti bilan, uzoq yoki qisqa
muddatga beriladi.
Xalqaro bank kreditlarining:
bank eksport kreditlari (xorijiy importyorlarga xususiy tijorat
banklari, maxsus tashqi savdo banklari tomonidan beriladigan kredit);
yevrokredit (yirik tijorat banklari tomonidan yevrovaluta bozori
313
resurslari hisobidan yevro-valutada, ikki yildan o‘n yilgacha bo‘lgan
muddatda, o‘zgaruvchi foiz stavkada kreditlar berish) kabi turlari
mavjud.
Qisqa muddatli xalqaro kreditlarni – xalqaro valuta fondi, o‘rta
muddatli kreditlarni – Jahon tiklanish va taraqqiyot banki, uzoq muddatli
(yigirma yilgacha) kreditlarni – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: