(kelib chiqqan) pul taklif qilishning o‘sishini ifodalaydigan koeffitsiyentdir.
70
– ortiqcha zaxiralar darajasiga;
– muddatli depozitlar bilan talab qilib olinadigan depozitlar o‘rtasidagi
nisbatga;
– pul muomalasi darajasiga;
– pul multiplikatoriga ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda 90-yillarning birinchi yarmida vujudga kelgan
vaziyatni tahlil qilish, tijorat banklarining pul massasi ko‘payishiga
ta’siri hali juda oz bo‘lganini ko‘rsatdi.
Respublika tijorat banklari jalb qilinayotgan resurslarning aylanish
tezligini yetarlicha ta’minlashadi. Bu hol pul multiplikatori qiymatining
pastligi bilan tasdiqlanadi, u:
1994-yil boshidan to iyuligacha: m = 1,4 ga;
2001-yilning noyabrigacha: m = 1,7 ga;
1995-yilda pul multiplikatori: m = 1,5 doirasidan chiqmadi.
Bunday past multiplikatsiya samarasi ma’lum darajada kreditning
yuqori darajasi, kreditlarning qaytib kelishining sustligi, aholining naqd
pulni afzal ko‘rishi bilan izohlanadi. Bu hol mazkur davrda muomala-
dagi pul massasining Markaziy bank tomonidan vujudga keltirilganidan
(ya’ni emissiya qilinganidan) dalolat beradi.
Pul multiplikatori konsepsiyasi pul bazasining qudratli kuchga ega
pul ekaniga qat’iy ishontiradi. Pul bazasi (PB) bilan pul massasi (M)
o‘rtasidagi multiplikatsiya aloqasi Markaziy bankning pul massasini
taklif qilish jarayoniga qay tarzda maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatishi
mumkinligini tushunishga sharoit yaratadi.
Markaziy bank pul bazasini aniqlovchi asosiy tashkilotlardan
biridir. Shu bilan birga, u ma’lum maqsadlarga muvofiq pul bazasining
miqdori yoki multiplikatorning miqdoriga yoxud birga olingan ikkala
ko‘rsatkichga ta’sir etishi mumkin.
Ayni vaqtda bozor iqtisodiyotida Markaziy bank pul bazasining
miqdorini to‘liq nazorat qila olmaydi va boshqara olmaydi. Tijorat
banklarining (Markaziy bankdan kredit olish), davlatning (ijtimoiy siyo-
sat, tovon to‘lash, soliq siyosati) va aholining (pullarning kirib kelishi va
chet elga chiqib ketishi), xatti-harakatlari pul bazasining o‘zgarishi
ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishda ma’lum qiyinchiliklarni tug‘diradi.
Multiplikator xususida ham shuni aytish zarurki, naqd pullar
koeffitsiyentlari, ortiqcha zaxira me’yorlari va boshqa tarkibiy qismlar
aholi hamda tijorat banklarining psixologiyasi bilan xatti-harakatlari
ta’sirida o‘zgarib turadi: pul multiplikatorining miqdori banklarning
71
(zaxira me’yorlari orqali), shuningdek, bankdan tashqari soha harakatiga
(naqd pullar va koeffitsiyentlari orqali) bog‘liq.
[50]. Pul-kredit siyosati iqtisodiy pasayish davrida xarajatlarni
rag‘batlantirish uchun pul taklif qilishning ko‘payishiga, inflatsiya
davrida esa, aksincha, xarajatlarni cheklash uchun pul taklif qilishning
cheklanishiga olib kelishi zarur. Buni quyidagicha ifodalash mumkin:
Iqtisodiy
pasayish davri
Xarajatlarning
rag‘batlantirilishi
talab qilinadi
Natijada pul taklifi
ko‘payadi
Inflatsiya
davrida
Xarajatlar cheklanadi
Natijada pul taklifi
kamayadi
Konyunktura jonlangan, ish bilan bandlik va ishlab chiqarish
hajmlari o‘sgan sharoitda pulga talab oshishi munosabati bilan Markaziy
bank «arzon pullar» siyosatini yoki pul-kredit siyosatida ekspansiyani
qo‘llaydi.
Pulga talabning oshishi
“Arzon pullar”
yoki
ekspansiya siyosatini yuritishga
olib
keladi
Bunda odatda:
– kreditlash ko‘lami kengayadi;
– muomaladagi pul miqdorining o‘sishi ustidan nazorat susayadi;
– soliq stavkalari qisqaradi;
– foiz stavkalari darajasi pasayadi.
Pul taklif qilishning ko‘payishi uchun Markaziy bank tijorat
banklaridagi ortiqcha zaxiralarning o‘sishi haqida qayg‘urishi kerak.
Bunday holda qanday aniq chora-tadbirlar ko‘rilmog‘i kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: