370
baholaydi (49-jadval).
49-jadval.
Amaliy tavakkalchilik (risk) mezonlari
№
Amaliy tavakkalchilik mezonlari
Ballar
1 2
3
I.
Molni yetkazib beruvchilar soni
Uch kishidan ko‘p
10
Ikki kishi
5
Bir kishi
1
II. Molni yetkazib beruvchilarning ishonchliligi
Barcha yetkazib beruvchilar a’lo obro‘ga ega
5
Ko‘pchilik yetkazib beruvchilar amaliy hamkor sifatida
ishonchli
3
Yetkazib beruvchilarning asosiy qismi ishonchli
0
III. Yukni
tashish
Shahar doirasidagina sug‘urta polisi mavjud, tashish turi
tovarga mos
10
Yetkazib beruvchi iste’molchidan uzoq, sug‘urta polisi
bor, tashish turi tovarga mos
8
Yetkazib beruvchi iste’molchidan uzoq, tashish natijasida
tovarning biror qismi yo‘qotilishi va sifati pasayishi mumkin,
sug‘urta polisi bor
6
Yetkazib beruvchi shahar doirasida, tashish turi yukka mos
emas, sug‘urta polisi yo‘q va h.k.
4
IV. Tovarni omborga joylash
Qarz oluvchi o‘zining xususiy omboriga ega
5
Qarz oluvchi omborni ijaraga olgan
3
Qarz oluvchi omborga muhtoj, ammo amaliy riskni
baholash chog‘ida u ombor yo‘q.
0
Har bir mezon bo‘yicha ballar qo‘yiladi va jamlanadi. Jamlangan
ball qancha yuqori bo‘lsa, tavakkalchilik xavfi shuncha kam bo‘ladi va
ko‘zlangan samaraga erishish uchun kelishuvni amalga oshirish ehtimoli
oshadi. Bu esa qarz oluvchining o‘z qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida
uzish imkonini beradi.
[234]. Kichik korxonalarning kreditga layoqatlilik darajasi ham
xuddi o‘rta va yirik korxonalarning kreditga layoqatliligini baholashdek
baholanadi.
Bu yerda ham:
kreditga layoqatlilikning moliyaviy koeffitsiyentlarini hisoblash;
pul oqimining tahlili;
371
amaliy tavakkalchilikni baholash amalga oshiriladi.
Ammo kichik korxonalarda hisob-kitob holatining sustligi bank
tomonidan moliyaviy koeffitsiyentlarni hisoblash va pul oqimini tahlil
qilish usulini qiyinlashtiradi. Kichik korxonalarda aksariyat hollarda
litsenziyaga ega bo‘lgan buxgalterlar kam uchraydi. Bundan tashqari,
bankning bu mijozlarni audit qilish uchun sarflashi zarur bo‘lgan
xarajatlarga mablag‘ ajratish imkoniyati yo‘q. Shu sababli bu toifadagi
qarz oluvchilarni hisoboti auditorlik tasdig‘ini ololmaydi.
Bunday xususiyatlar kichik korxonalarning kreditga layoqatliligini
baholashda yuqoridagi an’anaviy baholash usullari (moliyaviy hisobot)
ga asoslanish emas, balki mazkur bank xodimlari tomonidan o‘z
mijozlari biznesini chuqur o‘rganishga asoslanadi. Bu esa bankning o‘z
mijozlari bilan doimiy uchrashib turishlarini, ularning korxonalari bilan
mustahkam aloqani o‘rnatishini taqozo etadi.
Kichik korxona rahbari bilan yakkama-yakka suhbat asosida uning
kreditga bo‘lgan ehtiyoji, maqsadi, manbayi va uning qaytarish muddati
aniqlab olinadi. Shu jarayonda mijoz kreditlanayotgan g‘amlamasining
muayyan muddatga borib kamayishini, kreditlanayotgan xarajatlar esa
sotiladigan mahsulot tannarxiga to‘la o‘tkazilishini isbotlay olishi lozim.
Kichik korxonalarning o‘ziga xos yana bir xususiyati shundaki, u
yerda rahbar va ularning a’zolari bitta oiladan yoki qarindosh-
urug‘lardan iborat bo‘ladi. Shu sababli bank kapitali bank egasining
shaxsiy kapitali bilan korxona kapitalidan shakllanadi. Bu xususiyat
tufayli chet davlatlarda (xususan, AQShda): qarzni uzish korxona egasi
tomonidan, aynan uning mablag‘i bilan kafolatlanadi. Bunda ham
mijozning kreditga layoqatliligini baholashda korxonaning moliyaviy
holati inobatga olinadi. Moliyaviy holat shaxsiy moliyaviy hisobot
asosida aniqlanadi.
Shaxsiy moliyaviy hisobot shakli jismoniy shaxsning aktiv va
passividan tashkil topadi. Bunda joylashtirilgan aktivlar va ta’minlangan
passivlar alohida ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: