qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash
turli xil
qimmatli qog‘ozlar:
oddiy va imtiyozli aksiyalar;
obligatsiyalar;
davlat qarzdorlik majburiyatlari;
depozit sertifikatlari;
veksel va boshqalarga mablag‘larni qo‘yish orqali amalga oshi-
riladi.
Alohida olingan davlatlarda bank tizimining rivojlanishi va banklar
o‘tkazadigan operatsiyalarning turlari va ko‘lamiga qarab ularning
investitsion faoliyati turli yo‘nalishlarga qaratilgan bo‘lishi va shu
operatsiyalar turlari bo‘yicha olinadigan daromad salmog‘i ham turli
bo‘lishi mumkin.
Masalan, Amerika banklari amaliyotida davlatning qisqa muddatli
qarz majburiyatlarini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlarga investitsiya
qilish odatda kam daromad keltiradi, ammo ular yuqori likvidlikka ega
va ular bo‘yicha to‘lanmaslik riski nolga teng bo‘lib, bozor stavkasining
264
o‘zgarish riski ham kichik bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi.
Uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar yuqori daromad keltiradi,
shuning uchun banklar ularni muddati tugaguncha saqlashadi. Banklar
o‘z mablag‘larini munitsipalitetlarning qimmatli qog‘ozlariga ham
qo‘yishadi, chunki ular bo‘yicha to‘lanadigan foiz soliqqa tortilmaydi.
O‘z likvidligini ta’minlash maqsadida banklar uncha katta
bo‘lmagan summani boshqa qimmatli qog‘ozlar:
bank akseptlari;
qimmatli qog‘ozlar bozoridagi tijorat qog‘ozlari;
brokerlik ssudalar;
tovar-kredit korporatsiyalari sertifikatlariga qo‘yishadi.
Daromadlilikni ta’minlash maqsadida, lekin likvidligini xavf ostiga
qo‘ygan holda banklar o‘z mablag‘larini ba’zi bir hukumat muassasalari
obligatsiyalari va korporatsiyalarning birinchi darajali obligatsiyalariga
investitsiya qiladilar. Rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarning
investitsion faoliyati daromad keltirishi nuqtayi nazaridan bank
daromadi tarkibida keyingi ikkinchi manba hisoblanadi.
[161].
O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar
chiqarilishiga va muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Davlat ro‘y-
xatidan o‘tkazilmagan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish amaldagi
qonunlarga ko‘ra noqonuniy hisoblanadi. Tijorat banklari quyidagi
turdagi qimmatli qog‘ozlarni chiqarishlari mumkin:
ustav kapitalini shakllantirish maqsadida chiqariladigan aksiyalar;
o‘z qarz majburiyatlari: obligatsiyalar, depozit va omonat
sertifikatlari;
qo‘shimcha zayom mablag‘larini jalb qilish maqsadida chiqa-
riladigan veksellar.
Barcha chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar ularning miqdori
investorlar sonidan qat’iy nazar Markaziy bank qaydnomasidan
o‘tkazilishi shart. Tijorat banki chiqargan aksiyalar 35 yoki undan ortiq
foizning yoxud 50 foizdan ortiq aksiyadorlar ovozini ta’minlovchi
aksiyalarning bir shaxs tomonidan yoki bir-birining mol-mulkini nazorat
qiluvchi shaxslar guruhi tomonidan sotib olinishi O‘zbekiston Res-
publikasining monopoliyaga qarshi siyosatini amalga oshiruvchi vako-
latli organi subyektlarning bir-birlari mol-mulkini nazorat qiluvchilar
deb e’tirof etilishi tartibi va qoidalarni belgilab qo‘yadi.
Aksiyalarni chiqarish tartibi qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilinishi
qayd qilish tartibiga bog‘liq bo‘ladi. Agar qimmatli qog‘ozlarni
265
chiqarish bo‘yicha emissiya prospekti qayd (registratsiya) qilinmaydigan
bo‘lsa, u holda aksiyani chiqarish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
emitent tomonidan aksiyani chiqarish to‘g‘risida qarorni qabul
qilish;
qimmatli qog‘ozlarni chiqarilishini qayd qilish;
qimmatli qog‘ozlarni qayd qilish;
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar yakunini qayd qilish.
Agar qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha emissiya prospekti
qayd qilinadigan bo‘lsa, u holda aksiyani chiqarish quyidagi tadbirlarni
o‘z ichiga oladi:
emitent tomonidan aksiyani chiqarish to‘g‘risida qarorni qabul
qilish;
emissiya prospektini tayyorlash;
emissiya prospekti va chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni qayd
(registratsiya) qilish;
emissiya prospektini chop etish va qimmatli qog‘ozlarni chiqarish
haqida ommaviy-axborot vositalari bilan e’lon qilish;
qimmatli qog‘ozlarni sotish;
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar yakunini qayd qilish;
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar yakunini chop etish.
Qimmatli qog‘ozlar chiqarish bo‘yicha qarorni amaldagi qonun-
chilik bilan kafolatlangan bank boshqaruv organlari qabul qiladi. Emis-
siya prospektini bank boshqaruvi tayyorlaydi. Boshqaruv raisi va bosh
buxgalter imzo qo‘yadi. Tikilib, sahifalar raqamlanadi va bank muhri
bilan muhrlanadi. Bu prospekt xolis auditorlik firmasi tomonidan
ma’qullanishi shart. Emissiya prospekti quyidagilarni yoritishi kerak:
a) emissiya to‘g‘risida asosiy ma’lumotlarni;
b) emitentning moliyaviy holati to‘g‘risida ma’lumotlarni;
v) kelajakda chiqarilishi ko‘zda tutilgan qimmatli qog‘ozlar
haqidagi ma’lumotlarni.
Aksiya chiqaruvchi bank so‘nggi uch yil davomida yoxud tashkil
topganiga uch yil to‘lmagan vaqt davomida zararsiz ishlayotgan bo‘lishi
kerak. Yangi tashkil topgan bank bo‘lsa, u holda eng kamida mazkur
moliyaviy yilda rentabelli bo‘lishi shart.
[162].
Banklar quyidagi shartlar bajarilgan hollarda qimmatli
qog‘ozlarga qo‘yilmalarni amalga oshirishlari mumkin:
a) bankning bir korxona ustav kapitaliga, shuningdek, ushbu kor-
xonaning boshqa qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilmasining miqdori bi-
266
rinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak.
Ushbu me’yor bir emitentning ham «investitsiyalar» hisobvaraqlari, ham
«qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi» hisobvaraqlari bo‘yicha nodavlat
qimmatli qog‘ozlariga qilingan bank qo‘yilmalarini hisobga olgan holda
hisoblab chiqiladi;
b) bankning barcha emitentlar ustav kapitaliga va boshqa qimmatli
qog‘ozlariga qilgan investitsiyalari miqdori birinchi darajali bank
regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak;
v) oldi-sotdi uchun nodavlat qimmatli qog‘ozlariga qilingan bank
qo‘yilmasi miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25
foizidan oshmasligi kerak.
Shuni ta’kidlash lozimki, bank istalgan korxona (moliyaviy insti-
tutlardan tashqari) ustav kapitalining 20 foizidan ortig‘iga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yoki bilvosita (sho‘ba korxonalari orqali) egalik qilishi mumkin
emas.
Agar emitent faoliyati yoki amaldagi yoxud rejalashtirilayotgan
bank investitsiyalari miqdori omonatchilar, kreditorlar va aksiyadorlar
manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkinligi yoki investitsiyalarni
boshqarishda bank tajribasi yetarli emasligi aniqlansa, Markaziy bank
istalgan emitent qimmatli qog‘ozlariga bank tomonidan kiritiladigan
investitsiyalar miqdoriga qo‘shimcha cheklovlar belgilash huquqiga ega.
Garov huquqlarini amalga oshirish natijasida qimmatli qog‘ozlar
olingan hollarda bank bir oy muddat ichida olingan qimmatli qog‘oz-
larni sotishi shart. Agar qimmatli qog‘ozlar ko‘rsatilgan muddatda
sotilmasa, ular «qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi» yoki «investitsiyalar»
hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
[163].
Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi
banklar zarur monitoring va operatsiyalarni amalga oshirilishi ustidan
nazoratni ta’minlovchi adekvat axborotni bank rahbariyatiga taqdim
etish uchun keng qamrovli boshqaruv axborot tizimiga ega bo‘lishini
taqozo etadi.
Shu o‘rinda shuni aytish lozimki, qimmatli qog‘ozlar portfeli
bo‘yicha ichki hisobotlar:
qimmatli qog‘ozlar turlari va ko‘rinishlari bo‘yicha bo‘linishini;
sifat reytingi, nominal va bozor qiymatini;
xarid (sotish) sanasini;
foiz stavkalarini;
imtiyozlarini;
267
olingan dividend foizlarini;
oldi-sotdi bitimlari bo‘yicha foydani o‘z ichiga oladi.
Bankning turli bo‘limlari o‘rtasida majburiyatlarning keraklicha
taqsimlanishi, qarorlar qabul qilish hamda bitimlar turi va hajmiga doir
cheklovlar belgilash bo‘yicha vakolatlarning taqsimlanishi, shuningdek,
suiiste’molchiliklarning oldini olish uchun banklar tegishli ichki
nazoratni amalga oshiradi. Bunday ichki nazorat quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
oldi-sotdi arizalarini qabul qiluvchi yoki qayta ishlovchi shaxslar
buxgalteriya operatsiyalarini amalga oshirmasligi, pul mablag‘lari,
tasdiqnomalarni olmasligi yoki buxgalterlik o‘tkazmalarini taqqosla-
masligi lozim;
buxgalterlik operatsiyalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun
mas’ul bo‘lgan shaxslar oldi-sotdi arizalarini qabul qilmasliklari yoki
tasdiqlash maqsadida bitim natijalarini taqqoslamasliklari zarur;
barcha operatsiyalar hujjatlar bilan tasdiqlangan hamda birlam-
chi hujjatlar va buxgalterlik yozuvlari bilan taqqoslangan bo‘lishi lozim;
hisobvaraqlardagi qoldiqlar, kliring to‘lovlar, bitimlar yoki
buxgalterlik o‘tkazmalariga jalb etilmagan xodimlar tomonidan mun-
tazam ravishda taqqoslanishi va auditorlik tekshiruvlaridan o‘tkazilishi
kerak.
Agar bank brokerlik operatsiyalarini bajarsa, u har bir mijoz uchun
hisob varaqlar ochishi va mijozning qimmatli qog‘ozlari bilan ba-
jariladigan barcha operatsiyalari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning tur-
lari, operatsiyalar sanasi, sotilgan (sotib olingan) qimmatli qog‘ozlar
narxi va soni ko‘rsatilgan holda yozuvlarni olib borishi kerak.
Qimmatli qog‘ozlar bilan ishlashni tashkil etishda qimmatli
qog‘ozlar emitent anketasining namunaviy shakli va moliyaviy ahvoli
quyidagicha bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |