Tahliliy-kompleks usuli
o‘yinlar nazariyasini qo‘llashga
asoslanadi. U bankning nafaqat o‘z harakatlarini, shuningdek, atrofidagi
kontragentlarning ham amalga oshirishi mumkin bo‘lgan barcha
muqobil harakatlarini ko‘rib chiqishni taqozo etadi. O‘yinlar nazariyasi
unsurlaridan foydalangan holda vazifalarni hal qilish jarayoni juda ulkan
va murakkab bo‘lib, juda ko‘p vaqt sarflashni talab etadi.
[266].
Bank bo‘yicha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan risk darajasi
yoki ko‘rsatkichi (K
r
) quyidagicha hisoblanadi:
yoki,
Е
Q
М
Z
K
r
⋅
=
∑
Bu yerda:
K
r
– bank bo‘yicha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan risk darajasi;
Z
– shu bankning barcha operatsiyalar bo‘yicha ko‘rishi mumkin
bo‘lgan zararlar yig‘indisi;
QM
– bankning o‘z mablag‘lari;
E
– bank tashqi risklarining me’yoriy koeffitsiyenti.
Xalqaro amaliyotda tashqi risklarni tahlil qilishning ikki bosqichli
tizimi mavjud. Birinchi bosqichda mamlakatdagi umumiy iqtisodiy
vaziyat tahlil qilinadi, ikkinchi bosqichda mamlakatdagi riskning
umumiy darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida hisoblab chiqiladi:
yalpi milliy mahsulotning o‘sish sur’atlari;
jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM va uning o‘sish sur’atlari;
inflatsiya darajasi;
ishsizlik darajasi;
davlat budjetining taqchilligi;
investitsiyalarning samaradorligi;
iqtisodiyotning raqobatbardoshligi;
Ko‘rilgan maksimal zararlar
K
r
=
o‘z mablag‘lar
417
savdo va to‘lov balanslari;
siyosiy xatar darajasi va boshqalar.
Mamlakatdagi risklarni tahlil qilganda jahondagi ko‘pgina etakchi
mamlakatlarning statistika xizmatlari tomonidan maxsus e’lon qilgan
ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha ekspert baholari va reytinglaridan ham
foydalaniladi.
[267].
Bankning kredit faoliyati uni boshqa bank bo‘lmagan
tashkilotlardan farqlovchi asosiy mezonlardan biridir. Jahon
amaliyotidan ma’lumki, bank foydasining asosiy qismi kredit bilan
bog‘liq. Shu sababli yirik kreditlarning qaytarilmasligi bankning
sinishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Banklar faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish, ehtimol qilinadigan
risklarni minimallashtirish masalalaridan biri kredit risklari, ularning
darajalarini aniqlash va tahlil qilishdan iborat.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, kredit riski deganda qarz oluvchi
tomonidan kredit shartnomasi shartlarining
bajarilmasligi, ya’ni kredit
summasining (qisman yoki to‘liq) va u bo‘yicha foizlarning
shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lanmasligi tushuniladi. Kredit
riskini aniqlashda quyidagi formulalardan juda keng foydalaniladi:
bm
kh
bla
r
L
Ya
H
K
+
=
1
bm
kh
chk
r
L
S
H
K
+
=
2
Bu yerda:
Kr
1
va
Kr
2
– kredit riski darajalari;
H
bla
– harakatda bo‘lmagan aktivlar;
Ya
kh
– yalpi kredit hajmi;
S
kh
– sof kredit hajmi;
L
bm
– lizing bo‘yicha majburiyatlar;
H
chk
– hisobdan chiqarilgan kreditlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |