Yo. Abdullayev, T. Qoraliyev, sh. Toshmurodov, S. Abdullayeva


bank kapitali va foydaliligini hisobga olgan holda bankning



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/512
Sana16.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#372671
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   512
Bog'liq
YO. abdullayev, T. Qoraliyev, sh. Toshmurodov, S. Abdullayeva

bank kapitali va foydaliligini hisobga olgan holda bankning 

umumiy moliyaviy holati

. Bankning moliyaviy holati yomon bo‘lsa, 

talab qilinayotgan vositalarni yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan yuqori narxlarda 

oshishi yoki banklararo bozorga kira olmasligi mumkin. Vositalardan 

foydalanish imkoni bo‘lsa-da, qarz beruvchi DQO yoki depozit singari 

yuqori likvidli yoki oson sotiluvchan ta’minot berilishini talab qiladi. 

Bank esa bunga yo‘l qo‘ya olmaydi. 

 

balansdan tashqari majburiyatlar va shartnomalar

, jumladan, 

ishlatilmayotgan kredit liniyalari, akkreditivlar, qimmatli qog‘ozlar va 

valutani sotib olish uchun tuzilgan kelishuvlar. 

[102]

. Mablag‘larni joylashtirish haqidagi qarorlarga juda ko‘p, 

ba’zan bir-biriga zid omillar ta’sir etadi. Masalan, agar rahbariyat naqd 

pul kabi yuqori likvidli yirik aktivlarga ega bo‘lishni istasa, u joriy 

daromaddan voz kechadi. Banklararo bozorda ancha arzon resurslarni 

olish imkoniyati mavjud bo‘la turib, likvidlikka bo‘lgan talabni 

qondirish maqsadida yuqori likvidli DQOlarni sotish ham daromadning 

pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. 

Banklar ko‘p usullar bilan resurslarni ko‘paytirishi mumkin: 

 

doimiy ravishda depozitlarni jalb qilish; 



 

banklararo yoki Markaziy bank kreditlarini olish kabi usullar 

bilan. 

Jalb qilingan mablag‘lar narxlarining raqobatliligi va majburiyat-




 

159


larni qaytarish muddati aktivlarni qaytarish muddatiga mos kelishi ke-

rak. 


Aktivlar va majburiyatlarni qaytarish muddatlarining mos 

kelmasligi likvidlik xatarining asosiy manbayi hisoblanadi.  

 

 

 



 

 

 



 

Bankning likvidlilik pozitsiyasi birinchi navbatda, uning resurslar 

bazasining barqarorligiga bog‘liq. 

Turli vositalar orqali resurslarni jalb qilishning barqarorligini 

aniqlashda birinchi galda resurslarning manbalarini ko‘rib chiqish kerak. 

Turli passiv toifalar darajalarining barqarorligiga bog‘liq holda ba’zi 

umumlashtirishlarga yo‘l qo‘yilishi mumkinligiga qaramasdan (har qan-

day vaqtda ancha yuqori stavkalarga intilib, bankdan chiqib ketishi 

mumkin bo‘lgan yirik depozit sertifikatlariga nisbatan jamg‘arma hisob-

varaqlari ancha ishonchlidir, joriy depozitlarga nisbatan uzoq muddatli 

depozitlar ancha barqarordir) resurs manbayi turi muhim ahamiyatga ega 

bo‘ladi. Masalan, uzoq muddatli kredit olgan bank aksiyadorlari yoki 

qarz oluvchilariga tegishli bo‘lgan yirik depozitlar odatda raqiblarning 

biroz yuqori foiz stavkalari bo‘yicha takliflardan so‘ng bankdan chiqib 

ketish tendensiyasiga ega bo‘lmaydi. 

Aktivlarni sotish bilan bir qatorda naqd pulning tezda ortishiga 

ehtiyoj sezgan bank kreditlar uchun banklararo bozorga murojaat qilishi 

mumkin. Bankning ushbu bozordan kredit olish imkoniyatlari bir nechta 

omillar bilan birgalikda bankning moliyaviy holatiga, kapitalning 

yetarliligiga, bozorning fikrini bilgan holda yuqori likvidli garovning 

mavjudligiga, bozorning likvidligiga va umumiy makroiqtisodiy ahvolga 

bog‘liqdir. 

Banklararo kreditlar bozori resurslarning muhim va yirik manbayi 

hisoblanadi. Ushbu bozorda operatsiyalar quyidagi muammolarni hal 

etishi uchun xizmat qilishi mumkin: 

 

tijorat banklari vakillik hisobvaraqlaridagi zaxiralarning taqchil-



ligini qoplash va uni talab darajasiga yetkazish

 

mo‘ljallanayotgan uzoq muddatli kreditlash ehtiyoji vujudga 



kelguncha yoki yirik depozitni qaytarish talabi bildirilguncha resurslarni 

samarali joylashtirish (shu jumladan kamida bir kunlik muddatga) uchun 

     


Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   512




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish