59. Kasb tanlash asoslari
Javob: Psixolog mutaxassislik albatta ikkita savolga javob berishi zarurdir:
Birinchidan, psixologiya tushunchasi inson faoliyatida kerakligi aniqlanishi zarur. Bu faoliyat o’zining maxsus holatlariga ega bo’lishi talab qilinadi, u boshqa fanlardan ajralgan holda bo’lishi zarur.
Ikkinchidan, shu soha bilan shug’illanadigan insonlar jamiyati bo’lishi zarur.
Uchinchidan. Mutaxassislarni tayyorlash tizimi bo’lishi talab qilinadi.
60. Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar (kasb maorifi, kasbiy maslahat, kasbiy saralash)
Javob: Kasb maorifi - o’quvchilarni kasbning moxiyati bilan, xar bir kasbning shaxs oldiga qo’yadigan talablari bilan tanishtirishdan iborat ta’sirchan axborotlar majmuasidir. Ma’lumotlarning anikligi tulikligi, xususiy va ijtimoiy axamiyati ifodalanganligi bilan boshqa tarkiblardan ajralib turadi. Kasb maorifi insonning yoshi, jinsi, saviyasiga kura xilma-xil tarzda amalga oshiriladi, shakllari esa verbal va noverbal, kuzatuv va tanishuv, kurgazmali va grafik, uchrashuv kabi ko’rinishlarga ega.
Kasbiy maslahat - kasbga yo’llashning inson ongiga chukurroq singdirish uchun, shaxsning ishtiyoki va qobiliyatlariga xos kasb - hunar (ixtisos) tanlashi uchun muxim obyektiv va subyektiv shart - sharoit yaratish jarayonidir. Kasb egallovchi (tanlovchi) extiyeji, o’qituvchi (murabbiy)ning kasbiy mas’uliyatidan kelib chiqqan xolda ilmiy - amaliy xususiyatli yo’llanmalar berish jarayonidir. Maslahat uzining maqsadga yunalganligi, izchilligi, obyektivligi, axborotlar bilan tuyinganligi bilan boshqa asosiy kismlardan keskin ajralib turadi.
Kasbiy saralash - muayyan kasbni muvaffakiyatli ravishda egallab, uz oldiga kuygan fukarolik (xususiy) burchini yuqori saviyada ado eta biladigan shaxslarni ajrata olishdan iborat jarayondir. Kasbiy bilimlar, shakllangan ma’lum ko’nikmalar, malakalarga asoslangan xolda tekshirish mezonlariga suyanib, omilkorlik bilan okilona saralash utkaziladi.Saralash jarayoni utkazilgandan kasbiy moslashish davri boshlanadi. Odatda kasbiy moslashish deganda, yosh kasb egalarining va mutaxassislarning kasbiy faoliyatga, uning shart-sharoitlariga, talablariga muvaffakiyatli ravishda moslashish (bir necha bosqichlardan iborat) jarayoni tushuniladi. Kasb moxiyatiga kirishish, bilimlar, ko’nikmalar, malakalar bilan tanishish, ularni egallash uchun okilona usullar tanlash, ulardan amaliyotda unumli foydalanish, shart-sharoitlarga odatlanish, maxorat kirralarini uzlashtirish kabi muxim kismlar moslashish tarkiblarini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |