Yillarda psixologiya masalalari (I. P. Pavlov, oliy nerv faoliyati, Butun Ittifoq kengashi) Javob


Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar mohiyati (ta’lim- tarbiya tizimida kasbga yo’llash faoliyatining mazmuni



Download 1 Mb.
bet51/162
Sana13.02.2022
Hajmi1 Mb.
#446395
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   162
Bog'liq
JAVOBLAR

61.Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar mohiyati (ta’lim- tarbiya tizimida kasbga yo’llash faoliyatining mazmuni)
Javob: : Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar moxiyati quyidagilarda o'z ifodasini topadi:
1. Ta’lim - tarbiya tizimida kasbga yo’llash faoliyatining (tadbir va choralarining) mazmuni va metodikalari majmuasi mukammal ravishda mujassamlashganligi.
Maktab (qaysi tipidan kat’i nazar) ma’muriyati, sinf raxbarlari, amaliy psixolog va fan o’qituvchilarining ish rejasida mazkur masala joy olganligi. Shuningdek, bu muammoga taallukli ishlar, tadbirlar ishchil amalga oshirilib turilishi, ularning ta’sirchanligiga e’tiborning ortishi tufayli o’quvchi yoshlar orasida bu soxada tasavvur ko’lamining kengayishi. Rasmiyatchilikdan chekinib, umumiy va zaruriy masala sifatida kabul qilinishi uning kiymatini kutaradi.
2. O’quvchilarni kasb tanlashga urgatishda o’qituvchilar jamoasi faoliyati xamkorligi va samaradorligi.
Aloxida olingan fan o’qituvchilari va turdosh fanlarning namoyondalari jamlanmasa xamkorlik ish rejasida kasbga yo’llash masalasining izchil ravishda quyilishi, xar mavzu buyicha muloxaza almashishda, qaysi fan bo’lishidan kat’i nazar ixtisosga oid bilimlarga e’tibor berilishi kasbiy tasavvo’rni vujudga keltiradi. Kasb - hunar bilim olishga ishtiyog unga nisbatan qiziqishi uygotadi, mustaqil bilim olishga ishtiyeg paydo bo’ladi va odat maromiga aylana boradi. Maxsus tadbirlar utkazilishi, kasb nufuzi bilan tanishtirilishi kasbiy motival va motivasiyalarni takomillashtiradi moyillik tuyg’usini uygotadi.
3. Sinf raxbarining ota-onalar bilan xamkorligi ongli kasb tanlash negizi ekanligi.
Sinf raxbari ota-onalar bilan individual va guruhiy xamkorlikni amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor kilsa, yuqori ko’rsatkichga erishishi mumkin: o’quv fanining kasb tanlash bilan boglikligi, kasbning nufuzi, kasb tanlashning psixologik asoslari, kasbga nisbatan qiziqish, xavas, qobiliyat, iste’dod kasbga yo’llashning asosiy maqsadi va vazifalari, professiogramma (professiografiya) moxiyati, kadrlarga va mutaxassislarga nisbatan extiyej darajalari, kasbning ijtimoiy axamiyati, layoqatning umumiy va xususiy ko’rinishlari, o’quvchilar individual xususiyatlari, kasb tanlashning ilmiy manbalari, maktab psixologining bu soxadagi funksiyasi va boshqalar.
4. Kasb tanlashda yoshlar tashkilotining ishtiroki.
Yoshlar tashkiloti faoliyatida kasb tanlash masalasining ustuvorligi, o’quvchilarning turli fondlarga jalb qilinishi, iste’dodlarning saralanishi, mukofotga tortilishi, moddiy va ma’naviy takdirlanishi kabilar.
5. Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida kasb tanlashning aloxida ajratib ko’rsatilishi.
6. Maktablarda ishlab chikarish kombinatlarning ommaviy va keng ko’lamda yo’lga quyilishi.
7. Maxsus muassasalar faoliyati.
8. Kasbga oid ko’rgazmalar, sayoxatlar uyushtirilishi.
9. Ijodkor, nufuzli, maxoratli kishilar bilan uchrashuvlar o’tkazilishi.
10. Kasb tanlashda maxalliy matbuot, radio va televideniye ishtiroki.
Kasbga yo’llash umumdavlat axamiyatiga ega muammo xisoblanib, uni bosqichma-bosqich amalga oshirish " Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi " da aloxida urin egallaydi. Yuqorida kasb tanlashga yo’llash omillari faoliyatini xamkorlikka aylantirish yuksak samaralar sari yetaklaydi.
62. Kasb tanlashga ta’sir etuvchi omillar
Javob: Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy axamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida jismoniy individual (yakkaxol) shaxs turadi. Xolbuki shunday ekan, xar bir kasb tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatlariga binoan kasb maorifini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi navbatda shaxsning kasbiy extiyeji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini xisobga olish darkor. Aks xolda umumiy xususiyatli yo’llanma, ko’rsatma ijobiy natijada olib kelmaydi, chunki individuallik o’ziga xos talablarni takozo etadi. Xatto oddiy kasb maorifi xam turlicha yondashuvni talab qiladi, binobarin, uni kondirmasdan turib tub maqsadga erishib bulmaydi.
Kasb maorifi - o’quvchilarni kasbning moxiyati bilan, xar bir kasbning shaxs oldiga qo’yadigan talablari bilan tanishtirishdan iborat ta’sirchan axborotlar majmuasidir. Ma’lumotlarning anikligi tulikligi, xususiy va ijtimoiy axamiyati ifodalanganligi bilan boshqa tarkiblardan ajralib turadi. Kasb maorifi insonning yoshi, jinsi, saviyasiga kura xilma-xil tarzda amalga oshiriladi, shakllari esa verbal va noverbal, kuzatuv va tanishuv, kurgazmali va grafik, uchrashuv kabi ko’rinishlarga ega.
Kasbiy maslahat - kasbga yo’llashning inson ongiga chukurroq singdirish uchun, shaxsning ishtiyoki va qobiliyatlariga xos kasb - hunar (ixtisos) tanlashi uchun muxim obyektiv va subyektiv shart - sharoit yaratish jarayonidir. Kasb egallovchi (tanlovchi) extiyeji, o’qituvchi (murabbiy)ning kasbiy mas’uliyatidan kelib chiqqan xolda ilmiy - amaliy xususiyatli yo’llanmalar berish jarayonidir. Maslahat uzining maqsadga yunalganligi, izchilligi, obyektivligi, axborotlar bilan tuyinganligi bilan boshqa asosiy kismlardan keskin ajralib turadi.
Kasbiy saralash - muayyan kasbni muvaffakiyatli ravishda egallab, uz oldiga kuygan fukarolik (xususiy) burchini yuqori saviyada ado eta biladigan shaxslarni ajrata olishdan iborat jarayondir. Kasbiy bilimlar, shakllangan ma’lum ko’nikmalar, malakalarga asoslangan xolda tekshirish mezonlariga suyanib, omilkorlik bilan okilona saralash utkaziladi.
Saralash jarayoni utkazilgandan kasbiy moslashish davri boshlanadi. Odatda kasbiy moslashish deganda, yosh kasb egalarining va mutaxassislarning kasbiy faoliyatga, uning shart-sharoitlariga, talablariga muvaffakiyatli ravishda moslashish (bir necha bosqichlardan iborat) jarayoni tushuniladi. Kasb moxiyatiga kirishish, bilimlar, ko’nikmalar, malakalar bilan tanishish, ularni egallash uchun okilona usullar tanlash, ulardan amaliyotda unumli foydalanish, shart-sharoitlarga odatlanish, maxorat kirralarini uzlashtirish kabi muxim kismlar moslashish tarkiblarini tashkil qiladi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish