O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabr kuni tasdiqlangan “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi
PQ-408-sonli qarori ijrosi yuzasidan Bekobod shahrida olib boriladigan ishlar yuzasidan
MA’LUMOT
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabr kuni tasdiqlangan “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-408-sonli qarori ijrosi yuzasidan shaharda 24 ta mahallalar hududlarida (jami 17 758 mlrd.so’m mablag` hisobiga), 35 ta obyektlarda quyidagi ishlar amalga oshiriladi.
Jumladan:
Ko`p qavatli uylarni ta’mirlash va issiqlik obyektlarini qurish bo`yicha.
-“Bunyodkor” MFYga yangi bino qurish va jixozlash, (537,4 mln.so’m mablag` hisobiga) "Munis Grand" MChJ g`olib deb topilib, bugungi kunda, yer ishlari amalga oshirilmoqda.
- “Jomiy” MFY Markaziy ko`chasidagi bo`sh turgan maydonda zamonaviy sport maydon tashkil qilish, (304,9 mln.so’m mablag` hisobiga) "Sirdaryo Koxna Sharq" XK g`olib deb topilib, bugungi kunda, yer ishlari amalga oshirilmoqda.
-“Shirin” MFY hududidagi 20,21,28,28a,29,29a,30,31,32-uylar atrofida 2 ta bolalar maydonchasi, 2 ta varkautlar va 4 dona bisetkalar o`rnatish,
(317,4 mln.so’m mablag` hisobiga) "Temurxon Kommunal Qurilish" MChJ g`olib deb topilib, bugungi kunda yer ishlari 20% bajarilib, ishlar davom etmoqda.
-“Andijon” MFY hududidagi 4a va 4b uylarni orqa tomondagi maydonga kichik futbol va voleybol maydonchasi tashkil qilish, (268,8 mln.so’m mablag` hisobiga) "Kafolat Energoqurilish" MChJ g`olib deb topilib, bugungi kunda, zarur materiallar olib kelinmoqda.
-“Farg`ona” MFY hududidagi 87-88,90-91-92-uylar xovlisida 2 dona bolalar maydonchasi, 2 dona varkautlar va 4 dona bisetkalar o`rnatish,
(306,5 mln.so’m mablag` hisobiga) "Davr-Gaz-Invest-Servis" MChJ g`olib deb topilib, bugungi kunda, zarur materiallar olib kelinmoqda.
-“Bobur” MFY xududiga 2 ta bolalar maydonchasi qurish, (139,0 mln.so’m mablag` hisobiga) "Me`yor-Standart-Servis" MChJ g`olib deb topilib, bugungi kunda, zarur materiallar olib kelinmoqda.
-“Sayhun” MFY xududida Yorqin, Nizomiy, Soxil, Mexir, Shiroq, Iftixor, Fitrat, Fiokor ko`chalarida 200 ta tungi yoritkich chiroqlari o`rnatish,
(290,0 mln.so’m mablag` hisobiga) "Istiqbol Invest" MChJ g`olib deb topilib, bugungi kunda, zarur materiallar olib kelinmoqda.
-“O`zbekiston” MFY hududidagi Zarafshon ko`chasidagi issiqlik tizimi qozonxonasini mukammal ta’mirlash, (175,6 mln.so’m mablag` hisobiga) "TARAQQIYoT SARI YuKSALISh" MChJ g`olib deb topilib, bugungi kunda, yer ishlari transheya qazilib 70% zarur materiallar 100 % olib kelinib, ishlar davom etmoqda.
-“Jomiy” MFY, Jomiy ko`chasidagi Marosim tadbirlar o`tkazish uchun binoni mukammal ta’mirlash va jixozlash, (451,5 mln.so’m mablag` hisobiga), "Kompakt Komfort Kontakt" MChJ g`olib deb topilib, bugungi kunda, zarur materiallar olib kelinmoqda.
-“Samarqand” MFY hududidagi 7-umumta’lim maktabiga boruvchi 350 metr uzunlikda piyodalar yo`lagi qurish, (162,3 mln.so’m mablag` hisobiga)
“NEW HOUSE BUILDING” MChJ g`olib deb topilib, bugungi kunda, yer ishlari 60% bajarilgan, demontaj ishlari davom etmoqda.
- “Madaniyat” MFY hududidagi Al-Farobiy, Shaxmatchi, Abdulla Nabiyev, Paxtakor, Musa Jalil va Gulzor ko`chalarida 2,5 km tungi yoritish tarmoqlari qurish, (238,6 mln.so’m mablag` hisobiga) "Davr-Gaz-Invest-Servis" MChJ g`olib deb topilib, bugungi kunda, zarur materillar olib kelinmoqda.
- “Shirin” MFY hududidagi 14,15,16,18, 19,20,21,28,28a,29,29a,30,31, 32,4g ushbu uylarga hamda ichki ko`chalariga jamoatchilik xafsizligini ta’minlash maqsadida 70 dona tungi yoritish chiroqlarini o`rnatish,
(134,1 mln.so’m mablag` hisobiga) "Sirdaryo Koxna Sharq" XK g`olib deb topilib, bugungi kunda, zarur materillar olib kelinmoqda.
-“Bobur” MFY xududiga irigatsiya tarmoqlarini joriy ta’mirlash xamda yangidan qurish, (451,1 mln.so’m mablag` hisobiga) "Davr-Gaz-Invest-Servis" MChJ XK g`olib deb topilib, bugungi kunda, zarur materillar olib kelinmoqda.
-“A.Navoiy” MFY hududidagi Mustaqillik ko`chasida 1,8 km tungi yoritish tizimini ta’mirlash, (456,8 mln.so’m mablag` hisobiga) "Kompakt Komfort Kontakt" MChJ g`olib deb topilib, bugungi kunda 1,2 km masofadagi tungi yoritish chiroqlari o`rnatilib, ishlar davom etmoqda.
-“Navro`z” Mahalla hududidagi 27-uyni rekonstruktsiya qilish,
(375,6 mln.so’m mablag` hisobiga) "Kompakt Komfort Kontakt" MChJ g`olib deb topilib, bugungi kunda, akfa romlar o`rnatish ishlari 100%, MDF eshiklar o`rntish ishlari 100%, xonadonlarning ichki pol qismiga laminat yotqizish ishlari 100%, 1-2 qavat karidorlari pol qismiga kafel yotqizish ishlari 70% ga bajarilib, ishlar davom etmoqda.
- “Istiqlol” MFY hududidagi Temiryo`lchi ko`chasida 0,6 km irigatsiya tarmoqlari va 1 km piyodalar yo`laklari ta’mirlash, (485,1 mln.so’m mablag` hisobiga) "Kompakt Komfort Kontakt" MChJ g`olib deb topilib, bugungi kunda, yer ishlari 15% bajarilgan, yerlar muzlama bo`lganligi sababli voxtincha to`xtab turibdi.
-“Tinchlik” MFY xududida (1,2,3,6,6a,7,8,9,10,19,20) ko`p qavatli uylarning tom qismini kapital ta’mirlash, (1028,8 mln.so’m mablag` hisobiga)
"Everest-Gold-Story" g`olib deb topilib, bugungi kunda, 100% zarur materiallar olib kelingan bo`lib, muzlama bo`lganligi sababli qurilish-montaj ishlari vohtincha to`xtab turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |