Yillarda italiya



Download 44,57 Kb.
Sana21.12.2019
Hajmi44,57 Kb.
#31250
1918-1939 YILLARDA ITALIYA

Reja:


Kirish

  1. Urush oqibatlari. Italiyada respublika o`rnatilishi.

2. Stabillashuvi yillarida Italiya

3. Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida Italiya

4. Ikkinchi Jahon urushi arafasida Italiya

Xulosa


Foydalanilgan adbiyotlart
Kirish

Italiya burjuaziyasining eng ilg’or va zarbdor kuchi siyosiy demogog, avantyurist, sobiq sotsialist, renegat Benito Mussolini boshchiligida 1919 yil boshida tuzila boshlagan «fashist soyuzlari» va ularning qurolli fashist otryadlari edi. Terroristik totalitar tuzum ramziga aylangan «fashizm» atamasi Italiyada tug’ilgan va u italyanchadan «bog’lam», «dasta» degan ma‘noni anglatadi. Bu atama 1919 yilda, frontdan qaytgan sobiq askarlar o‘z manfaatlari himoyasi uchun «Fashi di kombattimento» («Quroldoshlar uyushmasi») deb nomlangan tashkilot tuzgan paytda tug’ilgan. Mussolining «milliy sotsializm» dasturiga ko‘ra, davlatning mohiyati o‘zgarishi, u mehnat va sarmoya o‘rtasidagi hamkorlik shakliga, «korporatsiya»ga aylanishi lozim edi. Mehnat va sarmoyaning samarali o‘zaro ta‘siri natijasida Italiya yagona korporatsiyaga aylanishi, barcha sarmoya egalari va ishchilar, zamindorlar va dehqonlar bir oila a‘zolari sifatida ishlashlari targ’ib qilinardi. Albatta, bunda demokratik va progressiv kuchlar siyosiy hayotdan quvilishi kerak edi. Fashistlar keng demogogik «dastur» bilan ish boshladilar va fashistik partiya bo‘lib uyushdilar. Ular monarxiya va senatni yo‘qotishni hamda Ta‘sis majlisini chaqirishni, yirik kapitalga soliq solishni, harbiy sanoatni natsionalizatsiya qilishni, agrar islohat o‘tkazishni, mehnatkashlarga yaxshi turmushni va‘da qildilar.



  1. Urushdan keyingi iqtisodiy va siyosiy inqiroz yillarida Italiya

Birinchi jahon urushi xalq xo‘jaligiga katta zarar keltirdi. Urush harakatlari natijasida Italiyaning shimoliy-sharqiy viloyati vayron bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi juda katta ziyon ko‘rdi. Savdo flotining 60% ishdan chiqdi. 635 ming kishi halok bo‘ldi, 2 mln kishi yarador bo‘ldi va asir tushdi. Mamlakatning moliyaviy ahvoli yomonlashib ketdi. Italiyaning ko‘proq Angliya va AQShga qaramligi kuchaydi va ulardan katta qarzdor bo‘lib qoldi. Urush Italiya imperializmining butun ichki zaifligini yaqqol ko‘rsatdi. Urush yillarida iqtisodiyotda tengsizlik kuchayib ketdi.

Militaristik siyosatning avj oldirilishi va chet eldan olingan zayomlar natijasida mashinasozlik metallurgiya, ximiya sanoati kabi ayrim sanoat tarmoqlari rivojlanib, mamlakat agrar mamlakatdan industrial-agrar mamlakatga aylandi. Sanoat bir yoqlama taraqqiy qildi, davlat buyurtmalariga muvofiq, urush extiyojlariga kerakli mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tashqi savdo rivojlandi. Ishlab chiqarish va kapital konsentratsiyasi kuchaydi. «Onsaldo», «Fiat», «Breda» kabi konsernlar o‘sdi. Bu kabi iqtisodiy gigantlar Italiya sanoatining o‘zagini tashkil etgan avtomobilsozlik, qora metallurgiya, konchilik va kimyo sanoatida hukmron mavqega erishdilar. Ayni paytda umumiy soni 120 mingga yetgan kichik korxonalar ham mamlakat iqtisodiy hayotida katta o‘rin egallardi. Ularda 800 mingdan ortiq ishchi ishlardi. Italiya iqtisodiyotining o‘ziga xos jihatlaridan biri qishloq xo‘jaligining nihoyatda qoloq ekanligi edi. 40 ming yirik zamindor 10 mln. gektar yerga ega bo‘lsa, 2,5 mln. dehqonning boryo‘g’i 6 mln. gektar yeri bor edi. Dehqonlarning yarmi yersiz bo‘lib, yirik zamindorlardan dala ijara olishga majbur qilingandi. Ijara uchun dehqon hosilning yarmini berardi.

Urushdan keyin xo‘jalik qiyinchiliklari kuchayib ketdi. Aholi xarid quvvatining pasayib ketishi, xomashyo va yoqilg’i yetishmasligi harbiy buyurtmalarning kamayishi natijasida sanoat ishlab chiqarish xajmi qisqardi. Ishsizlar soni asta- sekin ko‘payib bordi. Real ish haqi urushdan oldingi davrdagiga qaraganda kamayib ketdi. Mehnatkashlarning turmush darajasi yanada pasaydi. Italiya iqtisodiyoti katta harbiy xarajatlarni ko‘tara olmadi. Ichki davlat qarzlari to‘rt yil ichida uch barobar ko‘paydi. Bundan tashqari, Italiya o‘z ittifoqchilaridan ham anchagina qarzdor bo‘lib qoldi. Natijada soliqlar keskin oshib ketdi, pul qadrsizlandi. Pulning qiymati 1920 yilning oxiriga kelib 1914 yilga nisbatan besh barobar pasaydi. Italiya burjuaziyasining Orlando boshchiligida, 1919 yil iyunida Nitti boshchiligida tuzilgan so‘l liberal hukumatlari zo‘rlik va senzura yo‘li bilan, shuningdek, ayrim yon berish va nayranglar yo‘li bilan inqilobiy harakatni bostirishga urindi. Nitti hukumati 8 soatlik ish kuni to‘g’risida qonun chiqardi. Bir qancha tumanlarda narx-navo qisman pasaytirildi, siyosiy mahbuslarga amnistiya e‘lon qilindi, hatto yerlarning dehqonlar tomonidan egallanganligi ham tan olindi. Italiya davlati 1919 yilgi Parij sulh konferensiyasidan norozi bo‘ldi, chunki hududlar masalasida Antanta 1915 yilgi London shartnomasida bergan va‘dalarini bajarmagan edi. 1919 yil mayidayoq Italiya Turkiyaning janubiy-g’arbiy qismini va birinchi galda Smirnani bosib olish maqsadida Turkiyaning g’arbiy qirg’oqlariga qo‘shin tushirdi. Bu esa Italiyaning xalqaro pozitsiyasiga yanada salbiy ta‘sir etdi. 1

Smirna masalasida Italiya va Gretsiya o‘rtasida nizo paydo bo‘ldi. Italiya muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1919 yil sentabrida Antanta bilan Avstriya o‘rtasida imzolangan Sen-Jermen shartnomasiga muvofiq, Italiya faqat Trentino va Janubiy Tirolni oldi, Albaniyani boshqarish mandatiga ega bo‘ldi. Albaniyaning Vlora portidan Sarantada portigacha bo‘lgan dengiz qirg’oq tumanlarini italyanlar okkupatsiya qilib turdilar. Lekin va‘da qilingan bir qancha janubiy slavyan
yerlari, masalan Dolmatsiya, Turkiya Smirnasi (Izmir) Italiyaga berilmadi. Italiya davlati agressiv siyosatni davom ettirdi. Ular Adriatik dengiz bo‘ylarida hukmron bo‘lib olish va alban xalqining okkupantlarga qarshi kurashini bostirish uchun Albaniyaga qarshi harbiy avantyurani rejalashtirdi, albanlarga qarshi Tripolitaniyaga qo‘shin yuborishga tayyorlandilar. O‘sha yillarda hukmron doiralar inqilobiy harakatlarni bostirish va agressiv siyosatni kuchaytirish maqsadida yangi reaksion partiya va tashkilotlar («Harakat ligasi», «Antibolshevistik xalq soyuzi» va boshqalar) tuza boshladi va Vatikanga tobora ko‘proq tayandilar. Vatikan tashabbusi bilan 1919 yil yanvarida katolik «Xalq partiyasi» tuzildi. Bu partiyaning sotsial bazasi quloqlar va mayda burjuaziyasi edi.

Italiya burjuaziyasining eng ilg’or va zarbdor kuchi siyosiy demogog, avantyurist, sobiq sotsialist, renegat Benito Mussolini boshchiligida 1919 yil boshida tuzila boshlagan «fashist soyuzlari» va ularning qurolli fashist otryadlari edi. Terroristik totalitar tuzum ramziga aylangan «fashizm» atamasi Italiyada tug’ilgan va u italyanchadan «bog’lam», «dasta» degan ma‘noni anglatadi. Bu atama 1919 yilda, frontdan qaytgan sobiq askarlar o‘z manfaatlari himoyasi uchun «Fashi di kombattimento» («Quroldoshlar uyushmasi») deb nomlangan tashkilot tuzgan paytda tug’ilgan. Mussolining «milliy sotsializm» dasturiga ko‘ra, davlatning mohiyati o‘zgarishi, u mehnat va sarmoya o‘rtasidagi hamkorlik shakliga, «korporatsiya»ga aylanishi lozim edi. Mehnat va sarmoyaning samarali o‘zaro ta‘siri natijasida Italiya yagona korporatsiyaga aylanishi, barcha sarmoya egalari va ishchilar, zamindorlar va dehqonlar bir oila a‘zolari sifatida ishlashlari targ’ib qilinardi. Albatta, bunda demokratik va progressiv kuchlar siyosiy hayotdan quvilishi kerak edi. Fashistlar keng demogogik «dastur» bilan ish boshladilar va fashistik partiya bo‘lib uyushdilar. Ular monarxiya va senatni yo‘qotishni hamda Ta‘sis majlisini chaqirishni, yirik kapitalga soliq solishni, harbiy sanoatni natsionalizatsiya qilishni, agrar islohat o‘tkazishni, mehnatkashlarga yaxshi turmushni va‘da qildilar.

1919-1921 yillardagi ichki kurash burjuaziyani mamlakatda «tartib» o‘rnata oladigan kuchli hokimiyat qidirishga majbur qildi. Fashistlar bu maqsadga eng mos keladigan kuch edilar. 1920 yilning kuzidan boshlab fashist tashkilotlari tez ko‘paya bordi. Fashistlar «Ulug’ Italiya» shiori ostida keng bosqinchilik g’oyalarini, ashaddiy shovinizmni targ’ib qildilar. 1920 yil avgustida Antanta bilan Turkiya o‘rtasida tuzilgan Sevr sulh shartnomasiga binoan, Italiya Egey
dengizidagi Dodekanes orollariga ega bo‘ldi. Italiyaga Millatlar Ittifoqi sovetidan doimiy o‘rin berildi. 1921-1922 yillardagi Vashington konferensiyasida katta harbiy kemalar bo‘yicha Italiyaning harbiy dengiz floti Fransiya floti bilan tenglashtirildi. 2Italiya ko‘p qiyinchiliklar evaziga o‘z hududini ancha kengaytira olganligi va ayrim imtiyozlarga ega bo‘lishi natijasida uning ulug’ davlat sifatidagi ahamiyati oshgan bo‘lsada, mamlakatning iqtisodiy va siyosiy ahvoli beqaror bo‘lib qolaverdi. Fashistlar yirik monopoliyalarning qo‘llab-quvvatlashidan, burjua hukumatlarining keng yo‘l berib qo‘yishi va sotsialist islohatchilarning murosachiligidan foydalandilar.

Fashistik Italiya Ikkinchi jahon urushida fa-shistlar Germaniyasi ittifoqchisi sifatida qat-nashdi. Biroq, urushning oqibati Italiya uchun Germaniya va Yaponiyaga nisbatan o`zgacha-roq bo`ldi. Buning sababi – Italiyaning 1943-yildayoq taslim bo`lganligi, Mussolini fashistik diktaturasining ag`darilganligi va yangi huku-matning Germaniyaga qarshi urush e’lon qil-ganligida edi. Ingliz-amerika qo`shinlari Italiyani taslim bo`lishga majbur etgan bo`l-sada, okkupatsiya tartibini o`rnatmaganlar.

Shunday qilib urush italyan xalqi boshiga katta kulfatlar keltirdi. Fashistlar boshqa-ruvi va urush Italiya iqtisodiyoti va uning jahon maydonidagi ahvoliga ulkan zarar yet-kazdi. Chunonchi, Ikkinchi jahon urushi frontlarida 0,5 mln. italyan askari halok bo`ldi hamda bedarak yo`qoldi. 20 foiz sanoat korxonalari va 40 foiz temir yo`l hamda avto-mobil yo`llari vayron etildi. Sanoat mahsulotlari ish­lab chiqarish hajmi 50 foizga, qish-loq xo`jalik mahsu­lotlari esa 40 foizga qisqardi. 2 mln. kishi ishsiz qoldi. Mamlakat mil-liy boyligining uchdan bir qismini yo`qotdi. Buning ustiga inflatsiya kuchaydi. Oziq-ov-qat, turar-joy yetishmasligi kuchli sezildi. 3 mln. kishi uy-joyidan ajralgan edi.

1947-yilning 10-fevralida Parijda imzolangan tinchlik shartnomasiga ko`ra, Italiya o`z mustamlakalarini yo`qotdi va anchagina miqdorda reparatsiya to`lashi lozim edi.

Mamlakatning demokratik kuchlari respublika tuzumi uchun kurashdilar. Chunki, bu davrda Italiyada konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi hukmron edi. Qirol V.Emmanuel III fashistlar rahbari B.Mussolinini qo`llab-quvvatlab, monarxiya obro`sini to`kkan edi. Bu davrda Italiyada 3 ta nufuzli siyosiy partiya mavjud edi. Bular: Xristian-demokratik par-tiyasi (XDP), Sotsialistik partiya (ISP) va Kommunistik partiya (IKP)lar edi. Ular fashi-zmga qarshi kurashda faol ishtirok etganliklari tufayli obro` qozongan edilar. Ayni payt-da, XDP ularning ichida eng ta’siri kuchli partiya edi. Shuning uchun ham u parlament saylovida eng ko`p ovoz oldi va koalitsion hukumatni boshqardi.

Qirol V.Emmanuel III 1946-yilda o`z o`g`li Umberto II foydasiga taxtdan voz kech-gan bo`lsada, bu hodisa nurab borayotgan monarxiyani saqlab qola olmadi. 1946-yilning 2-iyunida davlat tuzumi masalasida, ya’ni, Italiyada konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi saqlanib qoladimi yoki u respublika tuzumiga almashadimi, degan masalada referendum o`tkazildi. Unda 12,7 mln. saylovchi respublika uchun, 10,7 mln. saylovchi esa konsti-tutsiyaviy monarxiya uchun ovoz berdi. Shu tariqa, Italiya Respublikasi vujudga keldi. Biroq, monarxiya o`rnatilishini qo`llab-quvvatlovchilarning ko`p sonliligi mamlakatda konservativ kayfiyatli unsurlar katta kuch ekanligidan guvohlik berardi.

1946-yil 2-iyunda bir vaqtning o`zida referendum bilan birgalikda Ta’sis Majlisiga ham saylov o`tkazilgan edi. Unda XDP 35 foiz (8,1 mln.), ISP 20 foiz (4,7 mln.) va IKP 19 foiz (4,3 mln.) ovoz oldi. Uchala partiya tuzgan koalitsion hukumatni XDP lideri A. de Gasperi (1881–1954) boshqardi va 1953-yilgacha hokimiyatda turdi. Bu partiyalar vakillari ishtirokida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqildi. Konstitutsiya 1948-yilning 1-yanvaridan kuchga kirdi. Unga ko`ra Italiya parlament respublikasiga aylandi.

1948-yilning aprel oyida o`tkazilgan parlament saylovida XDP mutlaq ko`p ovoz oldi (12,7 mln.). A.de Gasperi endi XDP boshchiligida bir partiyali hukumat tuzdi. Hukumat ichki siyosatda mamlakat iqtisodini rivojlantirishga birinchi darajali masala sifatida qa-radi.

Alchido de Gasperi (1881–1954) – Italiya bosh vaziri. 1881-yil 3-aprelda Trento yaqinida (Avstro-Vengriya, hozirda Italiya tarkibida) dunyoga keladi. 1905-yil Vena universitetini tamom-lab, “Yangi Trentino” (“Nuovo Trentino”) nashrida bosh mu-harrir lavozimini egallaydi. 1911-yildan boshlab to Birinchi ja-hon urushi oxirlarigacha Avstriya parlamentining deputati bo`lib qoladi.

Urushdan so`ng Trentino viloyati Italiya ixtiyoriga o`tgach, A.de Gasperi Xalq parti-yasi tomonidan parlamentga deputat etib saylanadi. B.Mussolini hokimiyat tepasiga ke-lishi bilan hibsga olinadi va 1927-yilgacha qamoqqa mahkum etiladi. Hibsdan ozod bo`lgach, 1931-yildan to 1941-yilgacha Vatikan kutubxonasida ishlaydi. Ikkinchi jahon urushi yillarida A.de Gasperi Xristian-demokratik partiyasi (XDP)ga raislik qiladi. 1944-yili Italiya ozodlikka erishganidan so`ng, A.de Gasperi Bonomi hukumatida tashqi ishlar vaziri etib tayinlanadi. 1945-yil noyabr oyining oxirlarida bosh vazir lavozimini egallaydi. Uning bosh vazirlik faoliyati 1946-yil iyun oyidan, ya’ni, davlatning konstitut-siyaviy monarxiya boshqaruvidan respublika boshqaruviga o`tishi sababli, davom etadi.

1947-yil 21-mayda A.de Gasperi so`l kuchlardan holi bo`lgan, yangi hukumatni tu-zadi. XDP katolik cherkovining qo`llab-quvvatlashidan foydalanadi. U ibodatga keluv-chilarni qabul qiluvchi ruhoniylar yordamida mamlakat aholisining salmoqli qismiga o`z ta’sirini o`tkazadi. Nihoyat, 1948-yil apreldagi umumxalq saylovlarida xristian-de-mokratlar mutlaq ko`pchilik ovozga ega bo`ladilar. 1951-yilning iyulida u o`zining yet-tinchi hukumatini tuzadi. Shu yili, u Ottavadagi NATO konferensiyasida ishtirok etib, AQSH prezidenti G.Trumen bilan muzokaralar olib boradi. 1953-yil iyunda A.de Gaspe-rining to`rtta partiyadan iborat koalitsiyasi parlamentda ko`pchilik o`rinni egallaydi. Biroq, Deputatlar palatasi uning yangi hukumatiga ishonchsizlik bildirganidan so`ng, iste’foga chiqadi.

A.de Gasperi boshchiligidagi hukumat bir qator muhim islohotlarni amalga oshirdi: ishlovsiz yotgan zamindorlar yerlari kambag`al dehqonlarga berildi, oylik ish haqining ko`chma shkalasi kiritildi (u davriy ko`rib chiqilgan va turmush darajasi o`sishiga mos oshirilgan) hamda mehnatkashlarning korxona kasaba uyushmasi roziligisiz ishdan bo`-shatilishi man etildi.

1948-yil 1-yanvarda kuchga kirgan yangi Konstitutsiyada so`z, matbuot, yig`ilishlar o`tkazish erkinligi, mehnat va unga yarasha adolatli to`lov, agrar islohot zaruriyati va ishchilarning korxona boshqaruvidagi ishtiroki huquqi e’lon qilindi, siyosiy va diniy qa-rashlarga ko`ra kamsitish man etildi. Fashist tashkilotlari mavjud bo`lishi va faoliyati ham man etildi. Qirol oilasi a’zolariga muhojirlikdan Italiyaga qaytishga ruxsat beril-madi. Maslahatchilar sudi va sud hokimiyatining to`liq mustaqilligi tamoyili kiritildi.

Qonun chiqaruvchi hokimiyat umumiy ovoz berish yo`li bilan 5 yilga saylanadigan va ikki palatadan – Senat va Deputatlar palatasidan iborat bo`lgan parlamentga tegishli edi. Hukumatni Deputatlar palatasida mutlaq va nisbatan ko`pchilik ovoz olgan partiyalar yo`lboshchilaridan biri tuzadi, odatda u bir necha par­tiyalar vakillaridan iborat bo`ladi va parlament qo`llab-quvvatlab turguncha hukumatni boshqaradi. Respublika prezidenti ikkala palata qo`shma majlisida 7 yilga saylanadi. Uning vakolatlari cheklangan bo`lib, amalda ijro hokimiyati Vazirlar Kengashiga taalluqli edi.

A.de Gasperi hukumati “Marshall rejasi”ga ko`ra, 1,3 mlrd. dollar miqdorida yordam berilishiga erishdi. U asosan yirik koprxonalarni modernizatsiya qilishga va jihozlarni butunlay yangilashga sarflandi. Ayni paytda, yuksak taraqqiy etgan davlatlardan patent va litsenziyalar sotib olindi. Qudratli davlat sektori ham vujudga keltirildi. Bu omillar natijasida 50–60-yillarda mamlakat iqtisodi gurkirab rivojlandi. Iqtisodiy o`sish sur’ati (yiliga 10 foiz) jihatidan Yevropada GFRdan so`ng ikkinchi o`ringa chiqdi. Shu tariqa, “italyan mo`jizasi” degan ibora paydo bo`ldi. U dunyoda eng rivojlangan yetti davlatni-ng biriga aylandi.

Eksportning o`sishi Italiyaga qarzdan qutulish hamda milliy valyuta – liraning barqa-rorligiga erishish imkonini berdi. Fuqarolarning turmush farovonligi oshdi. Italiyada “fa-rog`at davlati” qaror topdi. Ish haqi, ijtimoiy sug`urta tizimi, nafaqalar hajmi bo`yicha Italiya dunyoda oldingi o`rinlardan birida turadi.

Tashqi siyosatda Italiya, birinchi navbatda, G`arb davlatlari integratsiyasini himoya qildi. 1949-yilning aprel oyida NATOga a’zo bo`ldi. Bu bilan 1947-yilda imzolangan Parij tinchlik shartnomasi majburiyatlari o`z kuchini yo`qotdi. 1950-yilning 27-yanvari-da AQSH bilan “Mudofaa maqsadlarida o`zaro yordam to`g`risida” bitim imzolandi. Mamlakat hududida AQSH harbiy bazasi qurildi. GFRning NATOga qabul qilinishini qo`llab-quvvatladi. 1957-yilda Fransiya va GFR o`rtasida “Qurol-yarog`larni standart-lashtirish va yangi qurollarni yaratish yo`lida birgalikda harakat qilish to`g`risida” shart-noma imzolandi. Italiya “Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati”ning faol tashkilotchilaridan biri bo`ldi. Bugungi kunda yuqorida nomlari sanab o`tilgan tashkilotlar ishida faol qat-nashib kelmoqda.

Italiya ichki hayotiga siyosiy beqarorlik xos bo`lgan davlatligi bilan ham ajralib tura-di. Urushdan keyingi davrda 50 dan ortiq hukumat almashganligi buning dalilidir. Bu, o`rta hisobda deyarli har 1–1,5 yilda hukumat almashinuvi sodir bo`ldi, deganidir. Xo`sh, mamlakat hayotidagi siyosiy beqarorlikning sabablari nimalar edi?

Birinchidan, Italiyada siyosiy partiyalarning haddan tashqari ko`pligidir. Mamlakatda 9 ta umummilliy va ko`plab hududiy partiyalar mavjud. Bu hol, tabiiyki, hukumatning tez-tez almashib turishiga olib keladi va, o`z navbatida, siyosiy beqarorlikka ham sabab bo`ladi.

Ikkinchidan, bu hodisa Italiya barcha hududining iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan bir xil darajada rivojlanmaganligi bilan izohlanadi. Shimolning gurkirab rivojlanganligi, Janub-ning (Sitsiliya, Neapol) iqtisodiy jihatdan orqada qolganligi bugun ham katta ijtimoiy muammo bo`lib qolmoqda.

Bu hol, o`z navbatida, o`tkir ijtimoiy muammo – ishsizlik muammosini keltirib chi-qardi. Millionlab kishilar ish izlab yurishga majbur bo`lib qolishdi. Hatto, iqtisodiy gur-kirab rivojlangan sharoitda ham ishsizlar soni bir milliondan ortiq bo`ldi. Har yili 200 mingdan ortiq kishi GFR, Shveysariya va Fransiyaga ish izlab ketishiga to`g`ri keldi. Bu ijtimoiy muammo, o`z navbatida, boshqa dahshatli muammolarni – korrupsiya, terro-rizm, jinoyatchilik va mafiyaning siyosatga aralashuvini kuchaytirdi.

1969-yildan keyingi davrda 400 ga yaqin siyosiy arbob, huquqni muhofaza qilish or-ganlari xodimlari o`ng va so`l terrorchilar qurboni bo`lishdi. Ayniqsa, 1978-yilda XDP rahbari A.Moroning o`ldirilishi Italiya jamoatchiligini qayg`uga soldi. U 1963–1968 va 1974-yillarda Italiya bosh vaziri, 1969–1972-yillarda tashqi ishlar vaziri bo`lib ishlagan obro`li siyosiy arbob edi. Italiyada hech bir siyosiy arbob siyosiy terrorizm qurboni bo`-lish xavfidan kafolatlangan emas. Korrupsiya ko`lami bo`yicha Italiya G`arbiy Yevropa davlatlari ichida eng oldingi o`rinda turadi. Bu mamlakat hayotida mafiyaning chuqur il-diz otganligi bilan izohlanadi.

Mafiya (maxfiy terrorchi tashkilot) – bu, jinoiy guruhlarning davlat apparati bilan qo`shilib ketishidir. Ya’ni, davlatning barcha organlarida, siyosiy partiyalar apparatida mafiyaga xizmat qiluvchi kishilar mavjudligidir. Italiyada XDP qo`llarida “ko`rinmas hokimiyat” apparati yuzaga keldi, u xavfsizlik xizmati orqali yo`naltirildi, hokimiyat us-tidan nazorat o`rnatdi va huquqni muhofaza qilish organlarini yo`lga soldi. U qonuniy saylangan hukumatdan ham katta hokimiyatga ega bo`ldi, chunki, yuzaga kelgan ko`p-partiyaviylik tizmi tufayli hukumatlar kuchsiz edi va hokimiyat tepasida uzoq turmasdi.

Italiyada mafiyaning kuchayishiga 1993-yilgacha mavjud bo`lgan saylov tartibi ham qulay sharoit tug`dirgan. Shungacha Italiyada parlamentga saylov proporsional saylov ti-zimi asosida o`tkazilgan. Bu saylov tizimida saylovchilar aniq bir shaxs uchun emas, u yoki bu partiya uchun ovoz berardilar. Parlamentdagi o`rinlar partiyalarning olgan ovo-ziga proporsional ravishda bo`linardi. Qaysi partiyadan kimning deputatlik o`rnini egal-lashi partiya rahbarlari orasida hal etilardi. Saylov tizimi tufayli XDP koalitsiya huku-matida yetakchi sherik bo`lish uchun doimo yetarli miqdorda ovoz olishga muvaffaq bo`lib keldi. Kommunistik xavf-xatardan ustalik bilan foydalanish “Sitsiliya kamorrasi” (mafiyasi) bilan yaqindan aloqa o`rnatish imkonini berdi. Jinoyatchi tashkilot bilan bu it-tifoq davlat xavfsizligi tasavvuri bo`yicha oqlandi. Mafiya esa XDPga yondosh bo`lgani-ning sababi kommunistlar hokimiyat tepasiga kelib qolsa, uni tugatib yuborishidan qo`r-qar edi. XDP, shuningdek, Sotsialistik partiyaning mafiya bilan hamkorligi Italiyada de-mokratik institutlarning kuchsizlanishiga olib keldi.

Bu hol, o`z navbatida, korrupsiyaning kuchayishiga yo`l ochdi. Mafiya esa bundan ustalik bilan foydalandi va jamiyatning hamma sohalariga kirib bordi. U, ayniqsa, Sitsi-liya, Neapol va boshqa janubiy viloyatlarda rivojlandi. U shantaj, talonchilik, qotillik yo`li bilan jamiyatni tahlikaga soldi. Davlat organlari xodimlarini sotib olish mafiya fa-oliyatining asosini tashkil etadi. O`z izmiga yurmaydiganlarni ta’qib etadi va ularning qotiliga aylanadi.

To`g`ri, Italiya jamoatchiligi, mafiya va korrupsiyani jilovlashga tarafdor bo`lgan si-yosiy arboblar jamiyatda ro`y berayotgan bunday falokatlarga qarshi chiqdilar va jami-yatda zarur tartib o`rnatilishini talab etdilar. 1986-yilda eng yirik mafiyachilar ustidan sud jarayoni o`tkazildi. U Italiya mafiyasi vatani Sitsiliya markazi Palermo shahrida bo`-lib o`tdi. Unda 500 nafardan ortiq kishi sud qilindi. Biroq, mafiya yashashda davom etdi.

1992-yilda Italiyada “Toza qo`llar” deb atalgan keng qamrovli tadbir o`tkazildi. Buni-ng natijasida davlat organlari va siyosiy partiyalar rahbarligida ishlovchi 20 mingdan or-tiq kishi tergov ro`yxatiga tushdi. 2 yil davomida korrupsiyada ayblangan 2 mingdan or-tiq kishi hibsga olindi. Tergovga chaqirilganlar ichida, hatto, sobiq bosh vazirlar J.An-dreotti (XDP lideri) va B.Kraksi (Sotsialistik partiya lideri)lar, parlament deputatlari hamda senatorlar ham bor edi. “Ko`rinmas hokimiyat” rahbari sobiq bosh vazir va se-nator J.Andreottining o`zi ekanligi ma’lum bo`ldi. Shu narsa ham aniqlandiki, Italiyada-gi hokimiyatning barcha tuzilmalari jinoyatchi unsurlar bilan aloqador ekan. Neapolni boshqarish va uning iqtisodiyoti kontrabanda va davlat xazinasini talon-taroj qilish bilan qo`shib olib borilgan. Bu yerda korrupsiyada ayblangan 400 kishi, ko`pgina siyosiy ar-boblar, biznesmenlar, amaldorlar va mafiya a’zolari qamoqqa olinib, sudga berilgan. Pa-lermoda ham shunday bo`ldi. Biroq, barcha aybdorlar yengil jazo bilan qutulishdi.

Mafiya bilan aloqada bo`lgan oliy darajadigi arboblarning fosh etilishi Italiya jamoat-chiligini larzaga keltirdi. Bu hodisa Ikkinchi jahon urushidan keyin qaror topgan partiya-viy-siyosiy tizimning inqiroziga olib keldi. 1994-yilning mart oyida o`tkazilgan parla-ment saylovi buni yaqqol isbotladi. Chunonchi, XDP 3 siyosiy oqimga bo`linib ketdi. Sotsialistik partiya esa o`zini tarqatilgan, deb e’lon qildi. Kommunistik partiya saylovga-chayoq o`zining nomini ham, maqsad, vazifa va dasturini ham o`zgartirdi. U saylovda “So`l kuchlar demokratik partiyasi” (SKDP) nomi bilan qatnashdi.

Saylovda mutlaqo yangi kuchlar g`olib chiqdi. Bular “Olg`a, Italiya!”, “Shimol liga-si” va “Milliy alyans” partiyalari edi. Ular “Erkinlik qutbi” blokiga birlashdilar. “Olg`a, Italiya!” partiyasining rahbari S.Berluskoni boshchiligida Italiyada 52-hukumat tuzildi. Biroq, bu hukumat 1994-yilning oxirigacha yashadi, xolos. 53-hukumatni mustaqil siyo-siy arbob L.Dini boshqardi. 1996-yil aprelda parlamentga o`tkazilgan navbatdan tashqari saylovda SKDP g`alaba qozondi. Shunday bo`lsada, 1996–1998-yillar oralig`ida bir ne-cha marta partiyasiz hukumat tuzildi. Va, nihoyat, 1998-yilda Italiya prezidenti L.Skal-faro SKDP rahbari M.Alemaga hukumat tuzishni topshirdi. 2001-yilda esa yana S.Ber-luskoni boshchiligida navbatdagi hukumat tuzildi. 2006-yilgi saylovda R.Prodi bosh va-zirlik lavozimiga keldi. 2008-yil boshida o`z o`rnini S.Berluskoniga bo`shatib berdi. Ita-liyada siyosiy beqarorlik hamon davom etmoqda. Shunga qaramay, Italiya dunyoning iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan 7 davlatidan biriligicha qolmoqda.

2. Stabillashuvi yillarida Italiya

1923-1924 yillarda Italiyada sanoat ishlab chiqarishi bir muncha jonlandi. Harbiy sanoat tarmoqlariga ko‘proq ahamiyat berildi. Italiya fashizmi chet el imperialistlariga avvalo AQSH monopolistlariga tayandi. Bankir Morgan xonadoni 1924 yili Mussolini hukumatiga 100 million dollar miqdorida zayom berdi. Amerika imperialistlari Italiya aksiyali jamiyatlariga qariyib 200


million dollar mablag’ qo‘ydi. Ba‘zi munitsipalitetlar Amerika monopoliyalaridan 20-30 million dollarlab mablag’ oldilar. Mamlakatda norozilik kuchayib bordi va Mussoliniga qarshi suiqasdlar bo‘ldi. Ana shu bahona bilan 1926 yil noyabrida bir qancha terroristik favqulodda qonunlar qabul qilindi. Fashistik partiyadan tashqari hamma siyosiy partiyalar tarqatib yuborildi. Mussoliniga cheklanmagan diktatorlik huquqlari berildi. «Davlatni qo‘riqlash to‘g’risida»gi qonun o‘lim jazosini tikladi. «Maxsus tribunal» tuzildi. Siyosiy jinoyat uchun o‘lim jazosi joriy qilindi. Fashist oxrankasi («Ovra») tuzildi. Fashistlar totalitar rejimni niqoblash maqsadida
sinflarni «yarashtirish» nazariyasini korparativ, ya‘ni go‘yo g’ayri sinfiy davlat tuzishni targ’ib qildilar. 1927 yil aprelida «Mehnat xartiyasi» chiqarildi. «Mehnat xartiyasi»da kapitalistik ishlab chiqarish usuli maqtaldi: «korparativ davlat» va kapitalistlar hamda fashistik partiya va sindikatlar vakillaridan iborat «korparatsiya» tuzish haqida gapirildi. Italiya diktatori o‘zining mamlakatdagi hokimiyatini mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadam qo‘ydi.
1928 yil fevralida Mussolini Vatikan bilan bitim (Lyuteran ahdnomasini) tuzdi. Vatikan bilan karollik o‘rtasidagi eski nizolar bartaraf qilindi. Vatikan to‘la suveren davlat huquqiga ega bo‘ldi. Aktiv reaksion kuch - Vatikan xalqni chalg’itish yo‘li bilan fashizmga katta yordam ko‘rsatdi. Shunday qilib Italiyada totalitar (cheklanmagan) fashistik diktatura rejimi tuzildi. Italiyada G’arbdagi birinchi totalitar tuzum tashkil topdi. Bu tuzum iqtisodiy qayta
qurish sohasida nihoyatda katta vazifalarni ilgari surdi. Fashist davlati mamlakatdagi butun ijtimoiy va iqtisodiy hayotni qamrab oladigan «korporativ tartib» yaratishni rejalashtirgan edi. Bu tartibning asosiy tamoyillari Katta fashist kengashi tomonidan 1927 yilda qabul qilingan «Mehnat xaritiyasi»da bayon etilgan edi. U ishlab chiqarish muammolarini birgalikda hal etish
uchun kasaba uyushmalarini va ishbilarmonlarni teng asosda korporatsiyalarda birlashtirishni nazoratda tutardi. Ishbilarmonlar va ishchilar bir tashkilotning teng huquqli a‘zolariga aylanardilar. Xalq xo‘jaligining sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, banklar, transport kabi sohalariga mos keladigan 22 korporatsiya tuzildi. Bu beso‘naqay tashkilotning tepasida Korporatsiyalar milliy kengashi turardi.
Italiyadagi voqealar xalqaro imperialistik burjuaziyaga juda ma‘qul keldi, Rim xalqaro reaksion doiralarining ziyorat markazi bo‘lib qoldi. 1925-1929 yillar davomida Angliya-Amerika bankirlari Italiyaga 7 mlrd. lira kredit berdilar.3 1928 yil yana bir qancha qonunlar qabul qilinib, amalda parlamentchilik rejimi tugatildi. Parlament batamom o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Yirik burjuaziya va pomeshchiklar manfaatini ko‘zlab «Ulug’ Rim imperiyasi» tuzish rejasi ishlab chiqildi. Bu rejaga muvofiq Bolqon, Tunnis, Misr, Angliya-Misr Sudani, Baleor orollari va Korsikani bosib olish mo‘ljallandi. O‘rta dengizni Italiyaning ichki dengiziga aylantirish ko‘zda tutildi. Italiya fashistlari Yaqin Sharqda ham hukmron bo‘lib olishni xayol qildilar. 1923 yilda Italiya Bolqonda ustun bo‘lishga intilib, Gretsiyaga qarshi agressiv harakat boshladi va Korfu orolini bosib oldi. Birok, Angliya jiddiy e‘tiroz bildirgach, Italiya o‘z qo‘shinlarini Korfudan olib chiqib ketdi. 1923 yil sentabrda Italiya 1920 yilgi Rapollo shartnomasini buzib, Fyumenni bosib oldi. 1924 yil yanvarida Italiya bilan Yugoslaviya o‘rtasida Rimda imzolangan shartnomaga 43 muvofiq «Fyumen shahri va Fyumen porti Italiyaniki» deb tanildi. Italiya fashistlari 1920 yilda qo‘lga kiritilgan Egey dengizidagi Dodekanes orollarini butunlay o‘zlariniki qilib oldilar.

Yugoslaviyaning qarshiligiga qaramay, Italiya Albaniyani o‘ziga tobe qildi. Italiya 1926 yili Albaniya bilan do‘stlik to‘g’risida, 1927 yili esa «ittifoqlik» to‘g’risida shartnoma tuzdi va Albaniya ustidan o‘z protektoratini o‘rnatdi. Italiya 1926 yili Ispaniya bilan, 1927 yili Ruminiya va Vengriya bilan, 1928 yili Gretsiya va Turkiya bilan «Do‘stlik» to‘g’risida shartnomalar tuzdi. U Yevropa sharqi-janubida, hatto uning markaziy tumanlarida hukmron bo‘lishga zo‘r berib urindi. Bu masalalarda Italiya bilan Fransiya o‘rtasidagi ziddiyatlar keskinlashdi.



3. Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida Italiya

1929 yilda Italiya iqtisodiy inqirozga duchor bo‘ldi. Inqiroz yillarida sanoat mahsuloti 33%, tashqi savdo 3 marta qisqardi, mehnatkashlarning turmush darajasi yanada pasayib ketdi. Ish haqi keskin suratda kamaydi. Ishsizlar soni 200 ming kishidan 1 mln. kishiga yetdi. Soliqlar ko‘paydi. Ko‘p minglab mayda va o‘rta korxona egalari, hunarmandlar xonavayron bo‘ldi. Yirik sanoat kompaniyalarining tayanchi hisoblangan uchta eng yirik bank kasodga uchradi. Davlat birinchi navbatda kasodga uchragan uchta eng yirik bankni qutqarish choralarini ko‘rdi.

1933 yil boshida Italiyada davlat moliya idorasi - Sanoatni qayta qurish instituti tuzilib, u kasodga uchragan banklarning qimmatbaho qog’ozlarini davlat hisobiga sotib oldi. Bu harakat natijasida Sanoatni qayta qurish instituti banklar ustidan, ular orqali esa metallurgiya va mashinasozlik korxonalarining aksar qismi, kemasozlik va deyarli butun harbiy sanoat ustidan nazorat o‘rnatdi. Burjuaziya pozitsiyasini butunlay moliya kapitaliga bo‘ysundirish maqsadida 1933-1934
yillarda mamlakatda «Korporativ sistema» tuzildi. Xalq xo‘jaligining hamma sohalarini qamrab oladigan 22 ta korporatsiya tuzuldi. Korporatsiyalar tarkibiga fashistik kasaba soyuzlari (sindikatlar)dan ham vakillar kiritildi. Fashistik matbuot, korparativ tuzum sharoitida go‘yo mehnat bilan kapital o‘rtasida nizolar sinfiy hamkorlik asosida hal qilinmoqda deb, ishchilar ishlab chiqarishni va davlatni boshqarishda ishtirok etmoqdalar deb jar soldi. Korparatsiyalar Mussolini boshchiligidagi maxsus korparatsiyalar ministrligiga bo‘ysuntirildi. Korparatsiya
sistemasi parlamentchilik qoldiqlarini tugatib rahbarlik rolini o‘ynadi.
Italiya fashizmi o‘ttizinchi yillarda mamlakat hayotining barcha tomonlarini o‘ziga bo‘ysundirib, totalitar diktaturani o‘rnatdi. Demokratiyaning barcha, hatto rasmiy belgilari, shu jumladan, parlament ham tugatildi. Parlamentning saylanuvchi palatasi o‘rniga fashi di kombattimento va korparatsiyalar palatasi tuzilib, unga tayinlanuvchi «deputatlar» kirdilar. Fashistlar partiyasi esa davlat tizimiga to‘liq qo‘shildi. Partiya nizomiga ko‘ra u duche Mussolini buyruqlariga bo‘ysunib, davlat xizmatini bajaruvchi «fuqarolar militsiyasi» (lotincha «miliciaqo‘shin»)ga aylandi. Ommaviy axborot vositalari fashizmga xizmatga o‘tib, fashist senzurachilari tomonidan qattiq nazorat qilindilar. Dorilfununlarda professorlar duchega (Duche - (italyancha duce-dohiy)- Italiyadagi fashistlar diktatori B.Mussolinining unvoni.) sodiqlikka qasamyod qildilar. Ommaviy tashkilotlar tizimi, fashistik matbuot va maktab orqali, sershovqin targ’ibot kompaniyalari yordamida fashist g’oyalari ommaga singdirildi. Biroq, fashizm italiyaliklarning ongini zaharlay yoki unga chuqur singa olmadi. Fashizm Italiya millati ongiga, uning diniy va demokratik an‘analariga tamomila zid edi. Demokratik kuchlarning vakillari yashirin sharoitda fashistlarga qarshi kurashni davom ettirdilar.

Fashistlarning tashkilotlariga joylashib, ularga qarshi faol qo‘poruvchilik ishlarini olib bordilar, yoshlar orasida fashizmga qarshi kayfiyatlarning uyg’onishiga sabab bo‘ldilar. Fashizmga qarshi kurashda katolik cherkovining qator vakillari ham munosib hissa qo‘shdilar. Korparatsiya sistemasi parlamentchilik qoldiqlarini tugatish va militarizmni kuchaytirishga imkon berdi. Turli fashistik tashkilotlar ko‘paytirildi va ularning a‘zolari soni 12 mln. kishiga yetdi.



4. Ikkinchi Jahon urushi arafasida Italiya

Mamlakat iqtisodiyoti imperialistik agressiyaga tayyorlandi. Qurolli kuchlar ko‘paytirildi. Italiya va Fransiya o‘rtasida ziddiyat kuchaydi. Italiya bilan Germaniya o‘rtasida Avstriya masalasida nizo paydo bo‘ldi. Italiya Avstriyani o‘z ta‘siriga olish uchun harakat qilar edi. Italiya fashistlari esa Avstriya hukumati va Xeymverni qo‘llab-quvvatlar edi. 1934 yil iyulida Gitler Avstriyani bosib olishga urungan vaqtda Mussolini bunga e‘tiroz bildirdi. Italiya fashizmi


Yaponiya va Germaniya fashist agressorlari tomonidan Versal-Vashington sistemasi (Italiya bu sistemadan norozi edi) poymol qilina boshlagan sharoitdan foydalanib, «ulug’ Rim imperiyasi» tuzishga kirishdi. «Buyuk Italiya» davlati butun O‘rta Yer dengizi bo‘ylarini o‘z ichiga olishi va u «Buyuk Italiya»ning ichki dengiziga aylanishi lozim edi. Bu davlat bir paytlar Rim imperiyasi
tarkibiga kirgan barcha hududlarni birlashtirishni ko‘zda tutardi. Mussolini italiyaliklarni O‘rta Yer dengizini «o‘z dengizimiz»ga aylantirishga chaqirdi. 1934 yilda jadal sur‘atlarda harbiydengiz floti va harbiy aviatsiyani qurishga kirishildi.
1935 yil 3-oktabrda Afrikada yangi mustamlakalarga ega bo‘lish, shuningdek,
Yevropadan Hindistonga boradigan dengiz yo‘llarida Angliyani zaiflashtirish maqsadida Italiya fashistlari urush e‘lon qilmasdan, Habashistonga qarshi urush boshladilar. Habashiston qoloq, feodal mamlakat edi. Habash xalqi bosqinchilarga qarshi qaxramonona kurashdi. Lekin kuchlar barobar emas edi. Agressorlar eng yangi texnika bilan qurollangan 600 ming kishilik armiyani Habashistonga yubordilar va vaxshiylarcha qirg’inchilik urushi olib bordilar, hatto zaharli gazlardan foydalandilar. 1936 yil mayida Habashiston Italiya tomonidan bosib olindi. ItaliyaHabashiston urushi vaqtida Italiya Germaniya bilan yaqinlashdi. 1936 yil iyulida Italiya va Germaniya fashistlari respublikachilar Ispaniyasiga qarshi isyon, keyinroq intervensiya uyushtirdilar. Italiya qo‘shinlari bir necha marta (ayniqsa, 1937 yil martida Gvadalaxara yonida) jiddiy talofatga uchradi. Germaniyagina Italiyani halokatdan qutqarib qoldi. Italiya Germaniyaning Yevropa markazidagi yetakchilik rolini tan oldi. 1936 yil oktabrida Italiya bilan
Germaniya o‘rtasida ittifoqlik shartnomasi (Berlin-Rim o‘qi) tuzildi. 1937 yil 6-noyabrida Italiya, Germaniya bilan Yaponiya o‘rtasida tuzilgan «Antikommintern ahdnomasi»ga qo‘shildi va «Berlin - Rim - Tokio uch burchagi» vujudga keldi. Bu esa «kommunizmga qarshi kurash» niqobi ostida barcha demokratik harakatlarni bo‘g’ish va yangi agressiyani amalga oshirish maqsadida tuzilgan fashist davlatlari ittifoqi edi. 4

Mussolini uni bu ittifoqni o‘z atrofida butun Yevropa birlashishi lozim bo‘lgan «doira» sifatida ta‘rifladi. («Berlin-Rim-Tokio doirasi» degan nom shundan kelib chiqdi). Ushbu bitimga ko‘ra Germaniya Efiopiyaning bosib olinishini tan oldi, xalqaro aloqalarda umumiy bo‘lgan yo‘nalish belgilandi, harbiy aviatsiyani rivojlantirishning yagona siyosati ishlab chiqildi. Bolqon va Dunaybo‘yi davlatlaridagi ta‘sir doiralari chegaralandi. 1937 yil 11-dekabrda Italiya Millatlar Ittifoqidan chiqdi. 1938 yil martida Mussolini hukumati Avstriyaning German fashistlari tomonidan bosib olinishiga rozilik berdi. 1938 yil sentabrida fashistik Italiya sharmandali Myunxen bitimini tayyorlashda ishtirok etdi. Bu bitim esa Gitler Germaniyasining Yevropadagi agressiyasiga keng yo‘l ochib berdi. 1939 yil aprelida Italiya Albaniyani bosib oldi. O‘sha yili 22 mayda Mussolini hukumati Germaniya bilan harbiy siyosiy ittifoq to‘g’risidagi «Po‘lat bitim»ni imzoladi.



Xulosa

Urushdan so`ng Trentino viloyati Italiya ixtiyoriga o`tgach, A.de Gasperi Xalq parti-yasi tomonidan parlamentga deputat etib saylanadi. B.Mussolini hokimiyat tepasiga ke-lishi bilan hibsga olinadi va 1927-yilgacha qamoqqa mahkum etiladi. Hibsdan ozod bo`lgach, 1931-yildan to 1941-yilgacha Vatikan kutubxonasida ishlaydi. Ikkinchi jahon urushi yillarida A.de Gasperi Xristian-demokratik partiyasi (XDP)ga raislik qiladi. 1944-yili Italiya ozodlikka erishganidan so`ng, A.de Gasperi Bonomi hukumatida tashqi ishlar vaziri etib tayinlanadi. 1945-yil noyabr oyining oxirlarida bosh vazir lavozimini egallaydi. Uning bosh vazirlik faoliyati 1946-yil iyun oyidan, ya’ni, davlatning konstitut-siyaviy monarxiya boshqaruvidan respublika boshqaruviga o`tishi sababli, davom etadi.

1947-yil 21-mayda A.de Gasperi so`l kuchlardan holi bo`lgan, yangi hukumatni tu-zadi. XDP katolik cherkovining qo`llab-quvvatlashidan foydalanadi. U ibodatga keluv-chilarni qabul qiluvchi ruhoniylar yordamida mamlakat aholisining salmoqli qismiga o`z ta’sirini o`tkazadi. Nihoyat, 1948-yil apreldagi umumxalq saylovlarida xristian-de-mokratlar mutlaq ko`pchilik ovozga ega bo`ladilar. 1951-yilning iyulida u o`zining yet-tinchi hukumatini tuzadi. Shu yili, u Ottavadagi NATO konferensiyasida ishtirok etib, AQSH prezidenti G.Trumen bilan muzokaralar olib boradi. 1953-yil iyunda A.de Gaspe-rining to`rtta partiyadan iborat koalitsiyasi parlamentda ko`pchilik o`rinni egallaydi. Biroq, Deputatlar palatasi uning yangi hukumatiga ishonchsizlik bildirganidan so`ng, iste’foga chiqadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ц. Кин "ИТАЛЬЯНСКАЯ ТРАГЕДИЯ МАСОК"

2. Ц. Кин "МУССОЛИНИ И ПАПА"

3. "ОВРА" - фашистский застенок - Итальянки против войны и фашизма публикации 1936 г.





1 1. Ц. Кин "ИТАЛЬЯНСКАЯ ТРАГЕДИЯ МАСОК"


2 Ц. Кин "ИТАЛЬЯНСКАЯ ТРАГЕДИЯ МАСОК"


3 "ОВРА" - фашистский застенок - Итальянки против войны и фашизма публикации 1936 г.

4 Ц. Кин "МУССОЛИНИ И ПАПА"

Download 44,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish