Yillarda aqsh dagi siyosiy vaziyat reja. I. Kirish. II. Asosiy qism



Download 99,44 Kb.
bet6/7
Sana10.04.2023
Hajmi99,44 Kb.
#926477
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1918-1939 YILLARDA AQSH DAGI SIYOSIY VAZIYAT

5.T.Ruzveltning ichki siyosati .
Amerika kapitalizmi tez rivojlanganligi uchun ham imperializm davrida AQSHda kapitalizmning tekinxo`rligi va chirishi Shunday bir tarzda ifodalandiki, gigant trestlar o`zlari belgilagan narxlarni saqlab qolish uchun kurashib, ko`pincha yangi kashfiyotlar va ixtirolar qildilar. Amerika kapitalizmining tekinxo`rligi va chirishi, sanoat va qishloq xo`jaligining notekis rivojlanishida, sanoatning ayrim tarmoqlari va mamlakat ayrim rayonlarining notekis rivojlanishida, kapitalizmning doimiy yo`ldoshi bo`lgan krizislarning va ishlab chiqarish anarxiasining kuchayib ketishida, mustamlakalar va yarim mustamlakalardagi xalqlarni ezish kuchayib borayotganligida - mana shularning hammasida namoyon bo`laverdi.
XIX asrning oxirida Ispaniya - Amerika urushi boshlanib ketdi. Bu urushning boshlanishga tashqi bahona shu bo`ldiki, Ispaniya Kubada o`z vatanining mustaqilligi uchun kurashayotgan qo`zg’alonchilarga qarshi urush olib bormoqda edi.
AQSH Kubadagi va Ispaniyaning boshqa mamlakatlardagi - Filippin orollaridagi milliy ozodlik harakatidan o`z maqsadi yo`lida foydalanib kelmoqchi bo`ldi.
AQSH Kubani bosib olish rejalarini bir necha o`n yildan beri tayyorlab kelmoqda edi. Bu orolning boyligi, unda bir qancha portlar borligi va orolning strategik mavqei AQSH davlat doiralarining e`tiborini jalb qilmasligi mumkin emas edi. Ispaniya bilan urush boshlashmasdan oldin Amerika kapitalistlari Kubadagi plantatsiyalarga konlar va temir yo`llarga 50 million dollarga yaqin mablag’ sarflab qo`ygan edilar.
AQSH Kubadagi voqealarni juda sinchiklab kuzatib turdilar. Qo`zg’alonchilarga xayrixoh bo`lgan progressiv elementlar, AQSH Kubaning inqlobiy hukumatini tanidi va bu hukumatga ma`naviy hamda moliyaviy yordam
beradi, deb umidvor bo`lgan edilar. Amerikaning progressiv tashkilotlari qo`zg’olon ko`targan kubaliklarning vakillari bilan aloqa bog’lab, ularning AQSH dan qurol yaroq va oziq-ovqat sotib olishlariga yordamlashishga ko`p harakat qildilar.
Biroq AQSH hukumati Kubadagi qo`zg’olonchilarning «g’alaba qilishidan qo`rqqan moliyaviy guruhlar bilan inoq bo`lganligi sababli qo`zg’olonchilarni urushuvchi tomon deb tanishdan bosh tortdi. Xerst va Pulitser boshchiligidagi sotqin matbuotchilar movinistik propaganda avj oldirishga intilib, Kubadagi AQSH fuqarolari ko`p talofot bermoqda deb shovqin-suron ko`tardi. AQSH fuqarolaridan turmalarda va qamoq lagerlarida qamalib yotgan kishilarni munofiqlik bilan himoya qildi. AQSH hukumati ispanlarning Kubada qilayotgan zulm va vahshiyliklariga qarshi bir necha marta norozilik notalari yubordi. Hammasi bo`lib uch oy davom etgan urush Ispaniya monarxiyasining zaifligini va ichdan chiriganligini yaqqol ko`rsatdi. Ispaniya floti eskirgan kemalardan iborat bo`lib, yaxshi qurollanmagan va intizomsiz edi.1
Ispanlarning Kubadagi 200 ming kishilik armiyasi kuchsizlanib qolgan edi, Kuba partizanlarining qahramonlarcha ko`rsatayotgan qarshiligi bu armiyaning qo`lini band qilib qo`ygan edi. Shuning uchun ham Amerika qo`shinlari Santyagoga yaqinlashib kelganlarida ispanlar ularga qarshi faqat 12 ming soldatni ro`para qila oldilar. Amerika davlati Manil ko`rfazida ispanlarning eskadrasini tor-mor keltirdi.
Ispanlarning Santyago portidan qutulib chiqqan ikkinchi eskadrasini ham Amerika floti tor-mor qildi. 15-iyulda Amerika qo`shinlari Kuba qo`zg’olonchilarining aktiv yordami bilan Santyagoni ishg’ol qildilar.
Ispaniya mag’lubiyatga uchradi va sulh tuzishga majbur bo`ldi. 1898 yil 10 dekabrda Parijda tuzilgan sulh shartnomasiga muvofiq AQSH Filippin orollarini, Puerto-Riko va Guam orollarini oldi. AQSH Ispaniyaga Filippin uchun 20 million dollor pul berdi. Bundan tashqari, Ispaniya Kuba oroliga bo`lgan o`zining hamma da`volaridan voz kechdi.

  1. Центрально-Восточная Европа во второй половине XX века, т.2. М., 2001.

Qog’ozdagina mustaqillik olgan Kuba respublika bo`lib qoldi va AQSH protektorati ostiga o`tdi.
Gavay orollari batamom anneksiya qilib olinganligi Ispaniya bilan bo`lgan urush natijalaridan biri bo`ldi. 1898-yil 12-avgustda kongress birlashgan rezolyutsiya qabul qildi. Bu rezolyutsiyada Gavay orollari "AQSH hududining bir qismi" tariqasida anneksiya qilinganligi, bojlar bekor qilinganligi va Gavay orollaridagi Xitoylarning AQSHga kelishi taqiqlanganligi aytilgan edi.
Ispaniya-Amerika urushi Samoa masalasini hal qilishni ham tezlashtirdi. 1899-yil dekabrida tuzilgan shartnoma uch davlatning birgalikdagi protektoratiga xotima berdi.
Ikkinchi marta saylangan Mak-Kinli 1901-yil 4-martda prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi. Mak-Kinli 6-sentyabrda Bufaloga borib panomerika vistavkasini ko`rayotgan vaqtida bir anarxist unga suiqasd qildi va 14-setyabrda Mak-Kinli o`ldi. Konstitutsiyaga muvofiq vitseprezident Teodor Ruzvelt yangi saylovlar o`tkazilguncha prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi. Ashaddiy eskpansiyachi Ruzvelt aktiv tashqi siyosat o`tkazishga, AQSH ning qurolli kuchlarini ko`paytirishga, ayniqsa katta harbiy dengiz floti qurishga kirishdi. Ruzvelt AQSH agressiv doiralarining vakili edi va faqat G’arbiy yarim sharda AQSH ning gegemonligini o`rnatishgina orzu qilib qolmasdan, shu bilan birga AQSH ning butun dunyoga hukmron bo`lishini ham orzu qilardi. Davlat apparatining hamma bug’inlarida avj olib ketgan korrupsiya, poraxo`rlik va buzilish hamda monopoliyalarning zulmi mayda va o`rta burjuaziya saflarida norozilikni vujudga keltirdi. "Axlat tozaluvchilar" deb nom berilgan bir guruh yozuvchilar va publitsistlar mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida avj olib ketgan korruptsiyani fosh qilib tashladi. Chunonchi, Ida Tarbell bir qancha maqolalar e`lon qilib, "standart oyl" trestining o`z raqiblarini yo`qotish, mamlakatning tabiiy boyliklarini bosib olish va sud organlarini sotib olish uchun qo`llanayotgan korrupsiya metodlarini fosh qilib tashladi. Progressiv siyosiy arboblarining bir guruhi burjua islohotlari o`tkazishi uchun agitatsiya olib bordi. Bu guruh markazdagi va joylardagi hukumat apparatini demokratlashtirishni, senatorlarni to`ppa-to`g’ri saylashni, xotinlar va bolalar mehnatini ekspluatatsiya qilishni cheklaydigan qonunlar qabul qilishni, temir yo`llarni, banklarni va moliyani davlat qo`liga o`tkazishni talab qildilar.
Teodor Ruzvelt o`zining ichki siyosatida mana shularning hammasini hisobga olmasligi mumkin emas edi. Monopoliyalarning zulmi natijasida vujudga kelayotgan qiyinchiliklardan ommaning e`tiborini chalg’itishga urinayotgan Ruzvelt trestlarning "yomon jihatlarini" cheklaydigan tadbirlar o`tkazishni taklif qildi. Trestlarga qarshi juda ko`p sud yig’ilishlari o`tkazildi. Trestlarning ba`zi rahbarlari sud javobgarligiga tortildi. Biroq, ana shunday har qancha "kurash" olib borilgan bo`lsa ham, natijada trestlar oz-moz shtraf to`lash bilan qutilib qolaverdilar. Trestlarning o`sishi davom etdi va ular mustahkamlanaverdi.
1904-yil oxirida T.Ruzvelt yana prezidentlikka saylandi. T.Ruzvelt o`zining bu saylanishini o`zi o`tkazayotgan siyosatning ma`qullanishi va bu siyosatni davom ettirishga rag’batlantirish deb bildi. Moliya oligarxiyasi uning faoliyatini haqiqatdan ma`qullamoqda edi.Po`lat trestining boshlig’i Morgan Ruzvelt foydasiga o`tkazilgan saylov kompaniyasiga 150 ming dollar sarfladi.
Mamlakatning tabiiy boyliklarini muhofaza qilish masalasi o`sha vaqtda katta ahamiyatga ega bo`lib qoldi. Ayrim shaxslar pora berib sotib olayotgan hukumat ma`murlarining yordami bilan yerlarni va boshqa tabiiy boyliklarini yirtqichlarga ekspluatatsiya qilish natijasida mamlakatning tabiiy boyliklari juda ko`p miqdorda nobud bo`lmoqda edi. Progressiv elementlar bu masalaga hukumatning aralashuvini talab qildilar. T.Ruzvelt sotilmagan 150 million akr yerni, shuningdek Alyaskadagi va Shimoliy - g’arbdagi 85 million akr yerni daxlsiz davlat fondi deb e`lon qildi, shu yerlardagi mineral va suv resurslarini o`rganishni AQSH ning geologiya departamentiga topshirdi. Mamlakatning tabiiy boyliklarini muhofaza qilish milliy komissiyasi tuzildi. 1908-yil oxirida Vilyam Govard Taft prezidentlikka saylandi. Korporatsiyalar ishi bilan shug’ullanuvchi katta yurist bo`lgan Taft Filippin komissiyasiga boshchilik qilgan edi, so`ngra esa orollar gubernatori bo`lib turgan vaqtda Filippin xalqining milliy ozodlik kurashini bostirgan edi. U Filippindagi mana shu "muvaffaqiyatlari" tufayli Ruzvelt hukumatida harbiy ministr bo`lib olgan edi.
Taft Ruzveltning hamda Rokfeller boshchiligidagi yirik sanoatchilar va monopoliyachilarning yordami bilan prezidentlikka saylandi.
Taft yirik trestlarning tipik advokati, nihoyat darajada konservator bo`lib, mamlakatdagi moliya oligarxiyasining talablarini hech so`zsiz bajarardi. Morgan tipidagi yirik magnatlar bilan o`zining aloqalarini niqoblashga mohir bo`lgan Ruzveltdan Taftning farqi shu ediki, Taft trestlar bilan o`zining munosabatlarini yashirishni lozim topmas edi. Ruzveltning demogogiyadan iborat harakatlari mayda burjua oppozitsiyasini trest kapitali bilan murosaga olib kelishga va ishchilar harakatining rivojlanishiga to`sqinlik qilishga qaratilgan edi. Ruzvelt respublikachilar partiyasidagi bir-biriga zid unsurlarni juda ustalik bilan murosaa qildirardi. O`zining oshkora reaksionligi bilan Ruzvel’dan farq qilgan Taft burjua partiyasiga rahbarlik qilish uchun zarur bo`lgan qobiliyatlardan mahrum edi. 1912 yildan keyin Ruzvelt Taftga baho berib, "u yaxshi leytenant bo`lsa ham lekin, yomon kapitan edi" deganligi bejiz emas edi.
Taft siyosatidan norozilik mamlakatning tabiiy boyliklarini muhofaza qilish masalasida ayniqsa keskin namoyon bo`ldi. Ichki ishlar ministri Ballinjer yerlarni olib, davlat fondiga topshirish to`g’risidagi ba`zi buyruqlarni, bu buyruqlar go`yo yetarli ravishda rasmiylashtirilmagan degan vaj bilan bekor qildi. Oradan sal vaqt o`tmay o`rmonlar boshqarmasining boshlig’i Jifford Pinchot va ichki ishlar ministrligining xizmatchisi Glevis Ballinjerni davlatga qarashli yerlarni asosan Alyaska yerlarini Morgan Gugenxeym sindikatiga juda arzon narx bilan sotib yubordi, deb aybladilar. Taft Ballinjerni yoqlab chiqdi. Pinchon iste`fo berishga majbur bo`ldi.
Taft "trestlarni ta`kid etishdi" o`z o`tmishdoshiga taqlid qilib, yirik trestlarga qarshi sudda 45 ta ish qo`zg’atdi, bu trestlar orasida o`zi tashkil topgan kundan boshlab dastlabki 10 yil ichida hech kim daxl qilmagan AQSH po`lat tresti ham bor edi. Po`lat trestiga qarshi ish qo`zg’atilganligidan Ruzvelt norozi bo`lib, Taft mening kabinetim a`zosi bo`lib turgan vaqtida Po`lat trestining tashkil etilishiga qarshi e`tiroz bildirmagan edi, degan edi.
Shuni aytib o`tish kerakki, Taft ma`muriyati tomonidan trestlarga qarshi sudda ishlar qo`zg’atilganligi oqibat natijada ularga, ya`ni trestlarga hech qanday zarar yetkazmadi. Trestlar sud instantsiyalarining yangi talablariga moslashib rivojlana va mustahkamlanaverdi.
Ispaniya - Amerika urushidan keyin AQSH ning yirik burjuaziyasi yangi bosib olingan hududlardagi o`z hukmronligini mustahkamlashni tashqi siyosatdagi eng muhim vazifa deb hisobladi. Yirik burjuaziya Kuba va Filippinda o`z hukmronligini o`rnatmoqchiligi uchun AQSH ning ispanlar ustidan g’alaba qozonishga yordam bergan milliy ozodlik harakatini tugatish zarur bo`lib qoldi.
1901-yilda Kuba Konstitutsiya qabul qildi. Lekin, bu konstitutsiya AQSH kongressini qanoatlantirmadi. Kuba "bir qator tuzatishlarni" qabul qilishga majbur bo`ldi. Bu tuzatish AQSH ga go`yo Kubaning mustaqilligini himoya qilish maqsadida interventsiya qilish huquqini berdi, Kubaning o`z teritoriyasini harbiy va dengiz bazalari qurish uchun chet davlatlarga berish to`g’risida shartnomalar tuzishini taqiqlab qo`ydi hamda AQSHning Kubada ko`mir va dengiz bazalari qurish huquqini berdi.
AQSH Xitoyda "ochiq eshik" siyosatini e`lon qilganligi "Tinch mamlakatlari" bilan savdo-sotiq kuchayib ketganligi hamda Gavay va Filippin orollarini bosib olganligi sababli, ikki okeanni birlashtiruvchi kanal qurish masalasi alohida ahmiyatga ega bo`lib qoldi.
AQSH ning hukumron doiralari kanal qurishni nazoratlari ostiga olishga qaror qildilar. Buning uchun Angliya bilan tuzilgan Kleyton Bulver shartnomasini bekor qilish kerak edi. 1901-yilda AQSH Angliyani yangi shartnoma tuzishga majbur qildi, shu shartnomaga muvofiq AQSH kanal qurish, undan foydalanish va uni boshqarish huquqiga to`la-to`kis ega bo`lib qoldi. Panama kanalini qurayotgan va bankrotga uchragan fransuz aksionerlik jamiyatining hamma aktsiyalarini AQSH arzon-garovga sotib oldi. Shundan so`ng AQSH hukumati Kolumbiya bilan shartnoma tuzib, Panamada kanal qurish va bu kanaldan foydalanish huquqiga to`la ravishda ega bo`ldi. Biroq Kolumbiya senati bu shartnomani bir ovozdan rad qildi. Shundan so`ng 1903-yil 3-noyabrda AQSH Kolumbiyaga qarshi Panamada isyon tashkil qildi va isyonchilarga yordam berish uchun (bostirish uchun) Panama sohiliga kreyser yubordi.
Amerika kreyseri isyonchilarni bostirish uchun yuborilgan Kolumbiya qo`shinlarining yo`lini to`sib qo`ydi. Panama "mustaqil" respublika deb e`lon qilindi. AQSH darhol Panama respublikasining "mustaqilligini" tan oldi, Panama hukumati AQSH bilan shartnoma tuzib, kanal qurish temir yo`llar qurish va kanal bo`yida istehkomlar bino qilish huquqini batamom AQSH ga topshirdi. Buning evaziga 250 ming dollar renta olib turadigan bo`ldi. AQSH Panama kanalini qurishga kirishdi. Bu qurilish 10 yil davom qildi. Panama kanalining AQSH uchun juda katta harbiy strategik va iqtisodiy ahamiyati bor edi.
AQSH uzoq sharqda Xitoy, Koreya va Sibirga nisbatan keng ekspansiya planlarini amalga oshirish maqsadini ko`zlab ish olib bordi. AQSH va Angliya juda katta yordam berib turganligi tufayli Yaponiya rus-yapon urushida g’alaba qozonishga muvaffaq bo`ldi. AQSH va Angliya Yaponiyaga pul berib, urush olib borish uchun zarur bo`lgan narsalarning hammasi bilan uni ta`minlab turdilar. Rossiya bilan Yaponiya o`rtasida Teodor Ruzveltning vositachiligida Portsmut sulh: shartnomasi tuzildi, bu shartnomaga muvofiq, Rossiya Yaponiyaning Koreyada hukmronlik qilishini tan olishga, Sharqiy Xitoy temir yo`lining janubiy tarmog’ini Yaponiyaga berishga, Saxalinning janubiy qismini Yaponiyaga topshirishga hamda Lyaodun yarim orolini va undagi Port-Arturni ijaraga olish huquqini Yaponiyaga topshirishga majbur bo`ldi.
AQSH urushdan keyin Manjuriyada ta`sir doirasini Yaponiya bilan bo`lishib olishga umid qilgan edi. Biroq Yaponiya o`zi qo`liga kiritgan o`ljalarni AQSH bilan qurishga sira ham istamas edi. Yaponiya janubiy Manjuriyada o`rnatgan rejim Angliya va Amerika kapitalistlarining faoliyatini juda qiyinlashtirib qo`ydi. "Erkin" yurtlar haqiqatda yopiq bo`lib qoldi. Yapon tovarlari uchun belgilangan imtiyozli tariflar boshqa mamlakatlarning tovarlariga yo`lni bekitib qo`ydi. Yaponiya bilan Amerika o`rtasidagi ziddiyatlar keskinlashgan bo`lsa ham, ammo AQSH Yapon imperalistlarini rag’batlantirish va ulardan o`z manfaatlari yo`lida foydalanish siyosatidan voz kechmadi. 1910yilda Yaponiya AQSH ning yordami bilan Koreyani bosib oldi va bu mamlakatda juda qattiq, mustamlakachilik tartibini o`rnatdi. AQSH Koreyada Yaponiyaga keng imkoniyatlar berib qo`yib, keyin Koreyada va Xitoyda o`zining ekspansiya rejalarini amalga oshirmoq uchun o`zining iqtisodiy quvvatidan foydalanishga umid qildi.
AQSH Monjuriyada muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Markaziy Xitoyda o`zining iqtisodiy ekspansiyasini kengaytirishga intildi. Angliya, Fransiya va Germaniya Xitoyga qarz berish to`g’risida va temir yo`llar qurish uchun birgalikda konsessiya olish to`g’risida 1909-yilda Xitoy bilan bir bitimga kelganlaridan keyin AQSH Xitoyga beriladigan bu qarzda Amerika banklarini qatnashtirishni talab qildi. AQSH ning diplomatik tazyiqi natijasida Yevropa davlatlari bu ishda Amerika banklarining ishtirok qilishiga rozilik berdilar.
1911-yil 20-mayda imzolagan bitimga muvofiq, Xitoyni ekspluatatsiya qilmoq uchun to`rt davlat banklarining konsortsiumi tashkil qilindi. 1912- yildagi prezident saylovlari sinfiy kurash keskinlashgan vaziyatda o`tdi. Monopolistik kapital zulmidan norozilik kuchayib ketdi. Respublikachilar partiyasida ham, demokratik partiyada ham o`zini "progressiv" deb atagan oppozitsiya paydo bo`ldi. Ishchilar sinfining iqtisodiy va siyosiy kurashi g’oyat keskinlashdi.
Sinfiy kurash keskinlashgan mana shunday sharoitda burjua arboblarining bir qismi demokratik islohotlar o`tkazishni va`da qilib, mehnatkashlar ommasini mustaqil siyosiy harakatlar yo`liga tushishdan qaytarishga qaror qildi. Burjua arboblarining bu qismi hatto respublikachilar partiyasi safini buzishdan ham qaytmay, bu partiyaning so`l elementlaridan "progressiv partiya" tashkil qildi. Ruzvelt islohotlarning keng dasturini ko`tarib chiqdi. U demagoglik qilib o`zini "yirtqich boyga qarshi kurashuvchi" kishi deb atadi.
Ruzvelt islohotlarining keng dasturini ko`tarib chiqdi.Respublikachilar partiyasi prezidentlikka yana Taft nomzodini ko`rsatdi. Demokratik partiya Prinston universitetining ko`p yillardan beri rektori bo`lib ishlab kelgan tarix va huquq professori Vudro Vilsonni prezidentlikka nomzod qilib ko`rsatdi. Demokratik partiyada Vilson "progressiv" kishi deb hisoblanardi. 1910-yilda u Nyu-Jersi shtatining gubernatorligiga saylangan, bu shtatda ba`zi islohotlarni o`tkazgan edi. Morgan boshchiligidagi yirik magnatlar Vilson nomzodini quvvatlab chiqdilar.
Prezident Vilson o`zining shiorlari, mohirona demagogiyasi va bir qancha burjua islohotlari o`tkazish bilan moliya oligarxiyasining rejalarini ustalik bilan niqobladi.
1914 yilda kongress Kleytonning trestlarga qarshi qonunini qabul qildi. Yangi qonun Sherman qonunining asosiy moddalarini shu bilan birga "kasaba uyushma moddalarini o`z kuchida qoldirib, shu bilan birga fermerlarning tashkilotlari erkin savdoni cheklashga qaratilgan bitim deb hisoblanmasligi lozim" deb maxsus pisanda qilib qo`ydi.
Ayrim islohotlar o`tkazish siyosati Vilsonning ish tashlagan ishchilardan juda shafqatsizlik bilan o`ch olishga xalaqit bermadi. 1913-yil kuzida Koloradoda katta ish tashlash boshlanib ketdi. Kolorado konchilari yarim qul holida yashar va ishlar edilar. Rokfeller boshchiligidagi Kolorado kompaniyasi uy-joylarga, cherkovlarga, maktablar va magazinlarga, hech bir nazoratsiz xo`jayinlik qilardi. eng yomon kulbalardan iborat bo`lgan ishchi posyolkalarda eng oddiy sanitariya sharoiti ham yo`q
Konchilar mana shu chidab bo`lmaydigan o`zboshimchalik sistemasiga qarshi chiqdilar. Ular kasaba soyuz tashkil etish huquqini tan olishni 8 soatlik ish kuni joriy etishni, ish xaqini 10% oshirishni, ish soatidan ortiq ishlangan ishga haq to`lashni va shu kabilarni talab qilib ish tashlash e`lon qildilar.
O`zlarining uy-joylarini tashlab, lager qurib yashashga majbur bo`lgan 19 ming konchiga va ularning oilalariga qarshi kurashmoq uchun qo`shinlar shtat politsiyalari hamda miltiqlar va pulemyotlar bilan qurollangan gangstyerlar va ig’vogarlarning maxsus shaykalari yuborildi. Ular ish tashlovchilarning lagyerlarini o`qqa tutaverdilar, o`t qo`yib yondiraverdilar. Natijada ishchilardan ko`p kishi tutundan bo`g’ilib o`ldi va tiriklayin yonib ketdi. Terror, ochlik kuchayganligi va o`nlab kishilar o`ldirilganligiga qaramay, konchilar bir yarim yil qahramonlarcha kurashdilar. Aholining progressiv tabaqalari orasida g’azablanish kuchayib ketdi va xalqning tazyig’i ostida prezident Vilson bu mojaroga aralashishga majbur bo`ldi. Lekin uning xo`jayinlar foydasini ko`zlab qilgan takliflari ish tashlovchilarni qanoatlantirmadi, ular to`la g’alaba qozonguncha kurashishga qaror qildilar. Kurashaverib tinkasi qurigan ishchilar, kompaniya zo`rlab taklif qilgan shartlarga rozi bo`lib ishga qaytishga majbur bo`ldilar.
Vilson o`tkazgan chora va tadbirlarning hammasi jumladan islohotlar o`tkazilganligi va ishchilar sinfining harakati zo`rlik bilan bostirilganligi AQSH moliya oligarxiyasining iqtisodiy va siyosiy quvvatini yanada kuchaytirishga yordam berdi.
XULOSA.
30-yillar o'rtalarida AQShdagi hukmron doiralarning diqqat markazini Yevropa va Uzoq Sharq siyosati muam-molari egalladi. Bu masalalar bo'yicha o'tkir siyosiy kurash avj oldi. AQShda ko'pdan bed «izolyatsionizm», ya'ni Yevropa siyosatiga har qanday aralashishni rad etish siyosati hukmron edi. Mazkur siyosat tarafdorlari AQShning xalqaro mavqeini mustahkamlash uchun «qo'llar erkinligi» saqlanishi zarurligini va davlatlar bilan harbiy-siyosiy ittifoqlarga kirishmaslikni ta'kidlashardi. Bundan tashqari, izolyatsionistlar Yevropa qit'asidagi ikki koalitsiyaning to'qnashuvi ularning o'zaro zaiflashuviga olib keladi va qaysidir uchinchi tomonga hal qiluvchi daqiqada o'z shartlarini o'tkazish imkonini beradi deb hisoblashardi. Izolyatsionistlarning mavqei Amerikaning keng xalq doiralarida hukmron bo'lgan urushga qarshi kayfiyatlar, shuningdek Demokratik partiyaning o'zida «betaraflik — urushga qarshi vositachi» shiorini ilgari suradigan kuchli senatorlar guruhi mavqei tufayli kuchaya bordi. Bu sena-torlar guruhi ko'pgina holatlarda tashqi siyosat masalalari bo'yicha muhim qarorlar qabul qilinishiga faol ta'sir ko'rsa-tishga muvaffaq bo'ldi.



Download 99,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish