Yillarda Amerika Qo’shma Shtatlari Reja: Birinchi jahon urushining aqsh uchun oqibatlar



Download 51 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi51 Kb.
#19052

1918-1939 yillarda Amerika Qo’shma

Shtatlari
Reja:
1. Birinchi jahon urushining AQSH uchun oqibatlari.

2. 20-yillarda AQSHda ishlab chiqarishning o’sishi.

3. AQSH ichki siyosatida liberalizm va konservatizmning o’rni.

4.O’zgacha fikrlovchilarga qarshi kurash.

5. Yangi ijtimoiy falsafa.

6. AQSHning 20-yillardagi tashqi siyosati.

7. 30-yillarda iqtisodiy ahvol.
1. Birinchi jahon urushi natijasida AQSH dunyodagi yetakchi davlatga aylandi. Amerika kompaniyalari Yevropa mamlakatlariga ulkan miqdorda va yuqori narxlarda harbiy jihozlar, qurol-yarog’ va oziq-ovqat yetkazib berdi. Ko’plab Yevropa mamlakatlari AQSHdan urush olib boorish uchun kredit oldilar va urushdan so’ng AQSH oldida qarzdor bo’lib qoldilar. Amerika kompaniyalari urush davrida jami 35 mlrd. dollardan ortiq sof daromad oldilar. Bundan tashqari, Yevropadagi 20 mamlakat AQSHdan 10 mlrd. dollar qarzdor bo’lib qoldi.Ular har yili AQSHga kamida 1 mlrd. dollardan to’lab turishlari lozim edi.

Birinchi jahon urushidan so’ng millionlab oddiy amerikaliklarning ahvoli deyarli o’zgarmadi. Yirik sarmoya daromadlarining o’sishi ularning moddiy ahvoliga hech qanday ta’sir ko’rsatmadi. Jamiyatning boy va qashshoq tabaqalari daromadlari orasidagi farq mamlakatda ish tashlashlar avj oldi, ishchilar sinfining faolligi jihatidan AQSH G’arb mamlakatlari orasida yetakchi o’ringa chiqdi.

Mamlakatda ishlab chiqarish hajmi o’sdi. Ayrim sohalar-avtomobilsozlik, rezina, kimyo, po’lat quyish sanoatlari, shuningdek, kemasozlik, elektrotexnikada ayniqsa yuqori natijalarga erishildi. Ular AQSH sanoatining o’zagini tashkil qildilar. Olti yil ichida 1914 yildan 1920 yilgacha mamlakat milliy boyligi 2,5 baravar oshdi. 1920 yilda AQSHda butun dunyoda ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotning 47 foizi yaratildi. Boshqa ayrim ko’rsatkichlar bo’yicha AQSH

2. 20-yillarda AQSHda boshlangan yangi ishlab chiqarish-texnika inqilobi o’zi bilan birga yangi ijtimoiy puch xayollarning oqimini olib keldi. 1922 yilda AQSHda ishlab chiqarishning o’sishi boshlandi. Avtomobilsozlik, samolyotsozlik, radio, elektrotexnika sanoatlari jadal sur’atlarda rivojlandi. O’sish yangi texnikaviy asosda, eng yangi texnika uskunalari, konveyer tizimi, standartlashtirish, modernlashtirish usullarini keng tadbiq etish yo’li bilan amalga oshirildi. Ishlab chiqarishda yangi fan va texnika kashfiyotlari, seriyali ishlab chiqarish usuli keng qo’llanila boshlandi. Ishlab chiqarishda aql bovar qilmas o’sish ro’y berdi. 1927 yilga kelib AQSHda yiliga 7 mln. avtomobil ishlab chiqarilardi. Avtomobilsozlikning o’sishi keng shosse yo’llarining barpo etilishiga turtki bo’ldi, shaxar va qishloqlar qurilishining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatdi.Ishlab chiqarishning o’sishi Amerika monopoliyalariga ulkan daromadlar keltirib, ularning raqobatbardoshligini oshirdi.

Iqtisodiyotdagi jadal o’sish o’z qo’llarida katta iqtisodiy va siyosiy xokimiyatni jamlagan ulkan ishlab chiqarish va moliya birlashmalarining tashkil topishiga olib keldi. Avtomobilsozlikda uch yirik kompaniya-“Ford”, “Jeneral Motors” va “Kraysler” butun avtomobil sanoatida “Dyupon” firmasi, po’lat quyish sanoatida “Po’lat Tresti” xukmronlik qildi.



3. AQSH ichki siyosatini belgilashda liberalism va konservatizm mafkuralarining roli katta ahamiyatga ega. Demokratlar partiyasi ichki siyosatda liberalizm mafkurasiga, respublikachilar partiyasi esa konservatizm mafkurasiga amal qiladilar.

Liberalizm mafkurasining mohiyatini mavjud jamiyatni isloh etish tashkil etadi. Bu islohotlar quyidagi mazmunga ega bo’lishi ko’zda tutilgan:

-mamlakat miqyosida yagona umumdavlat ijtimoiy ta’minot tizimini yaratish; monopoliyalar iqtisodiy faoliyati va narx-navoning shakllanishi ustidan jamoatchilik nazoratini o’rnatish; bevosita demokratiyani yanada kengaytirish; davlat boshqaruvi va siyosiy partiyalar boshqaruvi tizimida turli millat, irq va jins vakillarining ishtiroki ularning soniga nisbatan proporsional bo’lishiga erishish;

-soliq siyosati yordamida milliy daromadni qayta taqsimlash. Bunda milliy daromaddan tekin tibbiy xizmat, aholininh kam ta’minlangan qatlamiga moddiy yordam ko’rsatishga, kam ta’minlangan oilalarga, bolalarga nafaqa to’lash, maktabda tekin nonushta va tushlik hamda tekin umumiy o’rta ta’lim berilishiga erishish.

AQSH ichki siyosatini belgilashda konsernatizm mafkurasi ham katta ta’sirga ega. Konservatizm xususiy tadbirkorlikka maksimal darajada erkinlik berilishini yoqlaydi. Kambag’allar uchun soliq yo’li bilan xususiy tadbirkorlikdan qo’shimcha mablag’ olinishini qoralaydi.

Konservatizm mafkurachilari va yo’lboshchilari: “davlat kambag’allar uchun miskinlar uyi emas, har bir kishi mehnat qilishi, o’zini-o’zi ta’minlashi zarur”, “hech kim jamiyatdan xayr-ehson kutmasligi lozim”,-deb hisoblaydilar.



4. Urushdan keyingi dastlabki yillardayoq AQSHda mamlakat tarixidagi eng shafqatsix va keng miqyosli qatag’on avj oldirdilar. 1918 yil mayida AQSH xukumati “Da’vatkorlik to’g’risidagi xujjut”ni e’lon qildi. Unga ko’ra mamlakatdagi mavjud tuzum to’g’risida bildirilgan barcha salbiy fiktlar jinoiy deb e’lon qilindi. Bunday ayb bilan qamoqqa olingan har qanday odamga 10 ming dollar jarima solish yoki 20 yil muddatga qamoq jazosi ko’zda tutildi. Ushbu xujjatga ko’ra 2 ming kishi xukm qilindi. O’zgacha fikrlovchilarga nisbatan jismoniy tazyiq qo’llash Amerika xuquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatida odatiy xolga aylandi. 1919 yil xujjati “sindikalizm”ni, yani sanoatdagi xususiy mulkdorlikni qoralovchi har qanday da’vatlarni man etardi. O’zgacha fikrlashda shubha qilingan taraqqiyparvar arboblarga qarshi sud jarayonlari uzluksiz o’tkazila boshlandi. 1920 yil yanvarida AQSH politsiyasi 70 shaharda taraqqiyparvar tashkilotlarning a’zolariga qarshi tadbir uyushtirdilar. 10 mingdan ortiq kishi qamoqqa olindi. Xuddi shu yili kasaba uyushmalari harakati faollari sanalgan italiyalik muhojjirlar-Sakko va Vansetti qamoqqa olindilar. Ular bankni o’g’irlash va politsiyachini o’ldirishda ayblandilar. 1927 yilda ular elektr kursida qatl qilindilar. Faqat Ikkinchi jahon urushidan so’ng ularga soxta guvohliklar asosida ayb qo’yilgani ma’lum bo’ldi.

20 yillar o’rtasiga kelib AQSHda o’zgacha fikrlovchilar va so’l tashkilotlarga barham berildi. Radikal g’oyalari bilan farq qiluvchi so’l yo’nalishdagi kasaba uyushmalari-jahon sanoati ishchilari deyarli tugatildi (1917 yilda uning saflarida 100 ming a’zo bor edi, 1922 yilga kelib faqat 1000 ta a’zo qoldi). Xukumat tomonidan amalga oshirilgan qatag’on AQSHdagi so’l xarakatning tanazzuliga olib keldi. Ular asosiy fuqaroviy xuquqlaridan-tashkilotchilik, so’z erkinligi, matbuot erkinligi va namoyishlar erkinligidan mahrum qilindilar. Amerika ishchilar harakatining asosiy quroli hisoblangan ish tashlashlar 1926 yilga kelib deyarli barham yopdi.



5. 20 yillarda mamlakat siyosiy hayotida yangi sharoitga moslashishga erishgan Respublikachilar partiyasi muhim rol o’ynadi. 1920 yildagi prezidentlikka saylovlarda Demokratlar partiyasi mag’lubiyatga uchradi va Oq uy va Kongressda 1932 yilgacha hukmronlik qildilar. Bu davrda prezidentlik kursisida U. Garding (1921-1923), K. Kulij (1923-1924 va 1925-1929) va G. Guver (1929-1932) o’tirdi. Bu davr Amerika iqtisodiyotining gullab-yashnash (prosperity) davri bo’ldi. Unga U. Garding asos soldi. 1922 yilda u qo’shimcha foyda solig’ini, narx-navo ustidan nazoratni bekor qildi. va kompaniyalarga ishchilar bilan munosabatlarda to’liq erkinlik berdi.

Amerika kasaba uyushmalari rahbarlari 1923 yilda ishchilar tashkilotlari tomonidan “Baltimor-Ogayo” rejasining qabul qilinishiga erishdilar. Unga ko’ra tadbirkorlar maoshni oshirish majburiyatini olardilar, bunga javoban esa kasaba uyushmalari ish tashlashlarga yo’l qo’ymaslik, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ish kunini uzaytirishga rozilik berish majburiyatini olardilar. Amerika ishchilarini Amerika iqtisod tizimiga yanada kuchliroq bog’lash va ularning ongiga ijtimoiy tenglik g’oyasini singdirish maqsadida Amerika kasaba uyushmalari rahbarlari “ishchi banklari”ni tashkil qila boshladilar. Bu banklarning asosiy mijozlari va hissadorlari ishchilarning o’zlari edilar.



6. Amerika tashqi siyosatida ikki yo’nalish-izolyatsionizm va internatsonalizm tarafdorlari doimiy kurash olib bordilar. Izolyatsionistlar AQSH eng avvalo ichki muammolar bilan shug’ullanishi, qimmat tashqi siyosiy tadbirlarga pul va mablag’ sarflamasligi lozim, deb hisoblardilar. Internatsionalistlar esa, aksincha, AQSHning faol tashqi siyosati natijasida Amerika tijorati faqat yutadi, degan g’oyani ilgari surardilar. AQSHning jahon iqtisodiyotidagi yuksak mavqei uning Birinchi jahon urushidan so’ng jahon siyosatida yetakchi davlatga aylanishiga olib keldi.

1919 yildan 1935 yilgacha bo’lgan davrda AQSHning hukmron doiralari Lotin Amerikasi va Osiyodagi turli mamlakatlarga milliy-ozolik harakatlarini bostirish uchun bir necha marta qo’shin yubordilar. Amerika dengiz piyodalari Panama (1919, 1921), Gonduras (1919, 1924-1925), Xitoy (1920, 1924-1925), Kosta-Rika (1921) ga tushirildi. 1926 yildan 1935 yilgacha Amerika qo’shinlari Nikaragua va Kubada saqlab turildi. 20 yillarda Amerika sarmoyasi g’arbiy yarib sharda tanho hukmronlik qildi. Lotin Amerikasidagi 20 mamlakatning 14 tasi AQSHning moddiy nazorati ostida bo’lib, bu mamlakatlarda Amerika hukmron doiralarining irodasiga bo’ysungan tuzumlar qaror topdi.

Amerika Qo’shma Shtatlari G’arbiy Yevropadagi moliya tizimlarida ham yetakchi marralarni qo’lga kiritib, bunday qit’a ustidan o’z siyosiy hukmronligini o’rnatish yo’lida foydalandi. “Daues rejasi” (1924) ko’magida moliya sarmoyasi G’arbiy Yevropaga kiritildi va Germaniya harbiy-ishlab chiqarish qudrati hamda Germaniya militarizmining tiklanishiga ko’maklashdi. Amerika kompaniyalarida ayniqsa Polsha katta qiziqish uyg’otdi, Amerika sarmoyasi bu yerda Polsha qazilma va metallurgiya sanoatining 50 foizi ustidan nazorat o’rnatishga erishdi.

7. AQSHdek qudratli rivojlangan davlat ham iqtisodiy inqirozni chetlab o’ta olmadi. 1929 yilning kuzida AQSHda iqtisodiy inqiroz boshlandi. Bu inqiroz boshqa davlatlarga ham keng yoyildi va u jahon iqtisodiy inqiroziga aylandi. Inqirozga ortiqcha ishlab chiqarish sabab bo’ldi. Iqtisodiy inqiroz AQSH uchun eng ko’p talafot keldirdi. Shuning uchun ham u “Buyuk depressiya” deb nom oldi. Chunonchi, inqiroz tufayli AQSHda sanoat ishlab chiqarishi deyarli 50 foizga qisqardi. 10 ming bank sindi. 130 mingga yaqin savdo va sanoat firmalari bankrot bo’ldi. Ishlab chiqarilgan tovarlar sotilmay qoldi. Natijada ular yo’q qilina boshlandi.

Ishchilarga to’lab kelinayotgan yillik ish haqining umumiy summasi 15 mlrd. dollardan 6 mlrd. dollarga tushib qoldi. 1933 yilning boshida mamlakatda ishsizlar soni 17 mln. kishini tashkil etdi. Bu AQSH tarixida eng yuqori ko’rsatkich edi. Mamlakatda ishsizlikni sug’urtalash haqida qonun yo’q edi. Natijada ochdan o’lish hollari ham yuz berdi. Inqiroz AQSH qishloq xo’jaligi uchun ham ayanchli bo’ldi. Xarid narxining pasayishi fermer xo’jaliklarini halokat yoqasiga olib keldi.



Prezident Guver (1928-1932) hukumat korxonalari sinishining oldini olish maqsadida 3,5 mlrd. dollarlik kapitalga ega bo’lgan moliyaviy qayta qurish korporatsiyasini tashkil etdi. Hukumat Federal fermer kengashiga 500 mln. dollarlik mablag’ ajratdi. Uning maqsadi tovarlarning bozordagi narxini tushirmasdan saqlashni ta’minlash edi. Biroq bu tadbirlar yetarli samara bermadi.

“Buyuk depressiya” ommaviy stachka harakatining boshlanishiga sabab bo’ldi. Ishsizlar Vashington shahrida yurish boshladilar. Bu yurishlar “ochlar yurishlari” deb nom oldi. Hukumat ommaviy harakatlarni shavqatsizlik bilan bostirdi.
Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish