III. Tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish, to‘qimachilik sanoatiga xalqaro standartlarni joriy qilish
18.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi paxta, to‘qimachilik mahsulotlarining eksportini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish:
paxta va mahsulotlar eksportining davlat tomonidan tartibga solinishini kamaytirish, eksport qiluvchilarni diversifikatsiyalash, shuningdek, ichki bozor ehtiyojlarining hisobini yuritish;
bojxona to‘lovlarini optimallashtirish va tayyor mahsulotlar yirik iste’molchilari hisoblangan xorijiy mamlakatlar bozoriga chiqish imkoniyatlarini soddalashtirish masalasida ular bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish.
|
Normativ-huquqiy
hujjat loyihasi
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2018-yil
15-yanvarga
qadar
|
Iqtisodiyot vazirligi,
Tashqi savdo vazirligi,
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Moliya vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Davlat investitsiya qo‘mitasi
|
19.
|
Mahalliy paxta-tolasini sotish uchun, shu jumladan boshqa ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning paxta hajmlarini jalb qilishni nazarda tutgan holda ixtisoslashtirilgan elektron birja savdolari maydonlarini yaratish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
|
2018-yil
1-martga
qadar
|
Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
“O‘zpaxtasanoat” AJ,
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi
|
20.
|
Quyidagilarga yo‘naltirilgan ishlab chiqaruvchilarning transport xarajatlarini kamaytirish maqsadida samarali logistika tizimini rivojlantirish:
yirik ko‘p funksiyali transport-logistika xablarini qurish;
to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazishning optimal yo‘nalish va yo‘laklarini tanlash;
tashish tariflarini optimallashtirish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
|
2018-yil
1-martga
qadar
|
Tashqi savdo vazirligi,
Avtomobil va daryo transporti agentligi, DBQ,
“O‘zpaxtasanoat” AJ, Iqtisodiyot vazirligi,
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi
|
21.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi to‘qimachilik sanoati sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish:
xalqaro akkreditatsiyaga ega bo‘lgan mavjud laboratoriyalar sonini ko‘paytirish;
to‘qimachilik sanoati milliy standartlarini xalqaro standartlarga tezkorlik bilan va to‘liq muvofiqlashtirishni ta’minlash;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida zamonaviy sifat menejmenti tizimini joriy qilish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2018-yil
1-martga
qadar
|
“O‘zstandart”agentligi,
Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi
|
22.
|
Quyidagilar hisobiga mahalliy to‘qimachilik mahsulotlarini tashqi bozorda reklama qilish va ilgari surish bo‘yicha samarali ishlarni yo‘lga qo‘yish:
to‘qimachilik mahsulotlari yirik bozorlarida O‘zbekiston savdo uylari faoliyatini davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalangan holda ishlab chiqaruvchilar mablag‘larini jalb qilish va tarmoq korxonalarining amaldagi xorijiy savdo uylaridan foydalanish orqali tashkil etish;
to‘qimachilik mahsulotlarini, birinchi navbatda, mahalliy mahsulotlarni xorijiy bozorlarda ilgari surish bo‘yicha reklama va marketing faoliyatini faollashtirish;
milliy to‘qimachilik mahsuloti yagona brendini rivojlantirish;
o‘z brendlariga ega bo‘lgan yetakchi kompaniyalarni O‘zbekistonning to‘qimachilik tarmoqlariga jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni faollashtirish;
sohani ommaviy axborot vositalari va Internetda,
shu jumladan xorijda davriy maxsus dasturlar va reklama roliklarining siklini tayyorlash va chiqarish orqali axborot ko‘magi bilan ta’minlash;
yirik to‘qimachilik korxonalarining xorijiy to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uyushmalari bilan uzviy hamkorlik qilish.
|
Tashkiliy-huquqiy
chora-tadbirlar
|
2018-yil
1-martga
qadar
|
Tashqi savdo vazirligi,
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Davlat investitsiya qo‘mitasi,
MTRK, “O‘zekspomarkaz” AJ
|