6-§. Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish
74. O‘simliklar va hayvonlar turlaridan foydalanishning tijorat usullarini shartli ravishda:
oziq-ovqatbop va dorivor o‘simliklarni yig‘ish va sotishga;
yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilishga ajratish mumkin.
75. O‘simliklardan tijorat maqsadlarida foydalanish ekspert baholashga ko‘ra oxirgi 20 yilda ancha ko‘paygan. Bu tijorat kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan bozorlarda sotishdan tortib ularni qayta ishlash va marketingning murakkab mexanizmlarigacha kuzatiladi.
76. Hayvonlardan tijorat maqsadida foydalanishning istalgan turi katta iqtisodiy foyda olish uchun ulkan salohiyat hisoblanadi, biroq ushbu faoliyat barqaror boshqarilishi va ilmiy asoslangan ma’lumotlar asosida amalga oshirilishi lozim.
77. Ovchilik xo‘jaligini barqaror yuritishda ov mahsulotlarini barqaror olish va o‘lja olish imkoniyati yuzaga keladi. O‘ljadan olingan daromadlar ulardan biotexnik va muhofaza tadbirlarini amalga oshirishda, hayvonlarning ovlanadigan turlarini tiklashda foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.
78. Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish quyidagilar yo‘li bilan amalga oshiriladi:
muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida qoidalar, normalar va normativlarni belgilash;
cheklashlar va taqiqlarni belgilash;
maxsus foydalanish huquqini to‘xtatib turish, to‘xtatish, bekor qilish;
o‘zboshimchalik bilan foydalanish va foydalanishning belgilangan tartibi boshqacha tarzda buzilishlarining oldini olish;
yashash va o‘sish muhiti muhofaza qilinishini tashkil etish;
davlat kadastrini yuritish va monitoring olib borish;
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish va rivojlantirish, hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarini Qizil kitobga kiritish;
pitomniklar va plantatsiyalarda hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarini ko‘paytirish;
hayvonot va o‘simliklar dunyosi obyektlarining davlat hisobini olib borish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish;
hayvonot va o‘simliklar dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solish;
muhofaza qilish va oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlarni va boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
79. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 3-oktabrdagi PQ-3956-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining inspeksiya xizmati qayta tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq hayvonot va o‘simlik dunyosini saqlash ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat inspektorlari soni ko‘paytirildi hamda ularning faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga moliyalashtirish tartibi belgilandi.
80. Brokonyerlik darajasini pasaytirish maqsadida ekologik tadbirlarni tashkil etish yo‘li bilan aholi orasida ekologik ong darajasini hamda treninglar va ta’lim beruvchi seminarlar tashkil etish yo‘li bilan davlat inspektorlari malakasini oshirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |