Yillar davrida o‘zbekiston respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash to‘G‘risida



Download 0,98 Mb.
bet1/21
Sana31.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#277084
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Ekologiya 1-mustaqil ish Muxidinov I.


2019-2028-YILLAR DAVRIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI SAQLASH STRATEGIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “1992-yilda Rio-de-Janeyroda imzolangan Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida” 1995-yil 6-maydagi 82-I-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni ta’minlash, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va kengaytirish, tabiiy ekologik tizimlarning tanazzulga uchrashi sur’atlarini pasaytirish, hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarini qayta tiklash, bioxilma-xillikni saqlab qolish sohasidagi xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

a) 2019 — 2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Strategiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Strategiya quyidagi ustuvor vazifalar amalga oshirilishini nazarda tutadi:

muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydonlarini mamlakat hududining 12 foiziga yetkazish;

Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzorlashtirish ishlarini olib borish va uning maydonini 1,2 million gektarga yetkazish;

Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida jayronlar bosh sonini 1000 ga yetkazish;

davlat qo‘riqxonalaridagi etalon ekotizimlarda bioxilma-xillik komponentlari uchun monitoring olib borishning markaziy bo‘g‘inli yagona tizimini yaratish;

zamonaviy geoaxborot texnologiyalari (GIS-texnologiyalar) asosida bioxilma-xillikning davlat monitoringi va davlat kadastri yagona axborot ma’lumotlar bazasini yaratish;

har yili 2 mln gektar maydonda tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o‘simliklarni geobotanik tekshiruvdan o‘tkazish;

bioxilma-xillikni saqlab qolish masalalarini iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga integratsiyalash;

b) 2019 — 2028-yillar davrida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi (keyingi o‘rinlarda Harakatlar rejasi deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Tasdiqlangan Strategiya va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi hayotga joriy etilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yuklansin.

3. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda tarmoqlarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishda ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarning keyinchalik tegishli yilga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritish taklif qilinayotgan loyihalar bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlasinlar;

har yili yil yakuni bo‘yicha Harakatlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishi holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga axborot kiritsinlar.

4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T .Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.




Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish