5-§. Hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarini tiklash tadbirlarini amalga oshirish
72. Yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar barpo etish hamda mavjudlarini rivojlantirish hayvonlarning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlari sonini tiklashda muhim o‘rin tutadi.
Tiklash va ko‘paytirish bo‘yicha pitomniklar tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish hayvonlarni, asosan ularning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarining sonini tiklashga muayyan ulush qo‘shadi.
73. Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklardan foydalanishni qisqartirish maqsadida respublikaning turli mintaqalarida plantatsiyalar tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |