ELEKTRODVIGAVTELNING FIKI VA QUVVATINI ANIQLASH
Mashg’ulotning maqsadi: Elektrodvigatellar bilan tanishish, uning FIKni aniqlash.
Ish rejasi:
1. Ish qurilmasini tayyorlash.
2. Elektrodvigatel quvvatini aniqlash.
3.Olingan natijalarni tahlil qilish.
Kerakli asbob va materiallar: Elektrodvigatelning ishlash prinsipini o’rganish uchun maxsus tayyorlangan asbob, sekundomer, aylanishlarni o’lchovchi hisoblagich, shtangensirkul, voltmetr (0+ 300V), ampermetr (0 + 1 A).
Ishning qisqacha nazariyasi
Elektr dvigatelining vazifasi elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishdan iboratdir. Elektr dvigatellarining ishlashi magnit maydonining tokli o’tkazgichi bilan ta’siriga asoslangandir. Xozirgi paytda o’zgaruvchan tokli asinxron dvigatellar amalda keng qo’llaniladi.
Rotorning aylansh tezligi stator magnitoviy maydonining aylanish tezligidan kichik va nagruzkaga bog’liq bo’lgan o’zgaruvchan tok mashinasi asinxron mashina deb ataladi. Asinxron mashina boshqa elektrik mashinalar singari qaytuvchanlik xossasiga ega, ya’ni u dvigatel rejimida ham, generator rejimida ham ishlay oladi. Asinxron dvigatelda ikkita asosiy qism - stator va rotor bor. Mashinaning qo’zg’almas qismi stator, aylanuvchi qismi rotor deb ataladi. Stator va rotor 0,35 - 0,5 mm qalinlikdagi elektrotexnikaviy po’lat qatlamlardan yig’iladi. Po’lat qatlamlar statorda hosil bo’ladigan uyurma toklar tufayli bo’ladigan (qizishga ketadigan) isroflarini kamaytirish uchun bir-biridan lak qavati bilan izolyasiyalanadi. Stator va rotorga ariqchasimon o’yiqlar qilingan bo’lib, bu o’yiqlarga chulg’amlar yotqiziladi, chulg’amlarga o’zgaruvchan tok beriladi.
Asinxron dvigatellari uch fazali va bir fazali bo’ladi. Qishloq xo’jaligida ko’proq uch fazali dvigatellar ishlatilsa, uy – ro’zg’or asboblarida bir fazali dvigatellar keng qo’llaniladi.
Asinxron dvigatelning ishlash prinsipi quyidagi konunlarga asosangan:
- statorning chulg’ami o’zgaruvchan tok o’tganda aylanuvchi magnit maydon hosil qiladi.
- satatorning magnit maydoni rotor chulg’amlarini kesib o’tib, unda EYuK va demak, rotorining chulg’amida tok hosil qiladi.
- magnitaviy kuchlar momenti ta’sir qiladi.
Elektromagintaviy kuchlar momentlari rotorni statordagi aylanuvchi magnitaviy maydoning aylanish yo’nalishda xarakatga keltiradi.
Rotorinng aylanishlari soni n2 hamma vaqt stator aylanuvchi magnitaviy maydonining aylanishlar soni n1 dan kichik bo’ladi. Faqat shu shart bajarilganidagina statorning magnitaviy maydoni xuddi shu tomonga aylanayotgan rotor chulg’amlarini kesib o’tib, ularda ishlash uchun zarur bo’lgan induksion tok hosil qiladi. Shu sababdan dvigatel asinxron dvigatel deb ataladi. Asinxron dvigatelning momenti quyidagi ifodadan aniqlanadi:
Bunda k-dvigatel parametrlariga bog’liq bo’lgan proporsionallik koeffisiyenti, I2 rotordagi induksion tok kuchi, Ф-statorning aylanuvchi magnit maydoni oqimi, 2-rotordagi tok fazasi.
Asinxron dvigatel aylanishlari sonining valdagi momenti(nagruzka)ga bog’liqligi mexanikaviy xarakteristikasi deb ataladi. Uning ko’rinishi 1-rasmda ko’rsatilgan. Valdagi aylantiruvchi moment dvigatel quvvatiga proporsional bo’lgani uchun quvvat va aylanishlar soni orasidagi bog’lanish grafigi ham shu ko’rinishga ega bo’ladi. (2-rasm)
N N
M n
Do'stlaringiz bilan baham: |