3. Oqsilning massasi 48000 ga teng bo‘lsa, shu oqsilga mos i-RNK dagi va DNK dagi nukleotidlar
sonini aniqlang.
Oqsilning og'irligi 48000 bo'lsa uni 120 ga bolamiz chunki oqsil tarkibidagi 1 ta aminokislotani og'irligi 120
ga teng bo’ladi, shunda 400 chiqadi. Buni 3 ga ko'paytiramiz chunki 1 ta aminokislotaga 3 ta nukleotid
to'g'ri keladi. ko'paytirsak 1200 chiqadi. Bu RNK dagi nuklatidlar soni DNK dagi nukleotidlarni topish
uchun buni 2 ga ko’paytiramiz chunki DNK 2 ta zanjirdan iborat ko’paytirsak 2400 chiqadi. Demak i-Rnk
da 1200 ta, Dnk da esa 2400 ta nukleotid bo’ladi.
1) 48000/120=400ta aminokislota 2) 400*3=1200 ta nukleotid RNK 3) 1200*2=2400 ta nukleotid DNK da
11-BILET
1. Eukariot hujayralarning xilma-xilligi. Plazmatik membrananing tuzilishi va vazifasi haqida
ma’lumot bering.
Plazmatik membrana bir tekis yaxlit tuzilgan emas. Unda maxsus fermentativ kanalchalar bo'lib, ular orqali
hujayraning ichki qismiga fermentlar yordamida ionlar va kichik molekulali moddalar o'tadi. Shu bilan birga
hujayra faoliyati natijasida hosil bo'lgan moddalar hujayra tashqarisiga chiqariladi. Ayrim hollarda ion va
kichik molekulalar hujayra ichiga membrana orqali ham o'ta oladi, bu passiv diffuziya emas, balki faol
transpor bo'lib, ATF energiyasi sarflanishi orqali amalga oshadi. Plazmatik membrana orqali ayrim
moddalar osonlik bilan o'tsa, boshqalari umuman o'tmaydi. Masalan, K+ ionlarining hu jayra ichidagi
miqdori, uning tashqarisiga nisbatan ko'p bo'ladi. Na+ ionlari aksincha, hujayra tashqarisida ko'p. Na+
ionlari hu jayra ichida kam bo'lishiga qaramay hujayradan tashqariga chiqa riladi. K+ ionlari esa aksincha.
Bu albatta, ATF energiyasi sarfi orqali amalga oshadi va faol transporga misol bo'ladi. Hujayra
membranasining muhim xususiyati tanlab o'tkazish, ya’ni yarim o'tkazuvchanlikdir. Plazmatik membrana
faqat ayrim molekulalar yoki ionlarni hujayra ichiga o'tkazibgina qolmay, balki yirik molekulalar yoki ular
yig'indisidan hosil bo'lgan yirik zarrachalarni ham o'tkazish xususiyatiga ega. Bu xususiyat o'z
navbatida
ikkiga: fagositoz va pinositozga ajratiladi.
Fagositoz
. Organik moddalar, masalan oqsillar, polisaxaridlar va
qattiq zarrachalar hujayra ichiga fagositoz yo‘li bilan o‘tadi (yunoncha “fageo” - yemoq, hazm qilmoq degan
so‘zlardan olingan). Fagositozda plazmatik membrana bevosita ishtirok etadi. Hujayra membranasining yuza
qismiga biror qattiq zarracha tushsa o‘sha joyda membrana botiq (chuqurcha) hosil qilib, zarrachani o‘rab
qoladi. Membrana bilan o‘ralgan holda bu zarracha hujayra ichiga o‘tadi. Hujayrada hazm qilish vakuolasi
hosil bo‘ladi va hujayraga o‘tgan organik modda hazm bo‘ladi. Fagositoz hayvonot olamida keng tarqalgan.
Misol uchun, amyoba fagositoz yo‘li bilan oziqlanadi. Leykotsitlar ham fagositoz xususiyatiga ega.
O‘simliklar, bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlari hujayralarining devori zich va qalin bo‘lgani uchun
fagositozga qarshilik qiladi. Shu sababli ularda fagositoz amalga oshmaydi.
Pinositoz
. Har xil moddalarning
eritma holida mayda tomchi shaklida hujayraga kirishidir. Suyuqlikning mayda tomchi ko‘rinishida yutilishi
ichish hodisasiga o‘xshaydi. Shuning uchun bu hodisa pinositoz (yunoncha “pino” - ichaman degan so‘zdan
olingan) deyiladi. Suyuqlikni membrana orqali o‘tishi ham fagositozga o‘xshaydi. Pinositoz tabiatda keng
tarqalgan bo‘lib, bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simlik va hayvonlar hujayrasida amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |