Yil o’quv yili 9-sinf imtihon javoblari Bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlarning tuzilishi, ahamiyati va xilma-xilligi haqida ma’lumot bering?


 Uglevodlarning tuzilishi, xilma-xilligi va organizmdagi vazifasi haqida ma’lumot bering



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/54
Sana01.07.2022
Hajmi1,95 Mb.
#722486
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
Bog'liq
2021-2022-yil o’quv yili 9-sinf imtihon javoblari

2. Uglevodlarning tuzilishi, xilma-xilligi va organizmdagi vazifasi haqida ma’lumot bering.
Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan organik birikmalar bo'lib, ular umumiy C
n
(H2O)
m
formula bilan 
ifodalanadi. “Uglevod” atamasining nomi tarkibidagi vodorod va kislorodning o‘zaro nisbati xuddi suv 
molekulasiga o‘xshashligidan kelib chiqqan. Ular oqsillar, nuklein kislotalar va yog‘larni hosil bo‘lishida 
alohida ahamiyatga ega. Uglevodlarning ko‘pchiligi o‘simliklarda zaxira modda sifatida to‘planadi. 
Masalan, paxta tolasini, kanop o'simligi po‘stlog‘ini sellyuloza deb ataluvchi polisaxarid tashkil qiladi. 
Kraxmal esa o‘simliklarning ildizmevalarida, tugunaklarida va donli o‘simliklarning urug‘larida zaxira 
modda sifatida to‘planadi. Hayvon hujayralarida uglevodlarning miqdori kam bo'lib, 1-2 foizni, ba’zan jigar 
va muskul hujayralarida 5 foizni tashkil qiladi. O‘simlik hujayralarida esa uglevodlar ko‘p miqdorda 
uchraydi va ayrim hollarda o‘simliklarning quruq massasining 95 foizi uglevoddan (paxta tolasida) iborat 
bo‘ladi. Uglevodlar oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy uglevodlar monosaxaridlar, murakkab uglevodlar esa 
polisaxaridlar deb ataladi. 
Monosaxaridlar
nomi “oza” bilan tugaydi. Molekuladagi C atomi soni va 
monosaxaridning biror xossasi so‘z o‘zagi bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, monosaxarid tarkibida C 
uchta bo‘lsa - trioza, to‘rtta bo‘lsa - tetroza, beshta bo‘lsa - pentoza, oltita bo‘lsa - geksoza. “Glukoza” nomi 
esa shu monosaxaridning shirinligini, “fruktoza” - bu monosaxaridning mevada bo‘lishini, “galaktoza” - esa 
monosaxaridning sutda bo‘lishini ko‘rsatadi. Eng ko‘p tarqalgan monosaxaridlar glukoza (uzum shakari) va 


Javoblar tarqatilinmasin! Mualliflik huquqi qonun tomonidan himoyalangan. 
Biologiya fanidan barcha sinflar uchun imtixon javoblari I-005 
fruktoza (meva shakarlari) hisoblanadi. Pentozalarga riboza bilan dezoksiriboza misol bo‘ladi. 
Disaxaridlar.
Ikkita monosaxariddan tashkil topgan birikma disaxaridlar deb ataladi. Bularga saxaroza (qand lavlagi 
shakari), maltoza (don shakari), laktoza (sut shakari) misol bo‘ladi. Disaxaridlardan biri shakar, ya’ni 
saxarozadir. Saxaroza bir molekula glukoza bilan bir molekula fruktozadan tuzilgan, sut shakari esa bir 
molekula glukoza bilan bir molekula galaktozadan tashkil topgan. 
Polisaxaridlar.
Polisaxaridlar ichida eng 
ko‘p tarqalganlari kraxmal (o‘simliklarda), glikogen (hayvonlarda) va sellyulozadir. Ularning monomeri 
glukoza hisoblanadi. Paxta tolasi deyarli toza sellyulozadan iborat. 
Uglevodlarning vazifasi.
Uglevodlar tirik 
organizmlarda ikkita asosiy: qurilish va energetik vazifalarni bajaradi. Masalan, sellyuloza o‘simlik 
hujayrasining qobig‘larini hosil qilishda ishtirok etadi; murakkab tuzilishga ega bo‘lgan xitin moddasi ham 
uglevoddan iborat bo‘lib, hasharotlarni tashqi skeleti tarkibiga kiradi. Xitin zamburug‘ hujayrasi tarkibida 
ham uchraydi. Uglevodlar hujayraning asosiy energetik manbai hisoblanadi. 1 gramm uglevod 
parchalanganda 17,6 kJ energiya ajralishi aniqlangan. 

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish