Maktabgacha ta'lim
Klasterlarida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida
pedagog kadrlarining
2022- yil iyun oyida malaka oshirish kursi tinglovchisi
Qo’ldosheva Gulshoda Abduraxmonjon qizining
“O’rta yoshdagi bolalar uchun Stol-bosma o’yinlari”
mavzusidagi mashg'ulotni tashkil etish va o'tkazish metodikasi yuzasidan
BITIRUV LOYIHAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: G'aniyeva Vazira
Qo’qon-2022
O’rta yoshdagi bolalar uchun Stol-bosma o’yinlari
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism.
1. Doska va bosma o'yinlarning maqsad va vazifalari.
2. Bolalar bog'chasida bosma stol o'yinlarining kartochkasi.
3. Stol-bosma o’yinlari tashkil etish.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
"Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan".
Shavkat Mirziyoyev
Ma'lumki, maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga ta'lim-tarbiya berish "Ilk qadam'' dasturi asosida olib boriladi.
Bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayoni asosan o'rta guruhdan (3-4 yosh) boshlanib, unda bolalarga Konstitutsiya saboqlari asosida ilk huquqiy tushuncha berish, bolalarda ularning umumiy Vatani - O'zbekiston haqida tasavvur uyg'otish, o'zi tug'ilib o'sgan joyiga muhabbat tuyg'usini uyg'otish, o'z shahar, qishloq, mahalla va ko'chasi haqidagi bilimlarini kengaytirish, o'zi yashash joyidagi me'morchilik yodgorliklari, chiroyli qurilishlarga qiziqish uyg'otish, ularning nomlarini to'liq aytishga o'rgatish vazifalari qo'yiladi.
Katta guruhda (4-5 yosh) - bolalarda mustaqil O'zbekiston davlati haqidagi tushunchalarini kengaytirish, Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlari, "Buyuk Ipak yo'li" haqida qisqacha ma'lumot berish, O'zbekistonning mustaqilligi, gerbi, bayrog'i, madhiyasi haqidagi bilimlari shakllantiriladi. O'zbekiston madhiyasini ijro eta olishga o'rgatiladi. O'zbe- kiston Respublikasi Prezident tomonidan boshqarilishi, O'zbekistonning poytaxti Toshkent shahri ekanligi haqida tushuncha beriladi. Bolalarning o'z tug'ilgan yurtiga mehr- muhabbat hissini shakllantirish, milliy g'ururni tarbiyalash, "Konstitutsiya saboqlari” asosida ilk tushunchalar beriladi.
Maktabgatayyorlovguruhi (6-7 yosh) - Bolalarningmustaqil O'zbekiston haqidagi tasavvurlarini boyitish, O'zbekistonning qadimiy shaharlari va Buyuk Ipak yo'li haqida "Konstitutsiya saboqlari” asosida tushunchalar beriladi. O'zbekiston Respublikasini himoya qilish har bir fuqaroning burchi ekanligi, tabiatga va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majbur ekanliklari, o'z sha'ni, qadr-qimmati va erkinliklari to'g'risidagi huquqiy bilimlarga ega bo'ladilar. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni Konstitutsiya bilan tanishtirishda eng asosiy g'oya - Mustaqillik g'oyalarini aks ettirilishi muhim hisoblanadi. Bunda "O'zbekiston - mening Vatanim”, "Konstitutsiya asosiy qomusimiz", "Qonun muqaddas”, "Mustaqillik bayrami" mavzularida suhbatlar o'tkazib, bolalarda dastlabki tasavvur va tushunchalar hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |