Yil Amaliyot o’tkazish tartib qoidalari va tashkiliy masalalarni tushuntirish. 6-soat



Download 254 Kb.
bet1/3
Sana24.10.2019
Hajmi254 Kb.
#24208
  1   2   3
Bog'liq
amaliyot учун маьлумотлар

24.06.2019 yil
Amaliyot o’tkazish tartib qoidalari va tashkiliy masalalarni tushuntirish. 6-soat

2-kurs Kompleks geografik amaliyot davomida o’lkamiz tabiati, aholisi va uning urf-odatlarini, xo’jaligini kompleks o’rganiladi. Binobarin, amaliyot davomida turli tabiat zonalari, tabiiy va iqtisodiy geografik jarayonlar va hodisalar, o’lkamiz landshaftlari, shuningdek, shaharlar, sanoat, qishloq xo’jaligi, transport tizimlari, hududlarning rekreatsion salohiyati bilan tanishiladi.

Mazkur amaliyot davrida amaliy mashg’ulotlarda to’plagan tajribalaridan foydalangan holda quyidagilarga:

-tabiatni va tabiiy xodisalarni o’rganish uchun ob’ekt tanlash va joyda mo’ljal olish;

- tabiiy ob’ektlar bo’yicha marshrutlar uyushtirish;

- olingan nazariy bilimlar asosida muayyan geografik voqeylikka kompleks baho berish;

- iqtisodiyot tarmoqlari tavsifi uchun muayyan hududlar(regionlar) haqidagi ma’lumotlarni bilish va foydalana olishi:.

- muayyan hududlarda-tog’larda, daryo vodiylarida, terrasalarda va boshqa joylarda dala tadqiqot ishlarini olib borish;

- turli ma’lumotlar va statistik materiallarni qayta ishlash;

Bulardan tashqari mazkur amaliyot davomida amaliy ishlarni bajarishga ma’lum tartibdagi izchillika, aniqlikka, muntazam nazoratga rioya qilishning muhimligini tushunishga, amaliyot xujjatlarini o’z vaqtida batartib to’ldirib va tuzib borishga, amaliyotda olingan natijalarni kameral ishlar bosqichida qaytadan sinchiklab tekshirib chiqib qayta ishlash (o’lchash, hisoblash va tekshirish natijalarini nixoyasiga yetkazish), va rasmiylashtirish bo’yicha yetarli darajada amaliy tajriba va ko’nikmalar orttirish.

Amaliyotning oldiga qo’ygan maqsadga to’la-to’kis erishish uchun, uning hamma ishtirokchilaridan mehnat intizomiga so’zsiz rioya qilish, alohida ishlar bo’yicha belgilangan ish rejasini o’z vaqtida bajarish va ularni yuqori sifatli bo’lishini ta’minlash talab etiladi.

Amaliyotda talabalar kundalik ishlarini rejalashtiradi bajarilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan maslahat beradi,

Amaliyot oxirida har bir talaba alohida papkada amaliyot xisobotinn tayyorlaydi va amaliyot rahbariga topshiradi. Rahbar uni tekshirib amaliy materiallari bo’yicha har bir talabani brigadaning hamma a’zolari ishtirokida 100 balli tizimda baholaydi. Bunda albatta brigadaning har bir a’zosini Dasturda ko’rsatilgan hamma ishlar qay darajada ishtirok etgani, ijodiy yondoshgani, bajarilgan ishlarni pishiq-puxta o’zlashtirib olganligi, bajargan ishlarini sifati, savollarga bergan javoblarini ishonchliligi, to’liqligi hisobga olinadi.

Amaliyot olib borish ob’ekti sifatida turli ishlab chiqarish korxonalarini mujassamlashtirgan Namangan, Samarqand hamda Toshkent viloyatlari tanlab olingan. Mazkur viloyatlar tabiat komplekslari va rayonlar iqtisodiy geografik jihatdan ilmiy, madaniy, tarixiy va sanoat markazlari ekanligi bilan ajralib turadi. O’quv dala amaliyoti turli regional muassasalarda va tashkilotlarda, shuningdek dala sharoitida o’tkaziladi. Amaliyot davomida talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo’llash ko’nikmalarini shakllantiradilar hamda bevosita dala sharoitida amaliyot o’tkazadi. Kompleks amaliyot davomida turli tabiat zonalari, tabiiy geografik jarayonlar va hodisalar, sanoat tarmoqlari va aholi punktlarining ularning hududiy joylashuvi va Samarqand va Toshkent shaharlaridagi turistik obektlarni o’rganadilar. Shuningdek rekreatsion resurslar va qishloq xo’jaligi tarmoqlari bilan tanishadilar.

25.06.2019y

Markaziy Farg’ona cho’llari tabiiy geografik sharoitini o’rganadi.
Markaziy Farg’ona cho’l qum va shag’al (shamol uchirib ketgan yotqiqziq) hosilalaridir. Binobarin. Bu yotqiziqlar orasida lyoss (chang uyushmasi), lyossimon, qumoq, qum va shag’allar ko’proq uchraydi. Bu kabi yotqiziqlar vodiyning markazidagi hududlarda Andijon viloyatining Ulug’nor, Farg’ona viloyatining Yaypan, Buvayda tumanlari va Namangan viloyatining biz o’rganayotgan Mingbuloq tumanida ko’proq uchraydi. Bu yerlardagi to’rtlamchi davrning yotqiqziqlari o’rtacha 1100-1500 metr, Mingbuloq tumanining janubida esa 700-800 metr qalinlikdagi qatlamni hosil qiladi.

Rel’efini hozirgi ko’rinishi esa tektonik harakatlar va hozirgi insonning intevsiv xo’jalik faoliyatining ta’siriga bog’liq. Binobarin, Mingbuloq tumani rel’efini asosiy qismini tekislik tashkil qiladi va uning hududi viloyat miqyosida eng past hudud hisoblanadi. Eng past qismlari – Qoraqalpoq va Achchiqko’l cho’llari hisoblanadi.

Markaziy Farg’onaning yer yuzasi sharq hamda shimol va shimoli-g’arbga tomon 0,0002-0,0003 daraja qiyalik hosil qiladi. Mingbuloq hududining o’rtacha balandligi-Sirdaryoning o’ng sohilida 370-400 metr, janubiy va uning atroflari 350 metrdan iborat. Janubiy qismlari esa 280-300 metrni tashkil qiladi. Tekisliklar hosil bo’lishiga ko’ra akkumulyativ (turli jinslarining yotqiziqlari) tekisliklar sanalib, allyuvial, prolyuvial va dellyuvial tekisliklarning qalin qatlamlaridan iborat.

Mingbuloq tumani hududi Farg’ona botig’ining markaziy qismi bo’lgani uchun bu yerda to’plangan yer osti suvlari sekin – asta yer yuziga sizib chiqa boshlab, botqoq va sho’rhok yerlarni hosil qilgan. Ayrim botqoqlashgan va sho’rlangan joylarda qum tepaliklari orol –orol shaklida uchraydi va ularning baladligi 5-8 metr. Tumanning janubiy hududlarida Markaziy Farg’onani g’arbidan esuvchi kuchli shamollar ta’sirida to’zib yuruvchi qumlar ham uchrab turadi.

So’nggi yillarda bunday yerlar tezlik bilan o’zlashtirilishi natijasida qumli yerlar maydoni qisqarib bormoqda. Bu yerlarda gil tuproqli yerlar o’zlashtirilmoqda. To’zima yerlar mustahkamlanib, qumlarning ko’chishi sekin-asta to’xtalmoqda. Mavjud ko’chma qumlar usti yulg’un, cherkaz, saksovul o’simliklari bilan mustahkamlanmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, Mingbuloq tumani yer yuzasining hozirgi rel’ef shakllarini qaror topishida o’tmishda Farg’ona vodiysi atrofidan oqib tushgan ko’p sonli daryo va soylar olib kelgan yotqiziqlar bilan birga Sirdaryoning erozmon (emirish) va akkumulyativ faoliyatining ham ahamiyati katta. Sirdaryo suvning vaqti-vaqti bilan to’lib-toshib oqishi va yon, hamda chuqurlashish eroziya tufayli o’z-o’zini shakllantirgan va atrofga ko’plab yotqiziqlar yotqizilgan. Natijada, Mingbuloq tumani hududi va uning atrofida Sirdaryoni quyidagi terassalari rivojlangan.

I-terassa, ya’ni Sirdaryoning chap qayiri. Bu hududlar unchalik keng emas, faqat ayrim joylarda uning kengligi 3-4 kmga yetadi.

Er usti tuzilishida botqoqlashgan hududlar va o’tloqliklar mavjud bo’lib, keyingi yillarda o’zlashtirilib sholi yetishtirishda foydalanilmoqda. Bu terassaga tumanning Momoxon, Dovduq, Ingichka va Gulbog’ qishloqlarining Sirdaryoga yaqin joylari to’g’ri keladi. Bu hududning o’rtacha baladligi (Boltiq dengiziga nisbatan) 340-350 m.

II- terassa, Sirdaryo sathidan 2-4 m. balandlikdagi hududlarni o’z ichiga olib, kengligi 15-20 kilometrni tashkil qiladi. Bu terassa Sirdaryoning chap sohilida yaqqol ko’zga tashlanib turadi va Mingbuloq tumani hududining asosiy qismi joylashgan.

III-terassa Sirdaryoning o’ng sohilini egallaydi. Bu yerlar adir oldi konussimon yoyilmalardan iborat.

Tekisliklarni 50-yillardan keyin jadal o’zlashtira boshlandi. Hozirgi kunda o’zlashtirilmagan yerlar tashkil etadi.

Iqlim xususiyatlari va suvlari. Mingbuloq tumani iqlimining hosil bo’lishida uning geografik joylashuvi katta ahamiyatga ega. Yevrosiyo materigining ichki qismida joylashganligi, okean va dengizlar ta’siridan uzoqligi, atrofini tog’ tizmalari bilan o’ralganligi, radiatsiya tsirkulyatsiyasi harakatining bir muncha sustligi kabi omillar uning iqlim xususiyatlarini belgilaydi. Ana shu omillar ta’sirida tuman xududida mo’’tadil iqlim mintaqasining kontinental tipi qaror topgan.

Qishda Arktika havo massalari, yozda esa mo’’tadil quruq havo oqimlari hukmronlik qiladi. Arktika havo oqimi haroratining pasaytirib, yog’in miqdorini ko’paytiradi. Mo’’tadil quruq va tropik havo oqimlari iqlimni quruq va issiq bo’lishini ta’minlaydi. Vegetatsiya davri 230-240 kun. O’simliklar o’sishi uchun foydali haroratlar yig’indisi 4600-50000s daraja. Havo haroratining o’rtacha yillik tebranishi 14,5-16 darajaga teng.

Yanvar oyining o’rtacha harorati -0,2- -2,4 daraja, absalyut minimum harorati esa -27-29 daraja. SHimoldan Arktika havo oqimining kirib kelishi natijasida qish oylarida tez-tez havo haroratining keskin pasayib ketishi kuzatiladi.

Iyul’ oyining o’rtacha harorati esa 20-28 daraja, eng yuqori harorati 44 darajaga ko’tariladi.

Yillik yog’in miqdori 150-180 mm. Yog’in asosan qish va bahor oylarida yog’adi. Yoz oylarida 10-15 mm atrofida yog’in tushadi xolos. Qor qoplamining o’rtacha qalinligi 10 sm, ayrim yillarda 20 smdan ham ortadi va qor qoplami 20-40 kun turadi.

Tumanda Qo’qon va mahalliy tog’-vodiy shamollarining ta’siri kuchlidir. Qo’qon shamoli aprel’ oyining ikkinchi yarmidan avgust oyigacha esib turadi. CHunki bu davrda tuman hududi yuqori haroratda isiydi va past bosim mintaqasini hosil qiladi. Natijada, atrofdagi tog’ oldi adir va tog’ mintaqalaridagi yuqori bosimli joylardan tuman hududiga havo massalari kirib, quruq va chang to’zonli kunlarni hosil qiladi. Dekabr’ oyidan fevral’ oyigacha sharqiy shamollar esadi. SHamol tezligi 15-20 m/sek. ga yetadi. Bunday shamollar 30 kundan ortiq davom etadi. Bu qishloq xo’jaligiga sezilarli darajada zarar yetkazadi.

Bug’lanish tushayotgan yog’indan 15-20 barobar ko’p. Bu katta hududlarda minerallashgan yer osti suvlarini kapilyar orqali yuqori kuch bilan tuproqning gorizontlariga (qatlamlari) shimilib, sho’rlanish jarayonini hosil qiladi. Bunday sho’rlanish qishloq xo’jaligiga zarar keltiradi. SHuning uchun sho’rlanishning oldini olishga qaratilgan meliorativ tadbirlar majmuasini amalga oshirishni taqazo qiladi.



Tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi. Tumanda asosan bo’z tuproq turlari ham sho’rhok, sho’rtob va o’tloq tuproqlar tarqalgan bo’lib, ular lyossimon, allyuvial, qumoq va qumloq ona jins zaminida rivojlangan.

Sirdaryo bo’ylarida to’q va oddiy tusli bo’z tuproqlar, daryo oqizib kelgan allyuvial jinslarda botqoq - o’tloq va sho’rhok tuproqlar rivojlangan. Tuman hududida ko’proq quyidagi ikki xil tuproq tiplari keng tarqalgan.



  1. Tipik (oddiy) bo’z tuproqlar.

  2. Och tusli bo’z tuproqlar.

Tipik bo’z tuproqlar ona jinsi prolyuvial yotqiziqlardan iborat qatlamlarda rivojlangan. Bundan tuproqlarning madaniylashgan va madaniylashti rilayotgan turlari A.Navoiy, Amir Temur nomli, Gigant va Gulbog’ shirkat xo’jaliklari hududlarida uchraydi. Tuproqlardagi chirindi miqdori 1-1,5%ni tashkil qiladi. Och tusli bo’z tuproqlar tuman hududining janubidagi Xorazm, Farg’ona, Namangan va Guliston shirkat xo’jaliklari hududlarida keng tarqalgan. Tipik va och tusli bo’z tuproqlar tarqalgan hududlar uzoq yilardan beri sug’orma dehqonchilik maqsadlarida foydalanib kelinadi. Natijada, bu yerlarni jadal o’zlashtirilishi va sug’orilishi oqibatida sug’oriladigan tipik va och tusli bo’z tuproq rivojlangan.

Tuproqlar kuchli eroziyaga uchragan. Ularni oldini olish choralari ko’rilib, ixotazorlar tuproqlar barpo etilmoqda. Ayni vaqtda, ixotazorlar tuproq hosildorligiga ham ijobiy ta’sir qilib, yoz oylarida tuproqdagi namlikni ortiqcha bug’lanishini kamaytiradi va yer osti suvlari sathining ko’tarilishini oldini oladi.

Tuman o’simliklar dunyosini tarqalishiga iqlim va tuproq qatlamlarining o’ziga xos xususiyatlari, hududning rel’efi hamda geografik o’rni ta’sir qiladi.

Hudud cho’l mintaqasida joylashgani uchun asosan cho’l o’simliklari tarqalgan. CHunki, iqlim xususiyatlari, ayniqsa havo harorati yog’in miqdori hamda tuproqlari va geografik o’rni kabilar cho’l o’simliklarini moslashuviga ta’sir qiladi.

Tuproq gruntining xarakteriga ko’ra, ya’ni sizot suvlari yer yuzasiga chiqib yotgan joylarda shu hududga mos to’qay o’simlari - qamish-phragmites, qo’g’a-jipha, turanqil-populus pruinosa, tol-salix songorika, jing’ul-tamarix kabilar tarqalgan. SHo’rhok va sho’rlangan yerlarda galofidlar (sho’rlangan yerlarga moslashgan o’simliklar) keng tarqalgan bo’lib, ajriq-Aeluropis litoralis, sho’ralarning vakillari, salsola (artemizm) kabilar ko’proq o’sadi. Pasammofitlar (qumli yerlar o’simliklari) cherkez-salsolarichteri karel, qandim, tarnzi, saksovul-haloxylon persikum bge kabilar bilan band.

Xudud kuchli o’zlashtirilmoqda. Paxta, sholi, bug’doy, makkajo’xori, jo’xori va beda asosiy madaniy ekinlar sifatida ekiladi. Ular orasida begona o’tlar kurmak- Statce Gmelini, qamish, qo’g’a itizum-Solauum, ajriq, semiz o’t-Portulaka, ariq bo’ylarida otquloq-Rumex, yalpiz-Menthe kabilar o’sadi.

Mingbuloq tumani hududida tekislikning cho’l mintaqasiga xos hayvon vakillari uchraydi. Hayvonlarning aksariyati issiq va quruq iqlimga moslashgan. Sudralib yuruvchilar-ilon, kaltakesak, kemiruvchilar-dala sichqoni, kalamush, tipratikan, shuningdek yirtqichlarning bir necha turlari tarqalgan.

Insonning xo’jalik faoliyati tufayli hayvonlarning ko’plab turlari qirilib ketgan. Daryoning to’qayzor qismlarida xususan. Gulbog’ shirkat ho’jaligi hududlarida, Momoxon qishlog’ining shimolida qushlar o’ziga xos biotop (muhit ) hosil qiladi. Qushlardan botqoqlik qushlari – qirg’ovul, tuvaloq, jura, so’pito’rg’ay, saksovul, cho’l chumchig’i, cho’l tustovug’i, yilqichi va boyqush yashaydi. Zaharli hasharotlar - qoraqurt, chayon, falanganlar ham uchraydi. Ayrim suv havzalarida ondatra ham mavjud.

Madaniy landshaftlarga yaxshi moslashgan hayvon turlari qushlardir. Ular bog’lar, ekinzorlar, binolar va boshqi inshootlarga in qurib, madaniy biotoplar hosil qilgan. Ayniqsa, ekinzorlardan o’tuvchi simyog’och va baland daraxtlarga laylaklar mustahkam in qurib yashaydi.

25.06.2019 y

Adir hududlarining tabiiy geografik sharoitini aniqlash
Adirlar mintaqasi. Dengiz sathidan 500-1000 m balandlikdagi hududlar kiradi. Adir mintaqasi Farg’ona vodiysi uchun tipik rel’ef shaklidir. O.K.Langenning obrazli ta’rificha, “Farg’ona botig’ining borti”dir. Adirlar Namangan viloyatida shimoli-g’arbdan, Chodaksoyning quyi qismidan shimoli-sharqiy yo’nalishda, Pop, Chust, To’raqo’rg’on, Kosonsoy, Namangan, Yangiqo’rg’on, Chortoq va Uychi tumanlarida yarim xalqasimon tarzda cho’zilib yotadi. Adirlar yangi tektonik jarayonlar natijasi bo’lib, xilma-xil shag’al, qum-tosh, lyoss va lyossimon jinslardan iborat. Lyoss va liyossimon jinslar tarqalgan adirlar Namangan viloyatida CHorkesar va Chortoqsoy oralig’ida uchraydi. Adirlar rel’efi keyingi 50 yil mobaynida kuchli sur’atda o’zgardi. Jiydalisoy, Morg’uzarsoy, Jabborsoy, Kengsoy, Sassiqsoy kabi soyliklar ham adirlar rel’efining parchalanib ketishiga, kuchli errozion jarayonlarning rivojlanishiga olib keldi. Ayniqsa, Chust, To’raqo’rg’on, Namangan, Yangiqo’rg’on va Chortoq tumanlaridagi lyoss va lyossimon qatlamlarda intensiv o’zlashtirish, noto’g’ri sug’orish ta’sirida irrigatsion erroziya jarayonlari tarqalganligi hamda tuproq sho’rlanishi hodisalarining kengayib borayotganligi kuzatiladi.

3. Adirorti va tog’oldi tekisliklari mintaqasi. Adirorti va tog’oldi tekisliklari Namangan viloyatida adir va baland tog’ oralig’ida joylashgan bo’lib, xo’jalik nuqtai nazaridan katta ahamiyatga egadi. Bu mintaqada uchta adirorti tekisligi ajratiladi:

a) Chust-Olmos-G’ova-Varzik; b) Kosonsoy; v) Iskavot-Zarkent-Peshqo’rg’on.

Chust-Olmos-G’ova-Varzik tekisligi – G’ovasoy, Ko’kseraksoy va Sumsarsoy soyliklari quyi qismini egallaydi. SHimoli-g’arb va sharqda adirlar bilan, shimolda esa Chotqol tizmasining yon bag’irlari bilan chegaralanadi. Bu tekislik shimoldan janubga tomon pasayib boradi (2500 m) va 300 kv km hududni egallaydi. Tekislikning katta qismi G’ovasoy, Ko’kseraksoy va Sumsarsoy konussimon yoyilmalaridan iborat bo’lib, lyossimon jinslar bilan qoplangan. Lyossimon jinslar shimoldan janubga tomon bir necha o’n santimertdan to 7-8 metrga qadar yetadi. Tekislik sug’orish shahobchalari (kanallar) bilan qoplangan bo’lib, madaniy landshaft hukmrondir.

Kosonsoy prolyuvial’ nishabligi yoki cho’kmasi Chust-Olmos-Varzik tekisligining sharqida joylashgan, Kosonsoy prolyuvial’ cho’kmasi Kosonsoy daryosining 3 ta terrassasidan (O.K.Lange) iboratdir. SHimoldan janubga tomon ya’ni 900 m.dan to 750-700 m.ga qadar pasayib boradi va hududi 70 kv km.ni tashkil etadi.

Iskavot-Zarkent-Peshqo’rg’on cho’kmasini shimolda O’ng’or va Boyotabuva, janubda esa Namangan adirlari o’rab turadi. Iskavot-Zarkent-Peshqo’rg’on cho’kmasi rel’efining shakllanishida Podshootasoy daryosi juda katta o’rin tutadi. Tekislikning shimoliy Zarkent prolyuvial’ qabarig’i Podshootasoy daryosining ikkinchi konussimon yoyilmasida yotadi va uzunligi 20 km.dan iborat. Eng chekka shimoliy qismi – 1150 m bo’lib, janubga tomon pasayib boradi.

Zarkent qishlog’ida absolyut balandlik 880 m.ga yetadi. Ko’plab quruq soylar va Podshootasoy daryosi Iskavot-Zarkent-Peshqo’rg’on tekisligi rel’efining bir muncha o’zgarishiga olib kelgan. Tekislikning katta qismi (30 m.ga qadar) lyoss qatlamlari va ozroq qismi daryo yotqiziqlari hisoblangan mayda tosh va shag’allardan iborat.

Janubda tekislik nisbatan bir xil, sezilar-sezilmas to’lqinsimon qismining ayrim-ayrim joylarda 4-6 metr ko’tarilib qolgan lyossli tepaliklar ko’zga tashlanadi. Ayniqsa, baland lyossli adirlar Yangiqo’rg’on vohasining janubi va sharqida mavjud bo’lib, tekislikdan 70-100 m va undan ham balandroq ko’tarilib turadi. Ana shu adirlardan biri Yangiqo’rg’on shahrichasi va Qorapolvon qishlog’i oralig’idagi Uzunqirdir.

26.06.2019y

Tog’oldi mintaqasi tabiiy geografik xususiyatlarini aniqlash.
4. Viloyatning tog’oldi mintaqasi adirorti qiya tekisliklari bilan o’rtacha balandliklardagi tog’lar oralig’iga joylashgan bo’lib, uncha katta hududni egallamaydi. Bu mintaqa 400 – 600 metrdan (Qurama tizmasida), 1000 – 1200 metrga qadar (Chotqol tizmasida) bo’lgan hududlarda nuragan jinslarning qalin yotqiziqlariga ega va yangi tektonik harakatlarga boyligi bilan ajralib turadi. Tog’oldi mintaqasida to’rtlamchi davr yotqiziqlari va akkumlyativ rel’ef shakli hukmron bo’lib, Olmos, Varzik, Kosonsoy, Qo’qumboy, Qamishqo’rg’on hududlari va Podshootasoy daryosining birinchi konussimon yoyilmalari mintaqasida qadimga poleazoy jinslaridan tashkil topgan tog’ massivlarining alohida ko’tarilgan strukturalari tog’oldi mintaqasi rel’efini keskin o’zgartirib yuborgan.

5. O’rtacha va baland tog’lar. Namangan viloyatining eng shimoliy hududlarida joylashgan Podshootasoy va Qorasuv daryolari oralig’ida Boyotabuva tog’i (eng baland nuqtasi 2876 m) joylashgan. Yer usti tuzilishi qoyali qismlardan tashqari o’rtacha balandlikdagi tog’ rel’efi qaror topgan va yon bag’irlarida lyossimon qatlamlar mavjad. Boyotabuva tog’ining g’arbida unchalik baland bo’lmagan qoyalar tizimidan iborat O’ng’or mavjud. Bu mintaqada Namangan viloyatining chekka shimoliy nuqtasi (410211 shimoliy kenglik) Nanay tog’oldi tekisligi Podshootasoy daryosining eng yuqori konussimon yoyilmasi joylashgan. Rel’efi past to’lqinsimon bo’lib, daryo o’zani tomonidan parchalab yuborilgan. Maydoni 50 kv km. Mutloq balandligi dengiz sathidan 1200-1400 m bo’lib, shimoldan janubga tomon pasayib boradi (200 m). Nanay tekisligi prolyuvial’ jinslari, asosan mayda qumtosh, shag’allardan tashkil topgan, qalinligi 1-2 m ga yetadi.

Shuningdek, Boyastin gryadasi (balandligi 1170 m) Namangan viloyatining shimoli - sharqdan janubi - g’arbga tomon cho’zilib yotadi va uni Kosonsoy, Sumsarsoy, Qorasuv daryolari bo’lib yuborgan. Rel’efi past -balandliklardan iborat. Chustdan to Tojikiston Respublikasining Asht tumaniga qadar hududda Chust - Pop uchlamchi gryadasi tartibsiz joylashgan balandlik va qirlardan iborat. Ayniqsa, G’ovasoy va Chodaksoy oralig’ida karst hodisalari, o’pirilmalari, chuqurliklar (chuqurligi 10-20 m) va jarliklar mavjud.

Namangan viloyatida “sof” tog’oldi mintaqa Pop tumani hududidadir. Ammo Qirg’iziston hududida joylashgan Chotqol tizmasi va Qurama tog’ining bir qismi viloyat uchun juda katta o’rin tutadi.

Chotqol tizmasi kuchli parchalangan, chiqish qiyin bo’lgan tog’ tizimidir. Eng baland nuqtasi esa sharqiy qismida 4367 m.ga yetadi. Bu yerda kuchsiz to’lqinsimon plato kuchli yemirilgan, uchli qoyalar bilan almashadi va yassi tog’liklar, katta-katta nishab tekisliklar (Betagalik) va platolar mavjud.

Chotqol tizmasining g’arbiy qismida yassi tog’liq Ohangaron platosi, Qizilnur massivi va Qurama tog’lari orasida bo’lib, asosan otqindi jinslardan iborat. Platoning o’rtacha balandligi 2000 m, ayrim yerlarda 3400 metrga yetadi.

Umuman, o’rtacha va baland tog’ mintaqasida meza - kaynazoy erasining ohaktosh, qumtosh, kanglomeratlardan tashqari, poleazoy erasining granit, gneys kabi magmatik jinslari tog’larning eng baland qismlarida yuzaga chiqib yotadi va daryo vodiylari bo’ylab ayrim joylarda adirlar mintaqasiga qadar yetib keladi.

Chotqol tog’ tizmasining janubi - g’arbiy tarmog’i Qurama tog’i bo’lib, Kengsoy va CHoldiq dovonlarida Angren, G’ovasoy, Kosonsoy daryolarining janubi - sharqida keng Ohangaron platosi (1200 km2) joylashgan. Qurama tog’ining Farg’ona vodiysiga yuzlangan janubi - sharqiy qismi juda tik, kichik tog’ daryolarining chuqur vodiylari uchraydi. Qurama tog’i Chotqol tog’ tizimiga nisbatan pastroq. Rel’efi ayniqsa egzogen jarayonlar ta’sirida kuchli sur’atda titilgan bo’lib, mayda jinslar juda yupqa va ayrim hududlarda intruziv jinslar yer yuzasiga chiqib yotadi.
27.06.2019 y

Namangan viloyati aholi joylashuvi qonuniyatlarini aniqlash.




Namangan viloyatida mamlakatimizning qadimdan aholi yashab kelgan mintaqalaridan biridir. Aholining asosiy qismi sug’orma dehqonchilik rivojlangan tekislik va tog’oldi hududlariga to’plangan, shuningdek, xo’jalik faoliyatida dehqonchilikdan tashqari, chorvachilik va hunarmandchilik bilan ham shug’ullanib kelgan. Namangan viloyati hududida o’z davrining yirik tarixiy shaharlari Kosonsoy, Axsikent siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotda juda katta o’rin tutgan.

Bugungi kunda ham aholining joylashishi, aholi qo’rg’onlarining shakllanishi va rivojlanishida sug’orma dehqonchilikning roli yaqqol sezilib turadi.

Turli tarixiy bosqichlardagi siyosiy-harbiy, ijtimoiy-iqtisodiy voqealar aholining joylashishiga, ko’payishiga, aholi qo’rg’onlarining shakllanishiga va rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Aholining bugungi joylashishi yuqoridagi juda uzoq davom etgan murakkab jarayonlar bilan bog’liqdir

Aholining tabiiy ko’payishi. Namangan viloyati O’zbekistonda aholining tabiiy o’sishi yuqori bo’lgan viloyatlardan biri sanaladi. 1897-1917 yillar mobaynida viloyat aholisining ko’payishi 72,1 % yoki yiliga o’rtacha 3,4 %, 1926-1939 yillarda 31,0 % yoki yiliga o’rtacha 2,8 %, 1959-1979 yillarda 85,3 % yoki yiliga o’rtacha 4,2 %, 1980-1992 yillarda esa 42,3 % yoki yiliga o’rtacha 3,5 % ni tashkil qilgan. 1926-1992 yillarda viloyat aholisi 397,8 ming kishidan 1651,6 ming kishiga ko’paydi yoxud 4,2 martaga o’sdi.

1990-1995 yillarda aholi soni 1558,7 ming kishidan 1785,2 ming kishiga yoki 14,5 % (yiliga o’rtacha 2,9 %), shundan, shahar aholisi 592,1 ming kishidan 674,2 ming kishiga yoki 13,8 %, qishloq aholisi 966,6 ming kishidan 1111,0 ming kishiga yoki 14,9 % ga ko’paygan. 1995-2000 yillarda viloyat aholisi 1785,2 ming kishidan 1959,2 ming kishiga yoki 9,7 % ga (yillik o’rtacha 1,9 %), shundan, shahar aholisi 674,2 ming kishidan 735,3 kishiga yoki 9,0 % ga, qishloq aholisi 1111,0 ming kishidan 1223,9 ming kishiga yoki 10,2 % ga ortgan.


Namangan viloyatining ma’muriy-hududiy bo’linishi to’g’risidagi ko’rsatkichlar








































 

 

2019 yil 1 yanvar’ holatiga






SHahar va tumanlar

Tashkil topgan yili

Hudud maydoni, ming kv,km,

Jami ekin maydoni, ming ga,

Aholi zichligi, 1 km2 kishi

Viloyatga bo’ysunuvchi shaharlar































Viloyat bo’yicha

06.03.1941y.

7,444

223,9

369,8

1




























1

Namangan sh.

1610 yil

0,150

0,5

4181,3

1




2

Mingbuloq

15.04.1952 y.

0,741

35,1

166,2

-




3

Kosonsoy

29.09.1926 y.

0,517

19,4

394,6

-




4

Namangan

29.09.1926 y.

0,203

16,5

859,4

-




5

Norin

29.09.1926 y.

0,207

14,3

773,8

-




6

Pop

10.06.1931 y.

2,910

29,4

73,9

-




7

To’raqo’rg’on

17.02.1936 y.

0,273

15,3

808,9

-




8

Uychi

28.07.1935 y.

0,304

17,7

682,2

-




9

Uchqo’rg’on

28.07.1935 y.

0,300

22,1

561,2

-




10

Chortoq

15.04.1950 y.

0,377

12,9

515,6

-




11

Chust

29.09.1926 y.

0,937

24,8

277,0

-




12

Yangiqo’rg’on

29.09.1926 y.

0,525

15,9

405,4

-



























Aholining tabiiy harakati






















doimiy aholi

SHahar va tumanlar nomi

2018 yil
1 yanvar’ holatiga aholi soni
(ming kishi)


Tug’ilganlar (kishi)

Vafot etganlar (kishi)

Kelganlar (kishi)

Ketganlar (kishi)

O’sish yil boshidan
(kishi)
+,-


2019 yil
1 yanvar’ holatiga aholi soni
(ming kishi)


























Viloyat bo’yicha

2699,6

66 466

12 212

4 561

5 695

53 120

2 752,7

























Namangan sh.

600,2

16 269

2 947

544

1 902

11 964

612,2

Mingbuloq

120,6

2 886

450

311

296

2 451

123,1

Kosonsoy

199,7

4 991

820

208

208

4 171

203,9

Namangan

170,8

4 152

735

672

305

3 784

174,6

Norin

157,5

3 728

784

361

467

2 838

160,3

Pop

211,3

4 703

944

345

416

3 688

215,0

To’raqo’rg’on

216,2

5 502

936

180

341

4 405

220,6

Uychi

203,4

5 214

980

401

341

4 294

207,7

Uchqo’rg’on

165,2

3 771

779

360

341

3 011

168,2

Chortoq

190,9

4 469

825

398

341

3 701

194,6

Chust

255,0

5 851

1 072

329

384

4 724

259,7

Yangiqo’rg’on

208,8

4 930

940

452

353

4 089

212,8

Download 254 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish